Quyidagi holatllarda pomidorlarni kamroq iste’mol qilish yoki umuman cheklash kerak bo’ladi:
o’t pufagingizda tosh yig’ilgan bo’lsa;
agarda bunga moyilligingiz bo’lsa, qaynatilgan pomidorlar buyrakda tosh yig’ilishiga sabab bo’lishi mumkin;
oshqozon kislotasi yuqori bo’lsa;
oshqozon faoliyati buzilganda ulardan iste’mol qilish yaramaydi.
Pomidorlarni pishirish kerakmi yoki xomligicha iste’mol qilishmi?
Pishirilgan, qaynatilgan yoki qovurilgan pomidorlarda likopin moddasi xom pomidorga nisbatan ko’proq bo’lar ekan, juda qiziq. Bu antioksidant har xil kasalliklarni oldini olaadi, shuning uchun ham pomidorlarni taomlarga qo’shish maslahat beriladi.Pomidorli salatlardagi vitaminlar organizmga singishi uchun, ularga ozroq o’simlik yog’idan solishni unutmang.
Bir kunda nechta pomidor iste’mol qilish kerak
Shifokorlar bir hafta 20 donadan kam bo’lmagan pomidorlardan iste’mol qilishni tavsiya qilishadi (bir kunda taxminan 3 tadan) – Pomidorlarni iste’mol qilish sizga ta’qiqlanmagan bo’lsa, unda ulardan bir kunda 4 donagacha iste’mol qilsangiz ham bo’lsadi, chunki pomidorlarning koni foyda.
Pomidorlarni to’g’ri tanlashni bizlar aytib o’tgan edik. Shuning uchun ham qisqacha aytadigan bo’lsak, pomidorlarni tanlashda quyidagilarga ahamiyat qarating:
pomidor dumchasi oldidagi rangiga: agar ular yashil rangda bo’lsa, demak pomidor polizda pishmagan;
qattiqligiga: pomidor tarang bo’lishi, qattiq ham, yumshoq ham bo’lmasligi kerak;
hidiga: yangi pishgan pomidorga nitratlar qo’silmagan bo’lsa, juda xushbo’y isda bo’ladi;
butunligiga: yorilgan yoki shikaslangan pomidorlarda darrov zararli mikroblar ko’payadi.
Pomidorlarni sovugichda emas, balki xona haroratida saqlash tavsiya qilinadi. Bunda ular o’z ta’mi va foydali xususiyatlarini yo’qotmaydi. Xona haroratida pomidorlarni 4-5 kungacha saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |