Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. GEOTIZIMLAR VA ULARNING POG‘ONASIMONLIGI


Download 1.04 Mb.
bet27/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

9-§. GEOTIZIMLAR VA ULARNING POG‘ONASIMONLIGI


Quyi sinflarda Siz tabiat kompleksi, tabiiy hududiy kompleks, geografik kompleks degan tushunchalar bilan tanishdingiz, ularning bar- chasi tabiiy geografik kompleks atamasining sinonimi ekanligini bilib oldingiz. Ushbu tushunchalar ancha umumiy va soddaroq bo‘lib, Sizning yoshingiz va fikrlash doirangizni inobatga olib yozilgan. Endi esa, ular- ga nisbatan murakkabroq bo‘lgan geotizim tushunchasi bilan tanishasiz. Har bir fan rivojlanib, takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib boradi. O‘tgan asrning o‘rtalariga kelib, barcha fan- larda bo‘lgani kabi geografiya faniga ham tizimlar haqidagi ta’limot kirib keldi. Natijada geografik tadqiqotlarda tekshirish obyektini, o‘sha vaqtlarda bo‘lganidek, kompleks deb emas, tizim deb qarash yuzaga keldi. Shu munosabat bilan 1963-yilda akademik V. B. Socha- va tomonidan geotizim tushunchasi fanga kiritildi va ta’limoti yaratil- di. Bu tushuncha geografiyaning obyektini aniqroq va mukammalroq ta’riflashi barcha tomonidan e’tirof etildi. Hozirgi paytda geografik tadqiqotlarda tizimlar haqidagi ta’limotga amal qilinadi va o‘rganish

obyekti tizim deb qaraladi.

Akademik V. B. Sochava quyidagicha ta’rif beradi: Geotizim – bosh- qariluvchan tizimlarning alohida, o‘ziga xos sinfi; Yer yuzasidagi kom- ponentlari bir-biri bilan tizimli aloqada bo‘lgan hamda ma’lum yaxlitlik sifatida fazo qobig‘i va kishilik jamiyati bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi- gan barcha o‘lchamdagi makon. Yaxlit bo‘lish bilan birga, kichik tizim- larga bo‘linadigan bu tizimlar sayyoraning yuzasini to‘liq qamrab oladi, shu bilan bir qatorda uning bir bo‘lagi sifatida uncha katta bo‘lmagan makonda mustaqil mavjud bo‘ladi va maxsus faoliyatni bajaradi.

Mazkur ta’rifga ko‘ra, geotizimni o‘zaro bog‘liq komponentlarning to‘g‘ri va teskari aloqalar orqali birlashgan hamda bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan tabiat va jamiyat kichik tizimlaridan iborat, mod- diy-energetik bir butun yaxlit holdagi hududiy tizim deb qarasak bo‘la- di. Geotizim insonning haqiqiy yashash muhiti, xo‘jalik faoliyati bevo- sita yoki bilvosita ta’sir etadigan tabiiy, tabiiy-antropogen (o‘zgartirilgan tabiiy) yoki antropogenlashgan (inson tomonidan kuchli o‘zgartirilgan) hududiy tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Geotizimni tashkil qiluvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari

ular orasida muttasil ro‘y berib turadigan modda va energiya alma- shinishining natijasi bo‘lib, bu almashinish moddaning aylanishi va energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Geotizimdagi modda va energiyaning harakati uning tarkibiy qismlarini – kichikroq geotizimlarni va tabiat komponentlarini hamda antropogen obyektlarini bog‘lab turadi hamda bir butunligini ta’minlaydi.

Geotizimlarning modda va energiya almashinuvi xususiyatiga ko‘ra ikki turi ajratiladi:



  1. modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqmay- digan yopiq geotizimlar. Masalan, geografik qobiq;

  2. modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqadi- gan ochiq geotizimlar. Masalan, landshaftlar.

Geotizimlarning ko‘lamiga, ya’ni katta-kichikligiga qarab V. B. So- chava sayyoraviy, regional, topologik darajalarini ajratadi. Mazkur sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) ko‘lamdagi geotizimlarning har biri o‘ziga xos hajmi, yoshi bilan tavsiflanib, o‘ziga xos modda va energiya almashinishi shakliga egadir. Ushbu uch ko‘lamdagi geotizim- lar yoshi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, sayyoraviy va regional ko‘lamdagi geotizimlarning yoshi geologik davrlar o‘lchami bilan o‘lchansa, topologik ko‘lamdagi geotizimlarning yoshi esa bir necha o‘nlab, yuzlab ming yillar bilan o‘lchanishi mumkin.

Sayyoraviy ko‘lamdagi geotizimlarga geografik qobiq kiradi. U eng katta va eng murakkab geotizim bo‘lishi bilan bir vaqtda juda ko‘p va turli taksonomik qiymatga ega bo‘lgan geotizimlarga tabaqalangandir. Regional darajadagi geotizimlar quyidagilar: ma- teriklar, o‘lkalar, zonalar, provinsiyalar, okruglar, rayonlar. Bu yerda biz faqat quruqlikning geotizimlarga bo‘linishini ko‘rsatdik. Suvlik esa boshqacha bo‘linadi. Topologik (kichik) ko‘lamdagi geotizimlar

  • landshaft, joy, urochishe, fatsiya.

Geotizimlar (fatsiyadan boshqalari) o‘z ichki tuzilishi jihatidan bir vaqtning o‘zida ham bir butundir, ham xilma-xildir, ya’ni o‘zidan kichik bo‘lgan geotizimlardan tashkil topgan. Bu geotizimlar o‘zining katta-kichikligiga bog‘liq holda pog‘onasimon taksonomik qiymatga egadir. Masalan, geografik qobiq o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizim- lar – quruqlik va okeanlarga, quruqlik esa, o‘z navbatida, materiklarga, materiklar esa o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – tabiiy geografik o‘lkalardan tashkil topgan va h.k.

Geotizimlarni katta-kichikligi bo‘yicha, ya’ni pog‘onasimon qo‘yib chiqilsa, quyidagicha bo‘ladi: geografik qobiq–quruqlik–materiklar –ta- biiy geografik o‘lkalar–tabiiy geografik zonalar–tabiiy geografik provin- siyalar– tabiiy geografik okruglar – tabiiy geografik rayonlar – land- shaftlar – joylar – urochishelar – fatsiyalar. Lekin geotizimlar, odatda, yuqorida aks ettirganimizdek, birin-ketin emas, balki kichik geotizimlar birgalikda kattalarini, ular esa, o‘z navbatida, undan kattaroqlarini hosil qilib, ya’ni “kattasining ichida kichiklari” joylashgandir.

Geografik tadqiqotlarda yuqorida keltirilgan geotizimlardan, asosan, landshaft va uning qismlari bo‘lgan joy, urochishe va fatsiya o‘rganiladi. Landshaft nemischa so‘z bo‘lib, (land-yer va schaft – o‘zaro aloqa- dorlik va bog‘liqlikni aks ettiruvchi suffiks), umumadabiy tilda manzara, joyning ko‘rinishi ma’nolarini anglatadi. Geografiyada esa ilmiy termin bo‘lib, geotizimlarning bir taksonomik pog‘onasini nomlash va tavsiflash uchun ishlatiladi. Landshaft – bir xil geologik tuzilishi, bitta relyef turi, bir xil iqlimi hamda faqat shu landshaftga xos bo‘lgan, o‘zaro bog‘liq kichik geotizimlar yig‘indisidan iborat genetik jihatdan bir butun geotizim- dir. Landshaft bir jihatdan qaraganda zona, provinsiya, okrug, rayon kabi regional geotizimlarni tashkil qiluvchi eng oddiy geotizim, geografik qo- biqning eng oddiy va eng kichik birligidir. Ikkinchi jihatdan, o‘zidan kichik bo‘lgan urochishe, fatsiya kabi qismlar va oddiy geotizimlar bog‘lamidan hosil bo‘lgan murakkab ko‘p yarusli va dinamik geotizimdir. Landshaft yon-atrofdagi landshaftlar bilan modda va energiya almashini-

shi orqali doim o‘zaro ta’sirda bo‘lib turadigan ochiq geotizimdir.



Landshaftlar joylardan, joylar urochishelardan, urochishelar esa fatsi- yalar tizimidan iborat.


  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling