Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet14/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

3-jadval


Xalqaro geoxronologik jadval


Eonlar, yil
22


Fanerozoy, 541 mln

Eralar, davom etishi mln yil


Kaynozoy, KZ

66 mln

Mezozoy, MZ

186 mln


Davrlar, belgisi/ davom etishi
Antropogen (to‘rtlamchi), Q 2,5 mln yil

Neogen, N 20,5 mln yil

Paleogen, ᵽ 43 mln yil

Bo‘r, K 79 mln yil

Yura, J

56 mln yil


Trias, T 51 mln

Tog‘ burma- lanishlari

Alp


Mezozoy (Kimmeriy, Laramiy, Nevadiy)

Ko‘tarilgan tog‘lar va o‘lkalar


Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Pomir, Himolay, Kamchatka tog‘lari, And, Kordilyeraning g‘arbiy tizmalari, O‘rta dengiz sohillari, Pont, Kuril, Yaponiya, Filippin, Malakka orollari, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya orollari, Antarktida yarimoroli hududlari.

Kordilyeraning shimoliy tizmalari, Uzoq Sharq, Hindixitoy, Malakka

yarimorolari, Yava orolining shimoli,

Kalimantan orolining janubi.

Yer tarixidagi muhim voqealar va paleogeografik sharoit

Eng asosiy o‘zgarishlar: odamning paydo bo‘lishi, hozirgi davr organizmlari, 13 ta iqlim mintaqalari, tabiat zonalari shakllandi, muz bosish hodisalari bo‘lib o‘tgan. Eraning boshiga kelganda organik dunyo yanada murakkablashgan. Bir qancha qushlar va sutemizuvchilar paydo bo‘lgan. Ba’zi sut emizuvchilar quruqlikda, boshqalari dengizda yashashga, ayrimlari uchishga moslashgan.

Dunyodagi neft zaxirasining 25,5 %, gazning 11,3 % paleogen va neogen yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi.

Ikkita materik: Lavraziya va Gondvana, ikkita okean: Tinch va Tetis mavjud bo‘lgan. Hind va Atlantika okeanlari endigina paydo bo‘la boshlagan. Shimoliy Muz okeani ichki suv havzasi bo‘lgan. Iqlim va relyefning keskin o‘zgarishi, okean suvlarining sho‘rlik va mineralogik tarkibining o‘zgarishi oqibatida paleozoyga mansub bo‘lgan hayvonlar qirilib ketgan. Ularning o‘rniga yangi hayvonot olami paydo bo‘lgan. Trias davri oxirida qirqquloqlar, ignabarglilar ko‘paygan. Yura davri oxirida sudraluvchilardan qadimgi qushlar kelib chiqqan. Bo‘r davrida tishli qushlar tarqalib, bahaybat dinozavrlar paydo bo‘lgan.

Dunyoda qazib olinayotgan neftning 67,7 %, gazning 62,4 % mezozoy yotqiziqlari orasidan olinmoqda.









Paleozoy, PZ

289 mln


Perm, P 47 mln yil

Gersin


Ural, Oltoy, Tyanshan, G‘arbiy Yevropa, Appalachi, Sharqiy Avstraliya, Kap tog‘lari, Shimoliy Afrika, Janubiy Amerikaning Patagoniya o‘lkasi.

Era boshlarida Janubiy yarimshardagi quruqliklar Gondvana materigiga birlashgan, era oxirlariga kelib (perm) Gondvana va Lavraziya materiklari birlashib yagona Pangeya materigini hosil qilgan hamda yagona Pantalassa okeani shakllangan. Pangeya ko‘p o‘tmasdan yana parchalanib yangi Tetis va Reya okeanlari paydo bo‘la boshlagan.

Quyi paleozoy yotqiziqlarida turli organik qoldiqlar juda ko‘p uchraydi. Kembriy davri yotqiziqlarida 1500 tur, silur davrida 15000 turdagi hayvon va o‘simliklar mavjud bo‘lgan. Bu organizmlarning deyarli barchasi dengiz muhitida yashagan. Silur davrida birinchi baliqlar va quruqlikda o‘suvchi o‘simliklar psilofitlar paydo bo‘ladi. Devonda, ayniqsa, baliqlar tez taraqqiy etgan, ordovikda dastlabki umurtqalilar paydo bo‘lgan. Toshko‘mir davrida Yer taraqqiyotidagi eng ko‘p daraxt o‘simliklari o‘sadi. Ko‘plab toshko‘mir konlari hosil bo‘lgan.

Toshko‘mir, C 60 mln yil

Devon, D 61 mln yil

Silur, S 24 mln yil

Kaledon

Nyufaundlend yarimoroli, Kanada Arktika arxipelagi, Sharqiy

va G‘arbiy Sayan, Qozog‘iston past tog‘lari.



Ordovik, O 42 mln yil

Kembriy, Km 55 mln yil



Baykal

Baykalbo‘yi va Baykalorti tizmalari, Braziliya yassi tog‘ligi, Koreya yarimorolidagi ba’zi tog‘lar, Janubiy Afrika.



Proterozoy PR

2,0


mlrd

Neoproterozoy erasi

Arxey eoni boshlarida kremniyli jinslarda karbonat angidrid gazi 44,2 %, kislorod 5,5 %, 19 % azot va boshqa gazlar uchragan. Bu davrda yirik yaxlit quruqliklar shakllanmagan. Okean suvlarining harorati 100° C atrofida bo‘lib, proterozoy eonining oxirida 22° C gacha pasaygan. Tokembriy yotqiziqlari barcha materiklarda tarqalgan bo‘lib yotqiziqlarida organik hayot izlari ko‘p. Ko‘k-yashil suvo‘tlar va bakteriyalarning hayot mahsullari mavjud.

Tokembriy yotqiziqlarida temir rudalari, aluminiy xomashyosi, marganes, oltin va uran, mis, nikel, kobalt rudalari, qo‘rg‘oshin, rux, slyuda, keramika xomashyosi va nodir metallar bor.

Mezoproterozoy erasi

Paleoproterozoy erasi

Arxey, AR

1,5 mlrd


Neoarxey erasi

Mezoarxey erasi

Paleoarxey erasi

Eoarxey erasi

Xades, X

0,5-0,6


mlrd

Erta imbriy erasi

Nektar erasi

Havzalar guruhi erasi

Sirli (yopiq) erasi


23



Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni 4 mlrd yil davom etgan. Bu bosqich Yer tarixining sayyora shaklini olgan kundan bosh- lanib, proterozoy, arxey va xades eonlarini qamrab oladi va bundan 541–570 mln yil oldin tugagan. Bu bosqichda tektonik harakatlar, mag- matizm hodisalari, Yerni meteoritlar “yomg‘iri toshbo‘ron” qilishi kuch- li ro‘y bergan. Atmosfera, asosan, azot, ammiak, karbonat angidridi, suv bug‘lari, metan, vodorod, inert gazlar, kislotalardan tashkil topgan. Ayrim olimlarning fikricha, dastlabki atmosfera kislorodsiz bo‘lgan. Yer po‘sti sovigandan (suvning qaynash haroratidan pastga tushganidan) so‘ng Yer yuzasining ma’lum pastqam joylarida kichik suv havzalari (ko‘llar va dengizlar) paydo bo‘ladi. Ular bir-biri bilan tutashib katta suv havzalarini hosil qilgan va ular okean deb atalgan. Bosqich oxir- larida tog‘ jinslarining nurashi va eroziya natijasida cho‘kindi jinslar to‘planishiga sharoit yuzaga kelgan. Olimlar litosfera, atmosfera va gidrosferalarning hosil bo‘lishida vulqonlar asosiy vazifani bajargan, deb hisoblaydilar.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling