Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. GEOGRAFIK QOBIQNING KENGLIK ZONALLIGI VA SEKTORLIGI


Download 1.04 Mb.
bet20/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

7-§. GEOGRAFIK QOBIQNING KENGLIK ZONALLIGI VA SEKTORLIGI


Aziz o‘quvchilar, quyi sinflarda geografik qobiqning umumiy qo- nuniyatlari haqida olgan bilimlaringizni eslang. Ushbu mavzuda bilim- laringizni yanada boyitib olasiz.

Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qo- nuniyatlardan biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudli- gini qadimgi yunon va rim olimlari aniqlashgan. Ular Yer yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar. Zonallik qonuniyatining rivojlanishida A. Gumboldtning (XVIII asr) xizmatlari katta. U iqlim va botanik-geografik zonallikni aniqladi. Keyinchalik bu ishlar

  1. V. Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qo- nuniyati kashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V. V. Dokuchayev ta’limotiga asoslanadi.

Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik ich- karisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, yog‘inlar, nu- rash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil qilib tarqalgan. Geografik zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografik zonallik ekvator- dan qutblarga tomon hamda okeanlardan quruqliklar ichkarisiga tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling