Geografiya 10 sinf 2017. indd


Qishloq xo‘jaligi inqilobi davri –


Download 1.04 Mb.
bet31/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Qishloq xo‘jaligi inqilobi davri – jamiyatning geotizimlarni kichik hududlarda, kam buzilishiga sababchi bo‘ladigan hayot tarzi. Bundan 6–8 ming yil ilgari boshlangan. Ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o‘tgan. Tabiiy landshaftlarning kuch- siz o‘zgarishi ro‘y bera boshlagan. Bu davrning xususiyatlari: neolit davrida «Qishloq xo‘jaligi inqilobi» natijasida dehqonchilik va chor- vachilik bilan shug‘ullana boshlangan; mug‘onalik – insonning tabiat- ga ta’sir ko‘rsatishi va uni o‘zgartirishi mumkinligi haqidagi qarash paydo bo‘lgan. Mehnat qurollari ancha takomillashib borishi natijasida inson tabiat bilan muvozanatni buza boshlagan, ayrim ov hayvonlari va o‘simliklar miqdor jihatdan kamaygan; xo‘jalik sohalarining dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘lgan va rivojlangan; aholi o‘troq hayot kechira boshlagan va dastlabki shaharlar paydo bo‘lgan. Bunday aholi to‘plan- gan joylarda fatsiya yoki urochishe miqyosida ekologik muvozanat bu- zilib, turli geoekologik muammolar tarkib topishiga olib kelgan. Ma’lu- motlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida er. av. II asrda dastlabki ariqlar, eramizning IV–VI asrlarida esa kanallar qurilgan. IX–XIII asrlarda sug‘orishning turli usullari va yirik gidrotexnik inshootlar qurilib, shu davr mobaynida jami 3,5–3,8 mln gektar yer sug‘orilgan.

Bu davrda insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri kuchaya borgan, hunar- mandchilik rivojlangan, xo‘jalikda tabiiy resurslardan keng qo‘llanila boshlangan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular, asosan, qo‘l kuchiga asoslangani uchun ekologik muvozanat- ga ta’sir etmagan. Demak, bu davrda tabiatga ta’sir, asosan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bo‘lgan. Nisbatan uzoq davom etgan bosqich bo‘lib, tabiatga kuchsiz, ba’zi tabiat komponentlariga kuchliroq ta’sir ko‘rsatilgan (4-jadval). Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan qonunlar yozma ravishda o‘rnatilgan va amal qilingan, diniy manbalarga asoslanib, hukmdorlar turli davrlarda har xil ekologik qonunlar va farmoyishlar chiqarganlar.


  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling