Mavzu: Kechki karam va ertangi pomidor I. Kirish II. Asosiy qism


Download 53.53 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi53.53 Kb.
#1578727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kechki karam va ertangi pomidor


Mavzu: Kechki karam va ertangi pomidor


I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1.Karamning kelib chiqishi va saqlash usullari
2.2.Kechki karam saqlanuvchanligiga tashqi omillar ta’siri
2.3. Ertangi pamidor va uning qishloq xo`jaligidagi ahamiyati
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining xosildorligini oshirish , kasalliklar va suvsizlikka chidamli , tez pishar navlarni yaratish , tuproq unumdorligini oshirish , zararkunandalarga qarshi kurashning ekologik toza usullarini yaratish , yangi turdagi qishloq xo‘jalik texnikasi va mehanizatsiyasi majmualarini yaratish hamda ularni ishlab chiqarishini tashkillashtirish respublikamiz ilmiy – texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Lekin fan va agrosanoat soxalarining bir – biri bilan zaif bog‘liqligi respublikamizda mavjud ilmiy – texnika saloxiyatni qishloq xo‘jaligi yanada rivojlantirishga to‘la safarbar etish imkoniyatini bermayapti. Ko‘p jihatdan mazkur xolat fan va ishlab chiqarish tizimlari orasida axborot almashinuvini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi , ayniqsa , fermerlarni, olimlarimizning so‘ngi ilmiy natijaliridan o‘z vaqtida xabar topmasligi , ya’ni respublikada intelektual mulk bozorining to‘la shakllanmaganligi sababli yuzaga kelmoqda .
Ushbu tavsiyalvrni ishlab chiqarishdan asosiy maqsad olimlarimizning qishloq ho‘jalik fanlari soxasidagi so‘ngi yutuqlari bilan fermerlarni tanishtirish , ular orasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda agrar sohada innovatsiya faoliyatini kengaytirish uchun zamin yaratishdan iborat.
Mamlakatimiz xalq xo‘jaligida agrar soha yetakchi tarmoqlardan bo‘lib Respublika yillik daromadining asosiy qismi shu soha hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shunday ekan, davlatimiz rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratib kelmoqda. Oliy Majlis sessiyalarining kun tartibida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish,qishloq aholisini turmush darajasini yaxshilash asosiy masala qilib qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti-to‘kin hayot manbai” risolalarida ta’kidlaganlaridek, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini va hosil sifatini oshirish uchun “agrokimyo, fiziologiya, genetika va seleksiya sohasida fundamental tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, jahon tajribalaridan foydalanish” lozim, deb ta’kidlagan edi.

Download 53.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling