12-§. Cho‘kindi konlar
Download 27.79 Kb.
|
FOYDALI QAZILMA
12-§. Cho‘kindi konlar Cho‘kindi konlar tog‘ jinslarida kechadigan quyidagi ketma-ket keladigan jarayonlar natijada hosil bo‘ladi: parchalanish → ko‘chirish → (bir joydan ikkinchi joyga) → yotqizish → diagenez (zichlashish). Parchalanish nurash jarayonida va boshqa ekzogen omillar ta’sirida ro‘y beradi. Ko‘chirish esa bo‘laklar ko‘rinishida, chin va kolloid eritma shaklida, doimiy oqar suvlar va shamol, muz, dengiz suvlari ta’sirida ro‘y beradi. Yotqizish asosan dengiz basseynlarida ro‘y beradi. Bir qismi quruqlikda – vodiyda, ko‘lda, botqoqlikda yoki quruqlikda to‘planish hamda eritmadan cho‘kish ko‘rinishida bo‘ladi. Diagenez – yotqiziqning tog‘ jinsiga aylanish jarayonidir. U quyidagi jarayonlardan iborat: 1. Cho‘kmadan turg‘un bo‘lmagan minerallarning erib ajralib ketishi. 2. Yangi fizik-kimyoviy sharoitda yangi minerallarning paydo bo‘lishi. 3. Konkretsiyalarning paydo bo‘lishi. 4. Qayta kristallashish va sementlashish. Cho‘kindi konlar qanday geologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lishiga qarab 3 guruhga bo‘linadi. A. Mexanik (bo‘lakli) cho‘kindi konlar. Ular orasida sochma konlar alohida o‘rin tutadi. Sochma konlar genezisiga qarab elyuvial, delyuvial, alyuvial, dengiz va ko‘l konlari, muzlik konlariga bo‘linadi. B. Kimyoviy cho‘kindi konlar. Genezisi bo‘yicha uch xil: dengiz, ko‘l va botqoq turlari bor. Asosan dengiz turi ko‘proq. Masalan, 38 dengiz qirg‘og‘ida temirning limonit minerali ko‘proq hosil bo‘ladi. Yana chuqurroqda temirli xloritlar, eng chuqurda temirning siderit minerali hosil bo‘ladi. Marganets konlari ham shunday tartibda hosil bo‘ladi: psilomelan → pirolyuzit → marganetsning karbonatlari. Ko‘l va botqoqlarda temir va marganetsning aralashma konlari hosil bo‘ladi. Mineral tuzlar – gips, angidrid, osh tuzi va boshqa tuzlar eritmasidan kimyoviy cho‘kma holida konlar hosil bo‘ladi. D. Biogen va bioxemogen cho‘kindi konlar. Bu yo‘l bilan ohaktosh, fosforit va yonuvchi foydali qazilma konlari hosil bo‘ladi. Dengizda yashovchi ko‘pchilik hayvonot turlari o‘z chig‘anoqlarini kalsiy mineralidan (CaCO3) quradilar. Ular dengiz sharoiti o‘zgarishi natijasida yalpi qirilgandan so‘ng, ularning chig‘anoqlari dengiz tubida to‘planib ohaktosh konlarini hosil qiladi. Fosfor dengiz hayvonlari skeletining 60 %ini tashkil etadi. Ularning skeletidan fosfor konlari hosil bo‘ladi. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling