Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari


Download 99.49 Kb.
bet4/9
Sana29.01.2023
Hajmi99.49 Kb.
#1140187
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY INDEKSLAR

3. Agregat indekslar

Agregat indekslar turli xildagi elementlardan tuzilgan murak­kab hodisalarning o‘rganilayotgan davrlar ichida o‘rtacha o‘zga­rishni ta’riflaydi. Agregat indekslar har qanday umumiy indeks­larning asosiy shaklidir. Har qanday umumiy indekslardagi ko‘r­sat­kichlarni bir xil o‘lchov birligiga keltirish uchun indeksla­na­yot­gan ko‘rsatkich vazniga ko‘paytiriladi. Bu esa indekslarni ag­re­gat ko‘rinishiga olib keladi. Umumiy indekslarning sur’ati va maxrajidagi ko‘rsatkichlar har xil elementlardan tashkil topgan bo‘­lib ularning o‘zaro bog‘lanishi agregat ko‘rinishida ifodala­na­di. Shuning uchun ham, ular agregat indekslar deb ataladi.


Agregat indekslarni tuzish uchun indekslashtiriladigan miq­dor­larning o‘lchamlaridan foydalaniladi. Masalan, mahsulot­lar­ning natural shaklidan pul yoki mehnat sarfi shakliga o‘tishida bi­rin­chi holatda (pul shakliga o‘tishda) o‘lchovchi miqdor bo‘lib ba­ho, ikkinchi holatda esa mahsulot birligining ishlab chiqarishga ket­gan ish vaqti sarfi (kishi-soat hisobida) o‘lchovchi miqdor hi­sob­lanadi.
Agregat indekslarni hisoblashda faqat indekslashtiriladigan miq­­dorlar o‘zgaradi, ham sur’atidagi, ham maxrajidagi o‘lchovchi miq­dorlar esa o‘zgarmasdan qoladi. Masalan, buni quyidagi in­deks­lar aso­sida ko‘rib chiqamiz.

  1. Mahsulot fizik miqdori agregat indeksi:

;
Bunda: – hisobot davridagi mahsulotlarning jami
qiymati (bazis davridagi baholarda);
– bazis davridagi mahsulotlarning jami
qiymati.
Ushbu indeks o‘zgarmagan baho bo‘yicha mahsulotlar miq­dorining o‘zgarishini ta’riflaydi. Sur’ati bilan maxraji orasidagi farq mahsulotlar miqdorining ko‘payganligini (surati ko‘p bo‘l­sa) yoki kamayganligini ko‘rsatadi.
Bu indeksda mahsulot miqdorlari indekslashtirilayotgan miq­dorlar bo‘lib, o‘zgarmas, bazis davri baholarida keltirilgan.

  1. Bahoning umumiy agregat indeksi:



;

Bunda: – hisobot davridagi mahsulotlarning jami qiyma­ti.


Ushbu indeksda hisobot va bazis davridagi baholar indekslashtiruv miqdorlardir, mahsulotlar miqdori o‘lchagichli miqdorlardir, chunki ular formulaning sur’atida ham maxrajida ham bir xil ko‘rinishda keltirilgan, ya’ni hisobot davridagi mah­sulotlar miqdori berilgan.
Sur’ati bilan maxraji orasidagi farq hisobot davridagi mahsu­lot­lar qiymatining baholar o‘zgarishi hisobga olganligi yoki ka­may­gan­ligini bildiradi. Agar sur’ati maxrajiga nisbatan ko‘p bo‘l­sa, ba­ho­larning oshganligini, kam bo‘lsa pasayganligini ko‘rsa­ta­di.
Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib, agregat indekslarni hisob­lash tartibini ko‘rib chiqamiz (17-jadval).
17-jadval

Download 99.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling