Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet26/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Qor chizig‘i – tog‘lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor yil bo‘yi erimay turadi. Qor chizig‘ining balandligi joyning geografik o‘rni- ga, iqlimi, yog‘in miqdori, yonbag‘ir ekspozitsiyasiga bog‘liq. Qancha- lik havo harorati past va yog‘inlar ko‘p bo‘lsa, shunchalik qor chizig‘i pastda joylashadi. Qutbiy kengliklarda u dengiz sathidan o‘tadi. Qut- biy kengliklardan tropiklargacha qor chizig‘ining balandligi ko‘tarilib boradi. Frans-Iosif Yerida 50–100 m, Shpitsbergen arxipelagida 400– 450 m, Kavkazda 2700–3800 m balandlikdan o‘tadi. Uning eng baland joylashishi tropiklarga to‘g‘ri kelib 5800–6000 m balandlikdan o‘tadi. Tropiklarda bunday balandlikdan o‘tishiga sabab haroratning yuqoriligi va yog‘inlarning juda kamligidir. Ekvatorda esa qor chizig‘ining ba- landligi 4500 m gacha pasayadi. Bunga sabab yog‘inlarning ko‘pligi, haroratning biroz pastligidir.

Qor chizig‘ining balandligi faqatgina qutblardan ekvatorga tomon emas, dengiz va okeanlardan materik ichkarisiga tomon, ya’ni uzoq- lik bo‘yicha ham ko‘tarilib boradi. Mo‘tadil mintaqada qor chizig‘ining chegarasi g‘arbiy okeanbo‘yidagi dengiz iqlim o‘lkasidan materik ich- karisidagi keskin kontinetal iqlim o‘lkasiga tomon ko‘tarilib boradi. Masalan, Alpda qor chizig‘i 1000–1300 m, G‘arbiy Kavkazda 2700 m, Tyanshanning Xontangri qismida 4200 m balandlikda joylashgan. Bunga sabab, dengiz iqlim o‘lkasida yog‘inlar ko‘p, yoz salqin. Keskin kontinental iqlim o‘lkasida esa, aksincha, yog‘inlar kam, yoz esa issiq va quyoshli, uzoq davom etadi.


Balandlik mintaqalanishi, yonbag‘ir ekspozitsiyasi, qor chizig‘i, cho‘l, adir, tog‘, yaylov, qor va muzliklar.


    1. Balandlik mintaqalanishiga nima sabab bo‘ladi?

    2. Qor chizig‘i nima?

    3. Balandlik mintaqalari soni nimalarga bog‘liq?

    4. Quyi sinflarda va biologiya fanidan olgan bilimlaringizdan foydalanib O‘zbekis- tondagi balandlik mintaqalari tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlarini daf- taringizga jadval shaklida yozing.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling