Geografiya 10 sinf 2017. indd


rasm. a) Qizilqumdagi cho‘l landshaftlari. b) Chotqol tizmasidagi tog‘ landshaftlari Joy


Download 1.04 Mb.
bet28/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

rasm. a) Qizilqumdagi cho‘l landshaftlari. b) Chotqol tizmasidagi tog‘ landshaftlari

Joy – o‘zaro bog‘liq va o‘xshash urochishelarning mujassamligidan iborat geotizim. Landshaftlarning joylarga tabaqalanishida relyef aso- siy ahamiyatga ega. Joy relyefning mezoshakllariga to‘g‘ri keladi. Daryolarning quyi terrasalari, qayir joylarni tashkil qiladi. Ushbu joylar guruhi uchun grunt suvlarining yer betiga yaqin joylashishi, tuproq ho- sil bo‘lishida ularning faol qatnashishi, asosan, gidromorf, ya’ni allyuvial tuproqlar rivojlanishi, namsevar o‘simliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Daryo terrasalarining yuqori va quyi qismlari O‘zbekistonda deyarli to‘liq o‘zlashtirilgan va ularda sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullaniladi. Shuning uchun bu joylar qadimdan dehqonchilik yerlari hisoblanadi.

Urochishe relyefning mezoshaklida joylashgan bo‘lib, kelib chiqi- shi va rivojlanishi jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan fatsiyalardan iborat geotizimdir. Joylarning alohida urochishelarga bo‘linishida uning lito- gen asosi – relyef hamda tog‘ jinslarining litologik tuzilishi asosiy ahamiyatga egadir. Tekisliklarda urochishe ko‘proq jarliklarga, murak- kab tuzilgan qayirga, quyi terrasalarga, yuqori terrasalardagi botiqlarga, deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlariga, tog‘larda esa soy- larga, adiroldi qirlarga, past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning turli qismlari va boshqalarga mos keladi.

Fatsiya – (lotincha facies – tashqi qiyofa ma’nosini anglatadi) tog‘ jinslarning litologik tarkibi bir xil, relyef tuzilishi, namlanishi bir xil, mikroiqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bir xil, ya’ni uni hosil qiluvchi komponentlariga xos bo‘lgan belgilari bir xilligi bi- lan tavsiflanadigan eng oddiy tuzilgan va eng kichik geotizimdir. Fat- siyalar relyefning mikroshakllariga to‘g‘ri keladi. Masalan, jarlarning ichi, pastqamliklarning tubi fatsiyalari. Fatsiyalar geotizimlar ichida eng ochig‘i hisoblanadi va faqat qo‘shni fatsiyalar bilan o‘zaro bog‘liqli- gi va aloqadorligi sharoitidagina shakllanadi, rivojlanadi. Ular o‘zidan katta bo‘lgan boshqa geotizimlarga nisbatan tashqi kuchlar ta’siriga beriluvchan va tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Buning sababi shundaki, fat- siya doirasida uning komponentlari orasidagi aloqadorlik va bog‘liqlik boshqa geotizimlardagidan ko‘ra mo‘rtroq, tez shikastlanuvchan, tashqi omillar ta’siriga chidamsizroq ekanligidadir. Shuning uchun ham, inson- ning xo‘jalikdagi faoliyatini geotizimlarga ta’siri va uning o‘ziga xos oqibatlari dastavval fatsiyalar miqyosida ro‘y beradi. Jumladan, bun- day o‘zgarishlar fatsiyalarning eng harakatchan, o‘zgarishga moyilroq bo‘lgan o‘simliklarida ko‘zga tashlanadi va keyinchalik ularning bosh-

qa xususiyatlari: mikroiqlimi, namlanishi, issiqlik tartibi kabilarning o‘zgarishiga olib keladi. Tog‘ jinslari ko‘pincha o‘zgarmay qoladi. Shu sababli fatsiyalarga bo‘ladigan inson ta’siri to‘xtatilsa, o‘zgargan fatsi- yalar yana o‘zining avvalgi holatiga qaytishga harakat qiladi.

Geotizimlarning bir xil tabiiy sharoitga ega ekanligi, ularni ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish muhim ekanligini ko‘rsatadi. Chunki, ular- ning o‘zgaruvchanligi, rivojlanishi, resurslarning joylashuvi, mahsuldor- lik va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish, ulardan xo‘jalikni rivojlanti- rish maqsadlarida foydalanishning eng samarali yo‘llarini ochib beradi.

Geotizim, geotizimlarning tabaqalanishi, sayyoraviy, regional va topologik geotizim- lar, landshaft, joy, urochishe, fatsiya.




  1. Geotizimlar nima?

  2. Geotizimlar qanday tuzilgan?

  3. Landshaftlar qanaqa geotizimlardan iborat?

  4. O‘zingiz yashab turgan hududda joy, urochishe va fatsiya bo‘yicha misollar kel- tiring.







Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling