12-§. Cho‘kindi konlar


Download 27.79 Kb.
bet2/4
Sana22.03.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1286089
1   2   3   4
Bog'liq
FOYDALI QAZILMA

14-§. Sochma konlar
Sochma kon deb suv, shamol, muzliklar yordamida saralanib,
o‘z og‘irligi ta’sirida cho‘kib hosil bo‘lgan metall va qimmatbaho tosh
konlariga aytiladi. Sochma konlar ba’zi foydali qazilmalar uchun muhim
ahamiyatga ega. Olmos, titan, volfram, qalay kabi xomashyolarning
qariyb yarmisi, oltin, platina va ba’zi boshqa metallarning anchagina
qismi sochma konlardan olinadi.
Sochma konlar hosil qiluvchi minerallarning birinchidan, solishtirma
og‘irligi katta bo‘lishi; ikkinchidan, oksidlanish zonasida barqaror
bo‘lishi; uchinchidan, yetarli darajada mexanik mustahkamlikka
ega bo‘lishi shart. Shunga asosan, sochma konlar quyidagi minerallar
uchun xosdir (qavs ichida solishtirma og‘irligi ko‘rsatilgan): platina
(21), oltin (19,3–15,6), kinovar (8,2–8), kolumbit (8,2–5,15),
volframit (7,7–7,2), kassiterit (7,1–6,8), sheelit (6,1–5,9), monatsit
(5,3–4,9), magnetit (5,2), ilmenit (5,4), sirkon (4,7), rutil (4,3–4,2),
korund (4,1–3,9), granat (4,3–3,6), topaz (3,6–3,5), olmos (3,5).
Sochma konlar uch xil manba – tub konlar, tog‘ jinslaridagi
aksessor minerallar, qadimgi sochmalar hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda
tub konlar hisobiga oltin, platina, olmos, kassiterit, volframit va kinovar
konlari hosil bo‘ladi. Aksessor minerallarning to‘planishi esa monatsit,
ilmenit, rutil, sirkon, granat, magnetit sochmalarini hosil qiladi.
Sochma konlarning tarkibi ularning tub manbai bo‘lmish turli
tagzamin tog‘ jinslari bilan, ma’lum minerallar assosiatsiyasi bilan
bog‘liqdir (1-jadval). Maxsus adabiyotlar asosida minerallarning qator
belgilari (kristallar gabitusi, zarrachalarining kattaligi, solishtirma
og‘irligi, tiniqligi, rangi, qo‘shalokligi va hokazo)ga tayangan holda
sochmalar manbaini aniqlash mumkin.
Sochma konlar hosil bo‘lishi sharoitiga qarab quyidagicha ajratiladi:
1) elyuvial sochma konlar;
2) delyuvial sochma konlar;
3) prolyuvial sochma konlar;
4) allyuvial sochma konlar;
5) eol sochma konlar;
6) dengiz qirg‘oq bo‘yi sochma konlari;
7) flyuvioglyatsial sochma konlar
41

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling