Mintaqalanishi


Download 209.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana21.06.2023
Hajmi209.47 Kb.
#1644320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 маъруза №7

 
Agroiqlimiy tahlil. Iqlimning asosiy resurslaridan hisoblangan harorat va 
namlik qishloq xo’jalik ekinlarining rivojlanishi va hosildorligiga katta ta’sir etadi. 
Iqlimni qishloq xo’jaligi uchun baholash harorat va namlik ko’rsatkichlari bilan bir 
qatorda o’simliklarning rivojlanish bosqichlari va hosil ko’rsatkichlari orasidagi 
bog`liqlikni aks ettiruvchi ko’rsatgichlarga ham asoslangan bo’lishi lozim. Ana 
shunday ko’rsatkichlar sifatida musbat haroratlar yoki samarali haroratlar yig`indisi, 
turli «gidrotermik koeffistentlar», «namlanish koeffistentlari» ko’rsatkichlaridan 
foydalanish mumkin. O’zbekiston iqlimini baholaganda qishloq xo’jaligi uchun 
salbiy ta’sir qilish mumkin bo’lgan iqlim hodisalarini (masalan, kuzgi ertangi va 
bahorgi kechki sovuq tushishi, kuchli shamollar va chang to’zonlari va b.) ham 
hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda iqlimning asosiy bahosiga ma’lumki 
koeffistientlar yordamida tuzatishlar kiritiladi. Hamma hududlarda bo’lganidek, 
O’zbekistonda ham qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi, rivojlanishi va hosil berishi 
uning termik resurslariga bog`liq. O’zbekistonda L.N. Babushkin vegetastiya 
davridagi musbat haroratlar yig`indisining miqdoridan kelib chiqib, 5 ta termik 
zonani ajratgan. Bular jazirama issiq, harorat yig`indisi 4900

dan ortiq (ingichka 
tolali paxta navlarini etishtirish mumkin) bo’lgan zona; issiq, harorat yig`indisi 4000

dan 4900
0
gacha (o’rtacha va tez pishar paxta navlarini etishtirish mumkin) bo’lgan 
zona; iliq, harorat yig`indisi 2800

dan 4000

gacha (uzum etishtirishi mumkin) 
bo’lgan zona; salqin, harorat yig`indisi 1000

dan 2800
0
gacha bo’lgan (boshoqli don 
ekinlar etiladigan) zona va sovuq, harorat yig`indisi 1000

dan kam ( baland 
tog`larning dehqonchilikka yaramaydigan) bo’lgan zona. Bu zonalar asosida 
ekinlarning issiqlikka talabidan (ya’ni talab qilinadigan musbat haroratlar 


121 
yig`indisidan) kelib chiqib, ularni qaysi termik zonalarda ekish mumkinligini, 
zonalarning kenglik va balandlik chegaralarini aniqlash mumkin. 
Bahorikor dehqonchilik sharoitida qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va hosil 
berishi ko’p jihatdan tuproqning yog`in suvlari hisobiga namlanishi bilan bog`liqdir. 
Shu sababli hududni bahorikor dehqonchilik uchun baholashda tabiiy namlik 
resurslarining ta’rifi katta o’rin tutadi. Joylarning yog`in suvi hisobiga namlanishning 
miqdor ko’rsatkichlarini, masalan, G.T.Selyaninovning «gidrotermik koeffestenti» 











10
:
t
1
bilan yoritib berish mumkin.
L.N.Babushkin O’zbekistonda tabiiy namlik xususiyatiga ko’ra uchta zonani 
ajratish lozimligini ko’rsatgan. Jumladan G.T. Selyaninov GTK (gidrotermik 
koeffistenti) 0,3 dan kam bo’lgan quruq (bu erlarda faqat sug`orma dehqonchilik 
qilish mumkin), 0,3 dan 0,5 gacha bo’lgan quruqroq ( bu erda lalmikor boshoqli don 
ekinlari tuproqdagi tabiiy nam bilan 75-99 % ta’minlanadi) va GTK 0,5 dan katta
bo’lgan nam zona (bu erlarda lalmikor boshoqli don ekinlarining tuproqdagi tabiiy 
nam bilan ta’minlanganligi 100% ga etadi). 
Bizga ma’lumki, tog` yonbag`irlarida balandga ko’tarilgan sari yog`inlar 
miqdori asta-sekin (masalan, Chirchiq vodiysida har 100 metr ko’tarilganda 54 mm 
ga, Ohangaron vodiysida esa 27 mm ga) ortib boradi. Bu esa yuqoriga ko’tarilgan sari 
tuproq namlik sharoitining yaxshilanib borishini ko’rsatadi. Ammo balandga 
ko’tarilgan sari havo harorati pasayib, termik sharoit yomonlasha boshlaydi va 
vegetastiya davrining qisqarib borishiga sabab bo’ladi. Natijada ma’lum 
balandlikdagi yonbag`irlarda donli ekinlar uchun nam etarli bo’lsa ham termik 
resurslar etmay qolishi mumkin. Shuning uchun joyning nam resurslari bilan birga 
termik resurslari ham albatta baho lanishi zarur. Bahorikor dehqonchilik uchun 
termik resurslarni baholashda asosiy ko’rsatkich sifatida bahorgi
o’rtacha sutkalik havo haroratining +5 
0
dan o’tgan kundan to tuproqda qurg`oqchilik 
boshlanadigan kungacha bo’lgan samarali haroratlar yig`indisi hisobga olinadi. 
Bahorikor ekinlarning issiqlikka talabidan kelib chiqib, ular etilishi mumkin bo’lgan 
balandlik chegaralarini aniqlash mumkin bo’ladi. 
Demak, O’zbekistonning tog` oldi- tog`lik qismida tabiiy namlik bahorikor 
dehqonchilikning quyi chegarasini belgilab bersa, termik resurslari uning yuqori 
chegarasini belgilaydi. Termik zonalar bilan tabiiy namlanish zonalarini landshaftlar 
asosida L.N.Babushkin va N.A.Kogay birgalikda tahlil qilib, quydagilarni aniqlashdi. 
1. Termik resurslariga ko’ra paxta, uzum, boshoqli donli ekinlarni etishtirishga 
yaroqli, lekin sun’iy sug`orishni talab qiladigan (issiq, iliq, lekin quruq va juda quruq) 
hududlar. 
2. Termik resurslariga ko’ra faqat sug`orib etishtiriladigan issiqsevar ekinlar 
(paxta, uzum) va mavjud tabiiy namlik- yog`in- sochin suvlari resurslaridan 
1
Р-вегитация давридаги ўртача ёg`ин-сочин миqдори.
t
 -суткалик ўртача hарорат +10

дан юqори бўлган даврнинг hарорат йиg`индиси.


122 
foydalaniladigan kamroq issiqsevar (boshoqli don) ekinlar etishtirishga yaroqli(issiq 
va iliq, lekin qurg`oqchil) hududlar. 
3. Termik resurslarning etishmasligi sababli issiqsevar ekinlarni etishtirishga 
yaroqsiz, lekin yog`in-sochin suvi resurslarining chegaralanganligi sababli donli 
ekinlarni sug`orib etishtirishga yaroqli (salqin, lekin quruqroq) hududlar. 
4. Termik resurslarining etarli emasligidan issiqsevar ekinlarni etishtirishga 
yaroqsiz, lekin mavjud tabiiy namlik- yog`in-sochin suvi resurslariga ko’ra boshoqli 
don ekinlarini etishtirishga yaroqli (salqin, lekin quruqroq yoki nam) hududlar. 
5. Yog`in suvlari bilan etarli darajada ta’minlanganligiga qaramasdan termik 
resurslarining etmasligi sababli hatto kam issiqsevar boshoqli don ekinlari etishishiga 
ham yaroqsiz (sovuq) hududlar. 
Yuqorida ajratilgan hududlarni L.N.Babushkin gidrotermik hududlar deb 
ataydi. O’zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarining qishloq xo’jaligi nuqtai 
nazaridan tahlili shuni ko’rsatadiki, u issiq, quruq va sovuq zonalarda joylashgan 
xilma-xil ekologik muhitga ega. Balandlik zonalarini ekinlardan barqaror hosil 
etishtirish mumkinligini hisobga olib, paxta, beda, uzum va sholi etishtirishga qulay 
bo’lgan paxtachilik, paxta, beda, uzum, lalmikor donchilik uchun qulay bo’lgan 
paxta-lalmikor dehqonchilik hamda beda, uzum, lalmikor donchilik uchun qulay 
bo’lgan lalmikor dehqonchilik zonalariga ajratiladi. 
Ammo hududning landshaft xususiyatlariga bog`liq holda barcha joy tiplarini 
o’rganish 
ilmiy-asosli 
natijalarga 
etarli 
darajada 
tayanmaganligi 
sababli 
respublikamizning barcha zonalaridagi tabiiy imkoniyatlardan etarli darajada 
foydalanilmayapti. 
Iqlimiy sharoit va resurslar faqat dehqonchilik yo’nalishlarini belgilash hamda 
rivojlantirishda emas, balki chorvachilik tarmoqlarini aniqlash va rivojlantirishda 
ham muhim omildir. Ma’lumki, O’zbekistonda chorva mollari tekislik, tog` oldi, past 
tog`li hududlarda kuz, qish va bahor fasllarida boqiladi. Bahor oxirlaridan kun isishi, 
yog`in-sochinning kamayib, efemerlarning qurishi oqibatida chorva mollari asta-
sekin tog` va baland tog` yaylovlariga haydaladi. Kuzgi sovuqlar boshlanishi bilan 
esa yana tekislikka haydab tushiladi. Bunda joyning ob-havo sharoiti (tungi sovuqlar, 
kuchli shamol, qattiq yomg`ir va ho’l qor yog`ishi va h.k.) hisobga olinmasa, chorva 
noqulay ob-havo sharoitiga tushib qoladi, mollarning shamollashi ko’payadi, ba’zida 
ularning qirilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun O’zbekiston iqlimini yaylov 
chorvachiligi uchun baholaganda quyidagi ko’rsatgichlarni e’tiborga olish lozim.
1. 
Noqulay iqlimiy holatlar (kuchli sovuqlar, ertangi kuzgi va kechki 
bahorgi sovuqlar, kuchli yomg`ir, do’l, ho’l qor yog`ishi, yaxmalak (yut), kuchli 
shamollar) va ularning chorva mollari sog`lig`iga ta’siri. 
2.Tuproq yuzasining qurish vaqti (bu yaylov o’simliklarining qurish vaqtini 
belgilaydi). 
3.Bahor va kuzda sutkali o’rtacha haroratning +5

dan o’tish vaqti (kuni). Chunki 
molni bahorda yaylovga haydash va kuzda yaylovdan pastga haydash shu vaqtdan 
boshlanadi. 
4.Yaylovning hosildorligi, hosil miqdori (quruq massa s/ga hisobida). Hosildorlik 
iqlimga bog`liq. 


123 

Download 209.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling