Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. JAMIYAT VA TABIAT O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR


Download 1.04 Mb.
bet29/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

10-§. JAMIYAT VA TABIAT O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR


Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy nar- salarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollari takomillashib boradi. Natijada u o‘zini o‘rab turgan tabiatning xususi- yatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos “muhit” yaratadi. Shuning uchun, jami- yat va tabiat munosabatlari haqida gapirganda tabiiy muhit, geografik muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar qo‘llaniladi.

Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda chek- sizdir, to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘la- di. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir.

Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografik adabiyotlarda mazkur tushun- cha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.

Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ish- lab chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan bir qismi. Geografik muhit jamiyat taraqqi- yotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi. O‘z navbatida, jamiyat ham geografik muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat rivojlanib bor- gani sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi.

Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuni- ladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi. Atrof-muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen muhitni qam-

rab olgan yashash va mehnat qilish sharoiti.

Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi ta’sir va munosabatlar makon va za- monda o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks ta’sir esa, noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosabati doim o‘zgarib, murakkablashib borgan.

Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabati- ning o‘zgarib borishini besh bosqichga bo‘lish mumkin.




  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling