Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet24/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Balandlik mintaqalanishi – tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon tabiatning qonuniy o‘zgarib borishi. Balandlik mintaqalari tekisliklar- dagi tabiat zonalariga o‘xshash, lekin aynan o‘zi emas. Ularning shakl- lanishiga yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati va bosimining pasa- yishi, quyosh radiatsiyasining kuchayishi, suv bug‘lari kondensatsiyasi sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Yog‘inlar ma’lum balandlikkacha ko‘payib, so‘ng kamayadi. Shunga bog‘liq holda tuproqlar, o‘simlik va hayvonot olami, umuman, geotizimlar o‘zgarib boradi.

Balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simliklarning, tabiiy sharoitning o‘zga- rib borishi haqidagi ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Movarounnahr, Afg‘oniston tog‘larining ta’rifida keltiriladi. Lekin balandlik mintaqalanishi qonuniyatini ilk bor A. Gum- boldt Alp va And tog‘larida o‘rganib, ilmiy asoslab bergan.

Tekislikdagi tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon birin-ketin almashinib borgani kabi balandlik mintaqalari ham tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon almashinib boradi. Biroq tog‘larda balandlik min- taqalari ularga nisbatan tezroq aemashinadi, ayrim balandlik mintaqala- rining o‘xshashi bo‘lgan tabiat zonalari tekisliklarda mavjud emas. Ma- salan, tog‘larda subalp va alp o‘tloqlari mintaqasi mavjud, tekisliklarda esa bunday tabiat zonasi yo‘q.

Balandlik mintaqalarining soni va tuzilishi tog‘larning balandligiga, qaysi iqlim mintaqasida (shuningdek, iqlim o‘lkasida) joylashganiga, yo‘nalishiga, havo massalariga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Tog‘lar qanchalik baland bo‘lsa va quyi kengliklarda (ekvatorga yaqin) joylash- gan bo‘lsa shunchalik ko‘p balandlik mintaqalari yuzaga keladi. Iqlim

o‘lkalari ham balandlik mintaqalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kon- tinental iqlim o‘lkasida joylashgan tog‘larda tog‘ cho‘l va chalacho‘l mintaqalari katta maydonni egallaydi. Qor chizig‘i dengiz iqlim min- taqasida joylashgan tog‘larga nisbatan 700–1000 m balandroqdan o‘ta- di. Dengiz iqlim o‘lkasida joylashgan tog‘larda esa tog‘–o‘rmon min- taqasi keng tarqalgan, qor chizig‘i ancha pastdan o‘tadi.

Balandlik mintaqalanishi tog‘larning relyef xususiyatlariga ham bog‘liq. Ayniqsa, yonbag‘irlar ekspozitsiyasi muhim ahamiyatga ega. janubiy va shimoliy, havo massalariga ro‘para va teskari yonbag‘irlarda, balandlik mintaqalari turlicha bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistondagi tog‘lar- da janubiy yonbag‘irda adir (tog‘ quruq dasht) mintaqasi bo‘lsa, ayni shu balandlikdagi shimoliy yonbag‘irda esa tog‘ (tog‘–o‘rmon–dasht) balandlik mintaqasi shakllanganini ko‘rish mumkin.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling