Ii. Asosiy qism Vaqtinchalik oqar suvlar. Ularning geologik ishi


Download 264.97 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi264.97 Kb.
#1418081
  1   2   3
Bog'liq
VAQTINCHA VA DOIMIY OQAR SUVLAR


Reja:
I.Kirish


II.Asosiy qism
1.Vaqtinchalik oqar suvlar.Ularning geologik ishi
2.Prolyuvial.,Delyuvial , Illyuvial jinslar
3..Doimiy oqar suvlar va ularning geologik ishi
4.Allyuvial yotqiziqlar
5. Daryo tеrrasalari
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

Kirish.


Yer yuzining qiyaligi koʻproq boʻlsa, tushadigan yomgʻir suvlarining yuvish, sidirish ishlari kuchliroq va tezroq kechadi. Yonbagʻirlardagi oʻsimliklar yuvilish ishlarini kamaytirishi, unga toʻsqinlik qilishi mumkin. Yumshoq togʻ jinslardan tashkil topgan yonbagʻirlar koʻproq yemiriladi, eroziyaga uchraydi, qattiq jinslar esa asta - sekin yemiriladi. Oʻzansiz vaqtincha oqar suvlar pirovard natijada yonbagʻirlarda jilgʻalar va soylarni vujudga keltiradi, yaʼni oʻzanli oqadigan suvlar uchun asos yaratib beradi. Oʻzansiz oqar suvlarning mahsulotlari yaxshi saralanmagan va silliqlanmagan boʻladi. Dastlab yogʻin-sochin suvlari yer yuzasida yalpi oqim hosil qilib oqadi. Bunda yoppasiga yuvish kuzatiladi. Bunday jarayonlar delyuvial (latinchadan “delyuo” – yuvaman degan maʼnoni anglatadi) jarayonlar, ular shakllantirgan yotqiziqlar esa delyuviy deyiladi.


Yuzada yoppasiga oqayotgan oqim oʻzanlarga birlashadi va oʻzanli oqimlarni hosil qiladi.
Oʻzanli suv oqimlar quyidagi muhim geologik ishlarni bajaradi:
- chuqurlatish eroziyasi (yuqori oqimda), yuvish, oʻyish;
- hosilani olib ketish (yuqori va oʻrta oqimda) va yemirish;
- saralanmagan yotqiziqlarni (quyi oqimda) toʻplash.
Oʻzanli suv oqimlar vaqtincha va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi turlarga boʻlinadi.

Vaqtinchalik suv oqimlarining geologik ishi


Vaqtinchalik suv oqimlari togʻli hududlarda chuqur daralarni, tekisliklarda esa jarlarni hosil qiladi.
Togʻ yonbagʻrlarida davriy ravishda vaqtinchalik suv oqimlari vujudga kelib turadi. Ular koʻndalang kesimi V shakldagi va boʻylama profili katta nishablikka ega boʻlgan notekis oʻzanlarni hosil qiladi. Kuchli yomgʻir va jala vaqtida ushbu oʻzanlardan toʻlib suv oqadi. Bu oqimlar oʻzi bilan koʻp miqdorda qattiq va turli oʻlchamdagi nurash mahsulotlarini oqizib ketadi. Juda katta zichlikka ega boʻlgan bunday oqimlar oʻzanni ham yuvadi. Tekislikka chiqqandan keyin oqimning tezligi keskin kamayadi va olib keltirilgan barcha boʻlakli material choʻkmaga oʻtib, planda konus shaklidagi prolyuvial yotqiziqlarni hosil qiladi. Bunday yotqiziqlar oʻzining differensatsiyalanmagani bilan xarakter-lanadi va ular chiqaruv konuslari deb ataladi.


Download 264.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling