Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet22/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi. Azonallikning omillari – Yer yuzini qoplagan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathining relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zga- rishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik omillar Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nis- batan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va fizik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylar- da sho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, land- shaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suv- larining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda atmosfera yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi. Masalan, G‘arbiy Sibir, Kongo

botig‘i, La-Plata, Orinoko pasttekisliklarida botqoqliklar keng tarqalgan. Botqoqlik – ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan or- tiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlarda o‘simlik ildizlari torf ostidagi tuproq-gruntga yetib bormaydi. Agar torf qatlami bo‘lmasa yoki yupqa (30 sm dan kam) bo‘lsa, botqoqlashgan yerlar deyiladi. Botqoqlar tun- dra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zo- nalarida keng tarqalgan.

Cho‘l tabiat zonasida joylashgan O‘zbekistonda ham azonal omil- lar tufayli zonallik qonuniyati “buzilib”, o‘ziga xos landshaftlar shakl- langan. Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar vujudga kelgan. Sho‘rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga sabab relyefning botiqligidan tashqari bu yerda tez eruvchan ohaktosh, gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligidir. Daryolarning qa- yirlarida esa relyefning tekisligi, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi va mikroiqlimning atrofdagi cho‘ldan namroq va salqinroq bo‘lganidan to‘qaylar shakllangan. To‘qay – daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon.

Insonning xo‘jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos bo‘lmagan, ya’ni “azonal” landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Ma- salan, O‘zbekistonda cho‘llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan. Voha – cho‘l va chala- cho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer. Agar O‘zbekistonning aho- li xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta sha- harlarning barchasi vohalarda ekanini ko‘rasiz.



Yer yuzi tabiiy sharoitining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig‘indisi va o‘zaro ta’siri natijasidir. Geografik qo- biqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchray- digan bironta joy yo‘q. Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.

Zonallik qonuniyati, kenglik zonalligi, sektorlik, tabiat zonalari, azonallik, azonal omillar, botqoqlik, to‘qay, voha.




    1. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati nima sababdan yuzaga keladi?

    2. Kenglik zonalligi va sektorlik nima?

    3. Azonal omillarga nimalar kiradi?

    4. O‘zingiz yashab turgan joydagi azonal tabiat komplekslari haqida aytib bering.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling