Mintaqalanishi


Download 209.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana21.06.2023
Hajmi209.47 Kb.
#1644320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 маъруза №7

 
 
O’zbekiston tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholash. 
Obikor va bahorikor dehqonchilik, mevachilik hamda chorvachilik O’zbekistonda 
qishloq xo’jaligining asosiy yo’nalishlaridir. Har bir yo’nalish o’zinig rivojlanishi 
uchun ma’lum geoekologik muhitni talab qiladi. Joyning tabiiy omillari litologik, 
geomorfologik tuzilishi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, landshaftlari xalq 
xo’jaligining ana shu yo’nalishlarining rivojlanishi uchun geoekologik muhitni hosil 
qiladi. Shu boisdan O’zbekiston hududini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan 
baholaganda tabiiy sharoitning qulay-noqulayligi darajasini belgilaydigan, yer 
yuzidagi tog` jinslari, relyef, iqlim, suv va landshaft resurslarini uyg`unlikda tahlil 
qilish baholashning etakchi uslublaridan hisoblanadi. 
Geoekologik muhitning landshaft tahlili. Hozirgi kunda hududiy tabiiy 
geografik tahlil xalq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda va samarali amaliy natijalar 
bermoqda. Ayniqsa qishloq xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish masalalarini echishda 
hududiy tahlilni keng va to’liq qo’llanish yaxshi natija beradi. Landshaftlar asos qilib 
olingan tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi qishloq xo’jalik ishlab chiqishi uchun 
tabiiy muhitga oid zaruriy ma’lumotlarni beradi. Tabiiy muhitning biror xo’jalik 
maqsadi uchun yaroqliligini aniqlashda asosiy mezon tabiat komponentlari emas, 
balki bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan va tabiiy geografik hududlarning mazmunini 
tashkil etuvchi landshaftlarning tipologik komplekslaridir. Ular tabiiy geografik 
sharoiti jihatidan nisbatan bir xil bo’lgan joylardir. Binobarin, bunday joylar qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan tog` jinslari, relef, 
tuproq va o’simlik qoplami, suvlari, iqlimiga, ya’ni muayyan tabiat komponentlariga 
asoslanib ham ajratiladi. 
Landshaftlar qishloq xo’jaligi ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholanganda 
ularning mazkur joylarning o’zlashtirish imkoniyatlarini chegaralab turadigan 


118 
xususiyatlari ham ko’rsatib o’tiladi. Landshaftlarning bu jihatlari tuproq qoplami 
(rivojlanishi, sho’rlanish, botqoqlanish darajasi, toshloqli yoki gilli, qumli ekanligi), 
geomorfologiyasi 
(relefning 
xususiyatlari, 
yer 
yuzasining 
notekisligi, 
yonbag`irlarning qiyaligi) bilan o’zaro bog`liqdir. 
N.A.Kogay (1971) yuqorida aytilganlarni hisobga olib landshaftlarni 
dehqonchilik nuqtai nazaridan guruhlashtiradi va ularni juda past sifatli, past sifatli, 
o’rtachadan past sifatli, o’rtacha sifatli, o’rtachadan yuqori sifatli, yuqori sifatli tabiiy 
komplekslarga birlashtiradi (11-jadval) 
11-Jadval 

Download 209.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling