Sizga ma’lumki, o‘lkamizdagi baland tog‘larning tepalaridagi qorlar jazirama yoz oylarida ham erimaydi. O‘quvchilar dam olish uchun tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim oromgohlarga boradilar. Xo‘sh, bularga sabab nima? Buning sababi tekislikdan tog‘larga tomon balandlik ortib bor- gani sari tabiiy sharoitning o‘zgarib borishidir. Ya’ni tog‘ yonbag‘irla- rida yuqoriga ko‘tarilgan sayin havo haroratining pasayib borishi, nam- likning ortib borishi, shunga bog‘liq holda o‘simliklarning turli-tuman bo‘lishi, tabiiy sharoitning so‘lim va xushmanzara, musaffo bo‘lib bo- rishidir. Tabiiy sharoitning bunday o‘zgarib borishiga balandlik min- taqalanishi qonuniyati sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |