Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet21/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Kenglik zonalligi – quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.

Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) min- taqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda ta- biat (geografik) zonalari ajratiladi. Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nis- batiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizim- lar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvon- lar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi.

Zonallik aholi joylashishi va xo‘jalik faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar dunyoning tabiat zonalari xaritasi bilan dunyo aholisi- ning zichligi xaritalarini taqqoslasangiz, tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan aralash va keng bargli o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar (o‘rtadengiz) tabiat zonalarida aholi zich joy- lashganini ko‘rasiz. Dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan qadim- gi Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim davlatlari ham aynan shu tabiat zonalarida joylashgan.

Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami, hattoki tabiiy geografik jarayonlar shakllangan bo‘lib, inson xo‘ja- lik faoliyatiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va qurilishga katta ta’sir ko‘rsa- tadi. Issiq o‘lkalarda paxta, uzum, issiq va nam o‘lkalarda kofe, sitrus



mevalar, choy, sholi, salqin o‘lkalarda bug‘doy, arpa, sovuq o‘lkalarda esa, faqatgina issiqxonalarda sabzavot va ko‘katlar, gullar yetishtiriladi. Bino va inshootlar, ayniqsa, turarjoy binolarining arxitekturasi, ishlatila- digan qurilish materiali turli tabiat zonalarida bir-biridan farq qiladi.

Sektorlik – quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi.

Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplarining ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproq-o‘simlik qoplami va, umu- man, tabiat zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lka- larining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar ham- da musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmon-dasht va dashtlar hamda chalacho‘llar va cho‘llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling