Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari
Download 99.49 Kb.
|
IQTISODIY INDEKSLAR
4. O‘rtacha indekslar
Agregat indekslarni hisoblash uchun ikki turkumdagi ko‘rsatkichlar bo‘lishi zarur. Ulardan biriindekslashtiriladigan miqdorlar, ikkinchis ularning vaznlari. Ammo ushbu ko‘rsatkichlar amaliyotda har doim ham bo‘lavermaydi. Shunday holatlar uchragan taqdirda o‘rtacha indekslar qo‘llaniladi. O‘rtacha indekslar agregat indekslar asosida hosil qilinadi. Agar agregat indekslarning sur’atidagi indekslashtiriladigan miqdor noma’lum bo‘lib, hodisalarning bazis davridagi hajmi va indekslashtirilayotgan miqdorning indeksi ma’lum bo‘lgan taqdirda o‘rtacha tortilgan arifmetik indeksi qo‘llaniladi: Buning uchun mahsulotning fizik hajmi umumiy indeksi sur’atidagi «q»ni uning teng qiymati «iqq0» bilan ajratamiz. U holda quyidagi ko‘rinishdagi mahsulotlar miqdor indeksining o‘rtacha tortilgan arifmetik formulasini olamiz: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, mahsulotlar fizik miqdorining o‘rtacha tortilgan arifmetik formulasini qo‘llash yordamida aniqlaymiz. Dastlab mahsulotlar miqdorlarining yakka indekslarini aniqlaymiz: Don bo‘yicha: Paxta bo‘yicha: Shundan so‘ng ushbu yakka indekslar va sotilgan mahsulot fizik miqdori agregat indeksining maxrajida keltirilgan bazis davrida sotilgan mahsulotlar hajmi (qiymati) ko‘rsatkichlari (q0p0) dan foydalanib, mahsulotlar fizik hajmi o‘rtacha tortilgan arifmetik indeksini aniqlaymiz: yoki 120,3% Ushbu hisobdan ko‘rinib turibdiki, o‘rtacha tortilgan arifmetik indeks yuqorida bayon qilingan miqdoriga to‘liq mos keladi. Qoidaga ushbu ikki indeks qanday raqamlar asosida hisoblanmasin, bir-biriga mos kelishi shart, mos kelinmasa hisoblarda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Agar bahoning agregat indeksi maxrajidagi R0 o‘rniga uning teng qiymati p1:ip qo‘ysak, yoki q1p0 ni q1p1:ip nisbati bilan almashtirsak, u holda baho agregat indeksi o‘rniga quyidagi o‘rtacha garmonik tortilgan ko‘rinishdagi formulaga ega bo‘lamiz: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida bahoning o‘rtacha tortilgan garmonik indeksini hisoblaymiz. Buning uchun avvalo bahoning yakka indekslari aniqlanadi: Don bo‘yicha Paxta bo‘yicha Shundan so‘ng ushbu yakka indekslar va bahoning umumiy agregat indeksi asosida bahoning o‘rtacha tortilgan garmonik indeksini aniqlaymiz: yoki 113,8% Shunday qilib, o‘rtacha indekslar agregat indekslardan kelib chiqadi. Shuning uchun o‘rtacha indekslarning natijalari agregat indekslarning natijalariga teng kelishi shart. Download 99.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling