Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari


Download 99.49 Kb.
bet1/9
Sana29.01.2023
Hajmi99.49 Kb.
#1140187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY INDEKSLAR


IQTISODIY INDEKSLAR


1.Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari


Jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha hodisa va jarayonlarni ifo­dalash uchun o‘rtacha va nisbiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda indekslar ham keng qo‘llaniladi. Inedks so‘zi lo­tincha «index» atamasidan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich, belgi ma’­nosini anglatadi.
O‘rtacha miqdorlar xildosh (turdosh) bo‘lgan ko‘pgina hodi­sa­larning tipik xususiyatlarini ochib berishga imkon bersa, nisbiy miqdorlar esa hodisaning makon va zamon doirasida o‘zgarib bo­rishini ta’minlaydi. Indekslar garchi iqtisodiy jihatdan bir xil­da bo‘lsa ham, bevosita taqqoslab bo‘lmaydigan ko‘p hodisa­lar­ning ko‘pisi uchun tipik bo‘lgan o‘zgarish tomonlarini ko‘rsa­ta­di.
Statistik to‘plam statistikada ikki ko‘rinishda namoyon bo‘­ladi:

  1. Hodisalarning elementlarini qo‘shish natijasida yuzaga ke­­la­digan statistik to‘plam.

  2. Qo‘shilishi mumkin bo‘lgan elementlardan tashkil topgan statistik to‘plam.

Hodisalarning elementlarini o‘shilishi natijasida yuzaga ke­la­di­gan statistik to‘plam hayotda ko‘p uchraydi. Ushbu to‘p­lam­lar­ni taqqoslab ta’riflash uchun ularning hajmlari (miqdorlari) ni yoki o‘rtacha ko‘rsatkichlari bir-biri bilan taqqoslanadi. Masa­lan, ekin maydoni dinamikasini aniqlash uchun joriy yildagi ja­mi ekin maydonini o‘tgan davrdagi jami ekin maydoniga taq­qos­lanadi, chorva mollari dinamikasi ham xuddi shunday aniqla­na­di. Ish haqi dinamikasini hisobot va bazis yillaridagi ish haqlari­ning summalarini yoki bir xodimning o‘rtacha ish haqisi daraja­la­rini birini ikkinchisiga taqqoslash orqali ish haqi dinamikasi aniq­lanadi.
Yuqorida keltirilgan va shularga o‘xshash ko‘rsatkichlarni taq­qoslash asosida qiyoslanadigan to‘plam elementlarining qo‘shiluv­chanlik xususiyati yotadi. Ammo, yuqorida aytganimizdek, ha­yot­da shunday to‘plamlar uchraydiki, undagi elementlarni to‘g‘­ri­dan-to‘g‘ri qo‘shib, biror iqtisodiy ma’noga ega bo‘lgan xulosa chi­­­qarib bo‘lmaydi. Shunday to‘plamlarga ishlab chiqarilgan, so­­tilgan, iste’mol qilingan mahsulotlar hajmini misol qilib ko‘r­sa­tish mumkin. Ushbu to‘plamlarning elementlari natura mah­su­lotlarning turlari hisoblanadi, u mahsulotlarning miqdorlarini bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, hayotda jami ish­lab chi­qa­rilgan, sotilgan va hokazo mahsulotlarning jami hajmi va dina­mi­kasini umumiy ta’riflash va ularga baho berish talab etiladi. Ush­bu vazifa maxsus tuzilgan ko‘rsatkichlar-indekslar yordami­da bajariladi. Ushbu maxsus ko‘rsatkichlarni, bizning misoli­miz­da ishlab chiqarilgan (yoki sotilgan, yoki iste’mol qilingan) mah­sulotlarning fizik hajmi indekslari deb ataladi.
Shularga o‘xshagan to‘plamlarga baho darajasining umumiy o‘z­garishini ta’riflash paytida ham duchor qilinadi, chunki ush­bu to‘plamdagi alohida tovarlarning baholarining ham bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yerda ham maxsus ko‘r­sat­kichlarni tuzib olinadi, ya’ni baho indekslaridan foydalaniladi. Shunday ko‘rsatkichlar qatoriga mahsulot tannarxi indekslari, mehnat unumdorligi indekslari, hosildorlik, mahsuldorlik kabi in­dekslar kiradi. Mahsulot turlarining moddiy-natural shaklda na­mo­yon bo‘lishi to‘plam elementlarining bir-biriga qo‘shila ol­mas­­ligining asosiy sababidir. Lekin barcha mahsulotlar uchun umu­miy­lik mavjud bo‘lib, bu ularning mehnat mah­su­li ekan­ligidir. Ush­bu umumiylik tovarning qiymatida o‘z aksini topadi. Shun­day qilib, har xil tovarlarning qiymatini qo‘shish imkoniyati tu­g‘uladi. Bir-biriga qo‘shilishi mumkin bo‘lmagan elementlar to‘g‘­risidagi chegaralanish bartaraf etiladi. Natijada har xil mahsulotlar qiymati davrlar bo‘yicha taqqoslab ta’riflanadi, o‘rganiladi. Dina­mika o‘zgarishi aniqlanadi, uning qiymati bo‘yicha bo‘lgan o‘zga­rish mahsulot miqdori va bahosining o‘zgarishi ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Shunday qilib, mahsulotning qiymati summalarini taqqos­lash orqali o‘zgarishi aniqlangan bilan indeks hal qilish zarur bo‘l­gan masala to‘liq hal bo‘lmaydi. Ushbu masalani hal qilish uchun quyidagi tartibda hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. Har xil turli mahsulotlarning hajmi (miqdori) ni qanday o‘zgarganligini o‘l­chash (aniqlash) uchun, taqqoslanuvchi ikki davr uchun ham bir xil bahollarni olish kerak, har xil turdagi mahsulotlarning ba­holari qanday o‘zgarganligini bilish uchun, ikki davr uchun ham mahsulotlarni o‘zgarmas, bir xil miqdorini olish kerak. Ana shular va shularga o‘xshash boshqa hisob-kitoblar indeks uslubining max­sus usullarining mazmunini ifodalaydi.
Shunday qilib, indekslar bevosita taqqoslab bo‘lmaydigan ele­mentlardan tashkil topadigan to‘plamlarni taqqoslash holatiga kel­tirib, qiyoslab ta’riflovchi maxsus usullardir.
Statistik indekslar yordamida umumo‘lchovga ega bo‘lmagan turli xildagi hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechiladi. Shu nuqtayi nazardan indekslarning asosiy vazifalari bo‘lib quyi­dagilar hisoblanadi:

  1. Murakkab statistik to‘plamlarning ikki va undan ortiq davr­lar ichida o‘rtacha o‘zgarishini aniqlash va ta’riflash;

  2. Murakkab to‘plamlar bo‘yicha shartnoma va davlat bu­yurt­malarining o‘rtacha bajarilish darajasini aniqlash;

  3. Murakkab statistik to‘plamlarning turli obyekt va hu­dud­lar miqyosidagi o‘zaro nisbatlari o‘zgarishini aniqalash;

  4. Murakkab statistik to‘plamlar o‘rtasidagi bog‘lanish ku­chi­ni, ularga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir doirasi hajmini aniq­lash va xulosalar qilish.

Indekslar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi:

  1. O‘rganilayotgan obyektlarning xarakteri bo‘yicha;

  2. To‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha;

  3. Hisoblash uslubi bo‘yicha.

O‘rganilayotgan obyektlarning xarakteri bo‘yicha indekslar, o‘z navbatida, ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Hajm ko‘rsatkichlari indekslari;

  2. Sifat ko‘rsatkichlari indekslari.


Download 99.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling