Geografiya 10 sinf 2017. indd


Modda va energiyaning aylanma harakati


Download 1.04 Mb.
bet18/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Modda va energiyaning aylanma harakati. Geografik qobiqda mod- da va energiyaning aylanma harakati uning bir butunligini ta’minlaydi. Aylanma harakatda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadagi mod- dalar ishtirok etadi. Litosferada, asosan, gipergenez zonasigacha, ya’ni nuragan g‘ovak jinslar tarqalgan chegaragacha bo‘lgan moddalar aylan- ma harakatda ishtirok etadi. Atmosferada aylanma harakat atmosfera- ning umumiy sirkulyatsiyasida namoyon bo‘ladi, sayyoraviy miqyosda- gi shamollar (havo oqimi)ning shakllanishi sodir bo‘ladi. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga mintaqaviy va mahalliy aylanma harakatlar qo‘shiladi. Gidrosferada suvning katta va kichik aylanma harakati so- dir bo‘ladi. Okeanda suv massalarining gorizontal va vertikal aylanma harakati, quruqlikda suvning daryo o‘zanlari bo‘ylab oqishi, ko‘llarning, muzliklarning va yerosti suvlarining hosil bo‘lishi va boshqalar kuzati- ladi. Katta ahamiyatga ega biologik aylanma harakat – organik mod- dalarning hosil bo‘lishi va parchalanishida namoyon bo‘ladi.

Aylanma harakatlar murakkabligi bo‘yicha turlichadir. Ayrim aylanma harakatlarda moddaning mexanik aralashmasi (masalan, atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi, okean oqimlari) yuz bersa, boshqalarida modda holatining o‘zgarishi (masalan, suvning aylanma harakatida gaz, suyuq, qattiq holatga o‘tishi) kuzatiladi, uchinchi xilida esa kimyoviy aylanish (fotosintez reaksiyasi) kuzatiladi.

Bir butunlik hamda modda va energiyaning aylanma harakati qo- nuniyatlarini o‘rganish tabiatdan, uning boyliklaridan to‘g‘ri foydala- nishda juda muhim.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling