Geografiya 10 sinf 2017. indd


Alohida muhofaza etiladigan hududlar


Download 1.04 Mb.
bet37/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Alohida muhofaza etiladigan hududlar – tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv (akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, buyurtmaxonalar kiradi.

Milliy bog‘ – alohida muhofaza etiladigan hududlarning eng yirik shakli bo‘lib, ilmiy, madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat komplekslarini, nodir tabiat obyektlari, xushmanzara

landshaftlarini saqlash uchun tashkil qilinadi va tabiatni muhofaza qi- lishning maxsus rejimi bilan saqlanadi. Milliy bog‘lar xorijiy mamlakat- larda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so‘zi mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat tomonidan amalga oshiriladi. Milliy bog‘ hududi foydalanish va muhofaza qilish rejimi turlicha bo‘lgan maydonlarga – zonalar (qo‘riqxona, buyurtmaxona, tabiat yodgorliklari, dam olish zonasi va boshqalar)ga bo‘lib qo‘yila- di. Shunday qilib, tabiiy bog‘larni tashkil qilishda bog‘ maydoni, ta- biiy sharoiti (relyef, o‘simlik)ni hisobga olish zarur. Bu esa bog‘ tabiiy landshaftlarini uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Respublikamizda 3 ta milliy bog‘ mavjud. Bular: Ugom–Chotqol va Zomin davlat milliy tabiat bog‘lari hamda Do‘rmon tabiat bog‘i.



Qo‘riqxona – har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat kom- ponentlari va landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy.

Qo‘riqxona tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi – tabiati o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman ta’qiqlanadi. Ularning atrofi kam foydalaniladigan, muhofaza qilinadi- gan zona bo‘lishi kerak. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha saqlanadi. Qo‘riqxona hududi turli hayvon va o‘simlik turlarini, ovla- nadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun ajra- tiladi. Ular inson tomonidan o‘zlashtirilayotgan va o‘zgargan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Bunday namunalar inson xo‘jalik faoliyatining biz uchun qulay yoki noqulay ekanligini taqqos- lashga, tabiatdan amaliy foydalanishda u yoki bu usulning qanchalik maqsadga muvofiqligini nazorat qilishga imkon beradi. U tabiat kom- ponentlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni o‘rganib, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. Qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona faoli- yat ko‘rsatmoqda.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling