Mintaqalanishi


Download 209.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana21.06.2023
Hajmi209.47 Kb.
#1644320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 маъруза №7



113 
MA’RUZA №7 
O’ZBEKISTON LANDSHAFTLARINING ZONALLIGI VA BALANDLIK 
BO’YICHA 
MINTAQALANISHI, 
TASNIFI, 
ASOSIY 
TASNIF 
BIRLIKLARI. 
O’ZBEKISTON 
HUDUDINI 
TABIIY 
GEOGRAFIK 
RAYONLASHTIRISH. 
Reja: 
1. O’zbekistonda landshaftlarning zonalligi va balandlik bo`yicha mintaqalanishi 
2. O’zbekiston landshaftlarining tasnifi, asosiy tasnif birliklari 
3. O’zbekiston tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholash.
3.1 Geoekologik muhitning landshaft tahlili 
3.2 Agroiqlimiy tahlil 
3.3 Suv resurslaridan foydalanish 
3.4 Relyefni qishoq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholash 
4. O’zbekistonni tabiiy-geografik rayonlashtirish, mavjud rayonlashtirish 
sxemalarining tahlili. 
 
Tayanch 
so’z 
va 
iboralar: 
litologik, 
geomorfologik 
landshaft, 
geomorfologiya, 
allyuvial, 
allyuvial-delta, 
prolyuvial-allyuvial 
agroiqlimiy, 
«gidrotermik koeffistentlar», «namlanish koeffistentlari», vegetastiya, termik,
morfometrik, tabiiy geografik rayonlashtirish, regional, zonal va aralash 
rayonlashtirish, taksonomik birliklar sistemasi, mintaqa, geotip, sektor, zona, tabiiy 
o’lka, o’lka, provinstiya, kichik provinstiya, okrug, tabiiy rayon, 
 
O’zbekistonda 
landshaftlarning 
zonalligi 
va 
balandlik 
bo`yicha 
mintaqalanishi. O’zbekistonning turli qismlarida Quyoshdan keladigan yillik yalpi 
radiastiya miqdori turlicha, shimolida 140 kkal/sm
2
dan, janubida 160 kkal/sm

gacha o’zgaradi. Bu esa, havo haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va har 
bir iqlim mintaqasi doirasida o’ziga xos tabiat zonalarining tarkib topishiga olib 
keladi. 
O’zbekiston hududi ikkita iqlim mintaqasida - mo’tadil mintaqaning janubi 
bilan subtropik mintaqaning shimoliy chekka qurg`oqchil qismida joylashgan. 
Mo’tadil iqlim mintaqasida cho’llar zonasi, subtropik mintaqada esa subtropik 
cho’llar zonasi tarkib topgan. Mo’’tadil iqlim mintaqasida Ustyurt platosi, Amudaryo 
etagi shimoli, subtropik mintaqaga Quyi Amudaryo deltaning Qizilqum va Quyi 
Zarafshon tekisliklari, Qashqadaryo etagidagi tekisliklar kiradi. O’zbekistonda asosan 
qumli, gilli, toshli cho’llar tarqalgan. Cho’llarda yozgi haroratning yuqoriligi, yog`in 
miqdorining kamligi sababli, oqar suvlar shakllanmaydi. Lekin, O’zbekistondagi 
shimoliy cho’llar bilan janubiy cho’llar tabiatida kattagina tafovutlar ham mavjud. Bu 
tafovutlar yilning iliq va sovuq davrlarida ko’zga yaqqol tashlanadi.
Shimoliy cho’llarda qish qattiq bo’lib, uzoq davom etadi, sovuqli kunlar 
ko’proq bo’ladi va qor qoplami uzoqroq yotadi. Yozi ancha qisqa, juda ham issiq 
emas, yog`in-sochin miqdori o’simliklarni rivojlanishi uchun etmasa ham yil 
davomida deyarli bir tekis taqsimlanadi.


114 
Subtropik mintaqasi cho’llari qishini yumshoqligi, qor qoplamining uzoq 
yotmasligi, sovuq kunlarning iliq kunlar bilan almashib turishi va o’simliklarning 
vegetastiyasi qishda ham davom etishi bilan shimoliy mo’’tadil mintaqa cho’llaridan 
farq qiladi. Yog`in- sochinning 70-90 % qish va bahor oylariga to’g`ri keladi.
Tabiat zonalarining geografik kenglik bo’ylab joylashish qonuniyati tog`li 
o’lkalarga to’g`ri kelmaydi. Tog`larda harorat va namlik miqdorining pastdan 
yuqoriga tomon o’zgarib borishi sababli tabiat ham shu yo’nalishda o’zgaradi, ya’ni 
balandlik mintaqalanishi ro’y beradi. O’zbekiston tog`larining etagi cho’llarga borib 
taqalgani uchun balandlik mintaqalari cho’ldan boshlanadi va yuqorida baland qor-
muzliklargacha almashinadi.
O’zbekiston tog`larida tekislikka xos iqlimning ba’zi bir xususiyatlari – 
kontinentallik, yillik va sutkalik harorat amplitudasining kattaligi, havoning quruqligi 
kabi xususiyatlari saqlanib qoladi, biroq tog`larda bu iqlimiy xususiyatlar keskinligi 
kamayadi. Tog`li o’lkalarda bulutli kunlarning ko’p bo’lishi, qorning uzoq yotishi, 
yog`in miqdorining ko’pligi, havo haroratining pastroq bo’lishi, tog`-vodiy, yonbag`ir 
shamollarining esishi ham xosdir. Umuman tog`li relef, ya’ni tog` tizmalarining 
mutlaq balandligi, Quyoshga nisbatan qanday turishi, havo oqimlariga relefning 
ta’siri, tog` oralig`ida vodiy, botiq, platolarning bo’lishi turli xil landshaftlar paydo 
bo’lishiga shubhasiz ta’sir etadi. Bu esa o’z navbatida tog`larda balandlik 
mintaqalarining shakllanishiga ta’sir etadi.
Umuman yonbag`ir bo’ylab 100 metr ko’tarilganda havo harorati o’rta 
hisobda -0,6
0
ga pasayadi. O’zbekiston tog`lari janubiy kengliklarda bo’lishiga 
qaramasdan 3200 metrdan yuqorida havoning yillik o’rtacha harorati manfiy bo’lib 
qoladi. Tog`larda havo haroratining o’zgarishi tog` tizmalarining yo’nalishiga va 
yonbag`irlarning Quyoshga nisbatan qanday turishiga, xullas relefning yana boshqa 
hududiy ko’p xususiyatlariga bog`liq. O’zbekiston tog`larida sovuq bo’lmaydigan 
kunlar pastdan yuqoriga tomon quyidagicha kamayib boradi: Xovosda (356 m) 230, 
Toshkentda (473 m) 216, Obliqda (847 m) 211, Sangzorda (1307 m)184 kun davom 
etadi. 
O’zbekiston tog`larida yog`in tekislikka nisbatan bir muncha ko’proq yog`adi. 
Yog`in respublikamizning nam havo massalariga yo’nalishiga birinchi to’g`anoq 
bo’lgan tog` tizmalariga, ayniqsa ularning g`arbiy yonbag`irlariga 1500-3000 metr 
balandliklarda eng ko’p tushadi va yillik miqdori ayrim joylarda 900 mm dan ham
oshadi.
O’zbekiston tekisliklaridan tog`lar yonbag`iri bo’ylab ko’tarilib borgan sari 
umumiy iqlim sharoitlarining o’zgarib borishi kuzatiladi. Ya’ni yuqoriga ko’tarilgan 
sari issiq iqlim iliq iqlim bilan, keyin tog`ning yuqori qismida esa sovuq iqlim bilan 
almashinadi. Shuningdek, yog`ingarchilik miqdori, o’avo bosimi va havoning nisbiy 
namligi ham o’zgarib boradi. Natijada balandlik iqlim mintaqalari tarkib topadi. Bu 
o’zgarishlar balandlik tabiat zonalarining shakllanishiga va joylanishiga ta’sir etadi.
O’zbekistonda cho’l zonasining janubida, janubi-sharqida va sharqida tog` 
oldi balandliklari va tog`lar joylashgan. Bular G`arbiy Tyanshan tog` tizmalari, 
Hisor, Zarafshon, Turkiston, Nurota tog`lari, tog` oldi tekisliklari va tog` oralig`idagi 
vodiylardan iborat bo’lib, ularning mutlaq balandligi 300 m dan 4688 metrgacha 


115 
boradi. O’zbekistonning tog` oldi va tog`lik qismlari orografik, geologik, 
geomorfologik, iqlimiy, gidrografik xususiyatlari, o’simlik-tuproq qoplamining rang-
barangligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun O’zbekistonda balandlik 
mintaqalarining shakllanishida, joylashishida hududiy farqlar ko’zga yaqqol 
tashlanadi. 
Respublikamizdagi tog`larda balandlik 
mintaqalari cho’l zonasidan 
boshlanadi. Bu zona 2 qismdan – quyi cho’l va yuqori cho’ldan iborat. Quyi cho’l 0-
200 metr mutlaq balandlikda joylashgan, yuqori cho’l 200-500 metr balandlikka ega. 
Yuqori cho’l quyi cho’ldan tog`larga yaqinligi va shu sababli yog`inning biroz 
ko’proqligi, och tusli bo’z tuproqlari, efemer o’simliklari bilan ajralib turadi va 
tabiatiga ko’ra kenglik zonalari bilan balandlik mintaqalari orasida o’tkinchi zona 
hisoblanadi. Ayrim olimlar yuqori cho’lni balandlik mintaqasiga kiritsalar, ayrimlari 
uni kenglik cho’l zonasining bir qismi deb hisoblaydilar.
Keyingi balandlik mintaqasi tog` oldi chala cho’l-quruq dasht (adir) 
mintaqasidir. Unga tog` oldi tekisliklari va tog` oralig`idagi botiqlar, tog` oldidagi 
adirlar va adir oldi tekisliklari past tog`lar kiradi. Bu mintaqaning mutlaq balandligi 
500 m dan 1200-1600 m gacha boradi. Relefi notekis,oddiy va to’q tusli bo’z 
tuproqlar tarqalgan, o’simlik qoplami asosan rang va qo’ng`irboshdan iborat. Bu 
mintaqada ikkita balandlik zona – quyi qismida chala cho’l va yuqori qismida esa esa 
quruq dashtlar tarkib topgan. Chala cho’lda tabiiy nam bahorikor donli ekinlar uchun 
etarli emas, lekin quruq dashtda tabiiy nam bilan bahorikor donli ekinlarni 
yetishtirish mumkin. Umuman bu mintaqada sug`orib ekin ekishda, donli ekinlarni 
yetishtirishda, relyefi dehqonchilikka noqulay bo’lgan joylarida yaylov 
chorvachiligida foydalaniladi.
O’rtacha baland tog`larning o’rmon-o’tloq-dasht mintaqasi G`arbiy Tyanshan 
va Hisor tog`larida 800-900 m dan 2500-2700 m gacha bo’lgan balandlikda 
joylashgan. Bu erlarda anchagina maydonning tuprog`i yuvilib ketgan, ko’p yerlarni
qoyali tog` jinslari, surilmalar, qurumlar egallab yotadi. Quruq yonbag`irlarda 
jigarrang tuproqlar tarqalgan bo’lib, bu erlarga archazorlar xos va quruq dasht 
o’simliklari o’sadi (bug`doyiq, shuvoq, chalov, toshkakra va boshqalar). Tog`larning 
nam havo massalariga ro’para namgarchil yonbag`irlarida qo’ng`ir tog` o’rmon 
tuproqlari keng tarqalgan. Bunday yerlarda yong`oqzorlar, na’matakzorlar va 
archazorlar uchraydi. Bu mintaqa bahorgi, yozgi va kuzgi yaylov sifatida va tog` 
bog`dorchiligida foydalaniladi.
Baland tog`larning subalp va alp o’tloqlari mintaqasiga balandligi 2700-2800 
m balandlikdan boshlanib qor chizig`igacha davom etadi. Bu mintaqada och va to’q 
qo’ng`ir tuproqlarda nam o’tloq va o’tloq dasht o’simliklari keng tarqalgan. Mintaqa 
2 qismdan – subalp va alp o’tloqlaridan iborat. Subalp o’tloqlariga balandligi 2700-
2800 m dan 3000-3200 m gacha bo’lgan yerlar kiradi. Tuproqlari och jigarrang va 
qo’ng`ir. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o’simliklar keng tarqalgan. O’rik, archa 
uchraydi. Alp o’tloqlari 3200 m dan baland joylarda rivojlangan. Tuprog`i to’q 
jigarrang, qo’ng`ir. Kserofit o’simliklar ko’proq uchraydi. Subalp va alp o’tloqlaridan 
asosan mayda mollar uchun yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. 


116 
Qor va muzlar (nival) mintaqasiga tog`larning doimiy qor va muzlar bilan 
qoplangan eng baland joylari kiradi. Bu mintaqa qor chizig`idan yuqorida joylashgan. 
Uning pastki chegarasi Piskom havzasida 3600 m, Qashqadaryoda 3820 m, 
Sangardakda 3850 m balandlikka to’g`ri keladi.
Tog`li hududlarni qishloq xo’jaligi uchun o’zlashtirish va undan kelib 
chiqadigan muammolarni o’rganish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
O’zbekiston tog`laridan hozirgi vaqtda asosan yaylov sifatida foydalaniladi, uning 
iqtisodiy imkoniyati katta emas. U yerlarda jami aholining taxminan 10 %i yashaydi. 
Tog`-kon sanoatidan boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan emas. Tog`larimizda 
dehqonchilikni (xususan mevachilikni), o’rmonchilikni, chorvachilikni rivojlantirish 
maqsadga muvofiqdir.
Demak, O’zbekiston relyefi genezisi, yoshiga ko’ra juda ham murakkab va 
xilma-xil ekan. Uning hududi keng tekisliklardan va balandligi 4000 m gacha va 
undan ham baland (4688 m) tog` massivlaridan iborat bo’lib, ular respublika 
hududida notekis joylashgan. Respublika hududining sharqiy va janubi-sharqiy 
qismlarini tog`lar va vodiylar g`arbiy va shimoli-g`arbiy qismlari keng akkumlyativ 
tekisliklar va tog` oldi tekisliklari egallagan.

Download 209.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling