Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari
Download 99.49 Kb.
|
IQTISODIY INDEKSLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tannarxning yakka indeksi.
- 4. Mehnat unumdorligining yakka indeksi.
- 5. Mehnat unumdorligining teskari yakka indeksi.
2. Bahoning yakka indeksi. Hisobot davridagi mahsulot birligi bahosini bazis davridagi mahsulot birligi bahosiga bo‘lish yo‘li bilan baho yakka indeksi aniqlanadi. Ushbu indeks orqali bahoning o‘zgarishi ta’riflanadi:
; Bunda: p1 – hisobot davrida sotilgan 1 s (1 t.) mahsulotning bahosi (so‘m); p0 – bazis davrida sotilgan 1 s (1 t.) mahsulotning bahosi (so‘m). Masalan, sotilgan 1 s bug‘doyning bazis yilidagi o‘rtacha bahosi 3500 so‘m, hisobot yilidagi 3780 so‘m bo‘lgan. Bahoning yakka indeksi 108%ni tashkil qilgan: Demak, hisobot yilida baho o‘tgan yilga nisbatan 8%ga oshgan. 3. Tannarxning yakka indeksi. Bu indeksni aniqlash uchun hisobot davrida yetishtirilgan mahsulot birligining tannarxini bazis davridagi tannarxiga bo‘lish orqali aniqlanadi. ushbu indeks yordamida tannarxning oshganligi yoki kamayanligi foiz hisobida ta’riflanadi: ; Bunda: Z1 – hisobot davrida yetishtirilgan 1 s mahsulotning tannarxi (so‘m); Z0 – bazis davrida yetishtirilgan 1 s mahsulotning tannarxi (so‘m); 4. Mehnat unumdorligining yakka indeksi. Bu indeksni aniqlash uchun hisobot davrida 1 kishi-soat (1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdorini bazis daprrida 1 kishi-soat (1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdoriga bo‘linadi. Bu indeks har bir mahsulot turi bo‘yicha mehnat unumdorligini oshgan yoki kamayganligini ifodalaydi. Ushbu indeks quyidagicha aniqlanadi: ; Bunda: – hisobot davrida 1 kishi-soat hisobiga ishlab chi- qarilgan mahsulot miqdori (s,t.); – hisobot davrida 1 kishi-soat hisobiga ishlab chi- qarilgan mahsulot miqdori (s,t.); 5. Mehnat unumdorligining teskari yakka indeksi. Bu indeksni aniqlash uchun mahsulot birligi uchun sarf bo‘lgan vaqtni hisobot davrida mahsulot birligi uchun sarf bo‘lgan vaqtga bo‘lish kerak: ; Bunda: t0 – 1 s mahsulotni yetishtirish uchun bazis davrida sodir bo‘lgan vaqt (kishi-soat); t1 – hisobot davrida 1 s mahsulotni yetishtirish uchun sarf bo‘lgan vaqt (kishi-soat). Jami murakkab hodisalarning (statistik to‘plamning) tarkibiy qismlarining yaxlit o‘zgarishini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar umumiy indekslar deb ataladi. Masalan, xo‘jalikda yetishtirilgan yalpi mahsulot indeksi taqqoslama bahoda 2006-yilda 2005-yilga nisbatan 105%, 2000-yilga nisbatan 180% ni tashkil qilgan deb faraz qilaylik. Bu keltirilgan raqamlar mahsulot fizik miqdori umumiy indeksi hisoblanadi. Demak, bu indekslar qishloq xo‘jalik korxonasida jami yetishtirilgan natural mahsulotlarning fizik miqdorlari o‘rtacha hisobda 2006-yilda 2005-yilga nisbatan 5% ga, 2000-yilga nisbatan 80% ga oshganligini bildiradi. Berilgan ma’lumotlar va hisoblash usullariga qarab umumiy indekslar agregat va o‘rtacha indekslarga bo‘linadi. Umumiy indekslarning asosiy shakli bo‘lib agregat indekslar hisoblanadi. Download 99.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling