Geografiya 10 sinf 2017. indd


Fan-texnika inqilobi davri


Download 1.04 Mb.
bet33/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Fan-texnika inqilobi davri jamiyatning tabiiy resurslardan oqilo- na foydalanish va mavjud tabiiy muhitni saqlab qolish darajasidagi ha- yot tarzi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu davrda: ekologik bilim, ong, madaniyat shakllandi va rivojlandi; ekologik tashki- lotlar tuzila boshladi; aholi soni juda tez o‘sdi va inson ilm bilan “qurol- landi”, ya’ni «fan-texnika inqilobi» amalga oshirildi; fazoni o‘zlashtirish boshlandi; Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlardan foyda- lanildi va tabiatga “begona” bo‘lgan sun’iy birikmalar paydo bo‘ldi; tabi- at qonunlari ijtimoiy qonunlarga moslashtirilmoqchi bo‘lindi; geoekologik vaziyat inqirozli hududlar va global geoekologik muammolar vujudga keldi; tabiat komponentlarining barchasiga kuchli ta’sir etildi. Shu bi- lan birga, bu davrda suv, tuproq, o‘simlik va hayvonlar muhofazasiga ham alohida e’tibor qaratildi, ixtisoslashtirilgan ekologik qonunlar qabul qilindi. Ayniqsa, respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ush- bu qonunlar xalqaro andozalarga moslashtirildi va ekologik qonunchilik ta’lim tizimida o‘qitila boshlandi. «Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya davlat qo‘mitasi» tashkil etildi, davlatning ekologik boshqa- ruv va nazorat tizimi yuzaga keldi. Demak, bu davr nisbatan eng qisqa davom etgan bo‘lib, geotizimlarning eng kuchli o‘zgarganligi bilan ajralib turadi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyosda o‘zlashtirila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirildi, ulkan zavodlar quril- di, cho‘llar, shimoliy o‘lkalar, tog‘lar, hamda Dunyo okeani o‘zlashtirildi va ekologik muvozanat buzila boshladi. Turli shakl va miqyosdagi geo- ekologik muammolarning tarkib topishi va tabiiy ofatlarning kuchayishi jamiyat qonunlarini tabiat qonunlariga uyg‘unlashtirishni taqozo etmoqda.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling