Mavzu: Kechki karam va ertangi pomidor I. Kirish II. Asosiy qism


Kechki karam saqlanuvchanligiga tashqi omillar ta’siri


Download 53.53 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi53.53 Kb.
#1578727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kechki karam va ertangi pomidor

2.2. Kechki karam saqlanuvchanligiga tashqi omillar ta’siri.
Sabzavotchilikda ham qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari kabi mahsulot sifati va hosildorligi atrof muhit ekologiyasini yomonlashuvi, o‘g‘itlardan noto‘g‘ri foydalanish, sug‘orish suvidan ratsional foydalana bilmaslik taosirida pasayib bormoqda. Eng yomon tomoni shundaki mineral o‘g‘itlardan yuqori hosil olish umidida katta meoyorda foydalanish meva va sabzavotlarning sifati va saqlanuvchanlik hususiyatiga salbiy taosir etmoqdaki, oqibatda xalqimizni yil davomida sifatli meva va sabzavot mahsulotlari bilan tekis taominlash izdan chiqmoqda. Sabzavotlar ichida keng isteomol qilinadigani bu karam bo‘lib, respublikamiz sharoitida karamni yil davomida yangiligicha isteomol qilishimiz mumkin. Odatda bahorgi va yozgi karamlarni saqlab bo‘lmaydi va bular qisqa fursatda chiriy boshlaydi. Saqlash uchun biz asosan kuzgi karamdan foydalanamiz va bunda biz asosiy eotiborni karam naviga qaratamiz, chunki karam naviga tavsif berilganda uni saqlashga chidamliligi qay darajada ekanligi ko‘rsatiladi.
Saqlashga chidamsiz karamlar pishish davrida ko‘pincha yorilib ketadi va tovarlilik sifatini yo‘qotadi. Saqlashga chidamli karam boshlari pishish davrida yorilmaydi.
Ammo nav hususiyatidan tashqari tashqi muhit omillari ham karamni saqlanuvchanligiga kuchli taosir etishi mumkin. Bunday omillarga karamni o‘sish sharoiti, sug‘orish tizimi va uning davriyligi, solinayotgan mineral o‘g‘it meoyori va turlari, karamni hasharot va ksallik bilan zararlanishi va boshqalar.
Hech kimga sir emas, keyingi paytda sug‘orish usuliga beparvolik bilan qarash oqibatida, aksari maydonlarda tuproqlar suv eroziyasi taosiriga uchramoqdaki, bunday yerlarda tuproqning unumdor qismi suv bilan yuvilib, zovurlarga oqib tushishi natijasida uni unumdorligi pasayib ketmoqda.
Bunday yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun albatta yuqori meoyorda mineral o‘g‘itlar qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Yuqori meoyorda mineral o‘g‘itlar qo‘llash esa qishloq xo‘jalik mahsulotiga turlicha taosir etishi mumkin.
Karam mahsulotini uzoq muddat saqlashga ehtiyoj sezganimiz uchun biz solinayotgan mineral o‘g‘itlar meoyorini kechki karam saqlanuvchanligiga taosirini o‘rganish maqsadida dala tajribasi o‘tkazdik. Tajribamizda karamni quyidagi o‘g‘itlash meoyori va nisbati o‘rganildi:
Nazorat varianti – o‘g‘itsiz.
N180 R100 K50
N100 R100 K200
N220 R100 K200
Har to‘rt variantda ham karamni parvarishlash texnologiyasi bir xil bo‘lib, u xo‘jalikda qo‘llanilayotgan karam yetishtirish agrotexnikasidan farq qilmaydi.
Tajriba dalasida karamni o‘sishi kuzatib borildi. Hosil pishib yetilgandan keyin noyabr oyi ikkinchi yarmida saqlash uchun har bir variantdan 500 kg dan karam boshi saralab olindi va u to‘rt qator qilib terilib yaxshi shamollanadigan omborda joylandi. Sovuq kunlarda karam usti xashak bilan berkitildi.
Saqlashga qo‘yilgan karam aprel oyi birinchi o‘n kunligida olinib, sifati bo‘yicha saralab chiqildi. Sifat bo‘yicha saralangan karam alohida tortib, miqdori aniqlandi.
Jadvaldagi maolumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘g‘itlar meoyorining o‘zgarishi karam saqlanuvchanligiga turlicha taosir etar ekan. Saqlanayotgan azotli o‘g‘itlar meoyorini ortib borishi karamning saqlanuvchanlik hususiyatini pasaytirsa, aksincha qo‘llanilayotgan kaliy miqdorini ortib borishi uni saqlanuvchanligini oshirar ekan.
Tajribamizda saqlash muddati nihoyasida eng kam sifatli karam olingan variant, bu gektariga 180 kg azot, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti solingan variant bo‘lib, bunda sifatli karam miqdori 69,9 % tashkil etgan bo‘lsa, eng ko‘p sifatli karam olingan variant gektariga 100 kg azot, 100 kg fosfor va 200 kg kaliy solingan uchinchi variant bo‘lib, bu variantda sifatli karam miqdori 83,2% ni tashkil etdi.
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, solinayotgan azotli o‘g‘it meoyorini ortib borishi bilan, kaliy miqdori kam bo‘lsa, karam saqlanuvchanligi pasayib bormoqda. To‘rtinchi variantda eng yuqori miqdorda – 220 kg/ga azot solinganiga qaramay, solinayotgan kaliyli o‘g‘it miqdori 200 kg/ga ni tashkil etgani uchun, bu variantda saqlangan karamning sifatli qismi 79,4% ni tashkil etdi, yillik azot meoyori 180 kg/ga ni, fosfor 100 kg/ga ni va kaliy 50 kg/ga ni tashkil etgan ikkinchi variantda bu ko‘rsatkich 69,9 % ni tashkil etdi xolos.
Yukoridagi maolumotlar tahlili asosida quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin.
Kechki karam ostiga solinayotgan azotli o‘g‘it meoyorini ortishi garchi karam hosildorligini oshirsada, uni saqlanuvchanlik hususiyatiga salbiy taosir ko‘rsatadi.
Kechki karam ostiga solinayotgan kaliylili o‘g‘it miqdorini ortib borishi karamning saqlanuvchanlik hususiyatini yaxshilaydi.
Kechki karamdan sifatli va yaxshi saqlanuvchi karam hosili olish uchun gektariga 100 kg azot, 100 kg fosfor va 200 kg kaliy solishni tavsiya etamiz.
Ertangi karamni saqlash.
Ertagi karamni sovitgichli xonada -1 +10Sdagi haroratda og‘zi yopiq polietilen qoplarda 80 kungacha, kechki karamni esa sun’iy sovitiladigan omborxonalarda 0-30S da 4 oygacha (mart oxirlarigacha ) saqlash mumkin Qisqa muddatga saqladigan karam to‘plari tabiiy sharoitda chuqur yerto‘lalarda, binolarning soya-salqin joylarida uyum-uyum burtlar hosil qilib, ular ustiga barglari yopib qo‘yilib saqlanadi. Bunda iloji bo‘lsa -2; -30S harorat vujudga keltirilsa, karamni 2 oygacha saqlash mumkin.
Saqlash usullari.
Meva va sabzavotlar turli xil usullarda saqlanadi. Yangi meva-sabzavotlar, shuningdek urug’liklar va kartoshka saqlaydigan inshoot yoki binolar meva-sabzavot ombori deb yuritiladi. Ular muvaqqat va muvaqqat bo’ladi. Muvaqqat omborlarga uyum, handaq, o’ra va boshqalar kiradi. Muvaqqat omborlar bir qavatli to’g’ri burchak shaklida yer ustiga yoki yerdan chuqurroq (1,5-2 m) qilib, betondan yoki g’ishtdan quriladi.
Meva-sabzavot omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Tabiiy usulda shamollatiladigan omborlar.
2. Ventilyator yordamida tashqi havo bilan sovitiladigan omborlar.
3. Sun‘iy usulda sovitiladigan sovutgichlar.
4. Atmosferasi boshqarilib to’riladigan sovutgichlar.
5. Muzxona va muzli omborlar.
Meva va sabzavotlarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash, mahsulot yetishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xo’jalikning moddiy texnika imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli xilda bo’lishini talab qiladi.
Xo’jalikda yetishtirilgan mahsulotni saqlash usulini tanlashda muayyan saqlash usuli va texnologik rejimi albatta sinab ko’rilishi lozim. Bunda mahsulotni saqlash muddati ham hisobga olinishi kerak. Sabzavot va meva omborlarini ma‘lum texnologik rejimni boshqarib turiladigan va mexanizatsiyani keng joriy etish imkoniyati yaratilgan holda qurish mahsulotning sifatli saqlanishini va nobudgarchiligini kamaytirishni ta‘minlaydi.
O’zbekistonda ko’pgina mahsulotlar dala sharoitida saqlanadi. Keyingi yillarda esa xo’jaliklarda statsionar omborxonalar qurishga katta ahamiyat bermoqdalar.
4.1. Muvaqqat omborlar. O’zbekistonda muvaqqat omborlar-uyum va handaqlarda kartoshka va ildizmevalar (sabzi, sholg’om, turp va boshqalar) saqlanadi. Bunday omborlarda sabzavotlarni saqlash eng arzon, oddiy va hammabop usul bo’lib, qurilish jihozlari hamda materiallari talab qilmaydi. Shu bilan birga, muvaqqat omborlarda sabzavotlarni saqlashning bir qator kamchiliklari ham bor. Bunda barcha ishlarni amalga oshirish ob-havo sharoitiga bog’liq bo’lib, saqlanadigan mahsulotni nazorat qilish ancha qiyinlashadi. Shu sababli mahsulotlarning ancha ko’p qismi nobud bo’ladi.
Handaq va uyumlar saqlanadigan mahsulotni ishlatish maqsadiga ko’ra, ya‘ni oziq-ovqatga ishlatiladigan mahsulotlar aholi punktiga, urug’liklar esa ekiladigan dalaga, yem-xashak maqsadida foydalaniladiganlari esa fermaga yaqin joyga joylashtiriladi. Ularni joylashtirishda uchastkaniig relefi, shamolning yo’nalishi, yer osti suvlarining chuqurligi va tuproqning mexanik holati hisobga olinadi.
Uyum va handaqlar uchun quruq, balandroq tekis bo’lgan joy tanlanadi. Bunda yer osti suvlari uyum va handaq tagidan 1 metr dan ziyod chuqurlikda bo’lishi lozim. Tuproqning mexanik tarkibi qumoq bo’lgani ma‘qul. Uyum va handaq tayyorlaydigan joyning yuza qismida o’simlik qoldiqlari va boshqa organik qoldiqlar bo’lmasligi lozim. Agar o’tgan yilgi uyum va handaqlar joylashgan joylarda yana mahsulot saqlashga to’g’ri kelsa, u joylar tekislanib 1 m2 maydonga 500 g hisobidan so’ndirilmagan ohak bilan zararsizlantiriladi. So’ngra yer 30-35 sm chuqurlikda haydalib, donli ekinlar ekiladi. Ekin yig’ishtirilgandan so’ng bu joyga uyum va handaqlar ishlanadi.
Uyum va handaqlarning sig’imini aniqlashda mahsulotning hajm birligidagi massasini handaq va uyumning foydali hajmiga ko’paytirish lozim. Uyum va handaq tayyorlashda avtomashina yuradigan kenglikdagi yo’laklar qoldiriladi. Yo’laklar har juft uyum yoki handaqlar orasidan yoki ularning bosh qismida qoldiriladi.
Uyum va handaqlar kuz va bahor vaqtlarida quyosh nuri va qish vaqtida sovuq shamoldan kam ta‘sirlanishi uchun iloji boricha uzunasiga sharqdan g’arbga qarab joylashtiriladi.
Mahsulotning turi va tabiiy sharoitga qarab uyum va handaqning o’lchamlari turli xil bo’ladi. Ayniqsa, ularning ko’ndalang kesimi muhim ahamiyatga ega. Uyum va handaqlarning ko’ndalang kesimi ularniig sig’imini va mahsulot ajratib chiqargan issiqlikni tarqatish chegarasini belgilaydi.
Bizning zonamizda handaq va uyumlarning o’lchamlari g’arbiy va o’rta zonalarga qaraganda kichikroq bo’ladi.
Mahsulotni joylash oldidan albatta saralanadi, har bir uyum va handaqga mahsulotni bir kunda joylash kerak. Ayrim ildizmevalar sig’imi 20-25 kg li yashiklarga joylanib ham uyum va handaqlarga joylashtiriladi.
Ventilyatsiyani yaxshilash maqsadida uyum va handaq bo’ylab o’rtasidan 30X30 sm o’lchamda ko’ndalang ariqcha qazib, unga taxta panjaralar o’rnatiladi. Har 50-60 sm oralatib havo so’rish naylari o’rnatiladi.
Handaq va uyumlardagi mahsulotlar muzlamasligi uchun usti berkitiladi. Qishi sovuq zonalarda ularning usti qalinroq qilib yopiladi. Yomg’ir va qor suvlarini atrofga oqizish uchun handaq va uyumlarning atrofida sayoz ariqchalar qaziladi. Saqlash davrida uyum va handaqlar muntazam ravishda kuzatilib boriladi. Cho’kkanda va yoriqlar paydo bo’lganida darhol ochib nazorat ostiga olinishi lozim.
Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasini rivojlan-tirishda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborxonalar qurish muhim ahamiyatga ega.
Muvaqqat (statsionar) omborlar meva va sabzavotlarning turiga, rejalashtirilishiga, hajmiga, saqlash sistemasiga, mahsulotlarni joylashtirish va boshqa bir qator xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi. Muvaqqat omborxonalar meva va sabzavotlarning turiga qarab kartoshka, ildiz-meva, piyoz, karam va meva saqlashga moslashtirilgan bo’ladi. Bu mahsulotlarni saqlash sharoiti bir-biridan tafovut qiladi va ularni bir omborda saqlash tavsiya etilmaydi.
Muvaqqat omborxonalar sig’imi jihatidan kichik, o’rtacha va katta bo’ladi. Kichik omborxonalarning sig’imi 100-200 tonna, o’rtacha omborxonalarnini 10 ming tonnagacha, katta omborxonaniki 30 ming tonnagacha bo’ladi. Katta sig’imli omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo’ladi. Shu bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo’lgan xarajat ham kam bo’ladi.
Omborxonalarni rejalashtirishda ularga transportning kirib chiqishi va chuqurligini hisobga olish lozim. Hozirgi qurilayotgan barcha omborxonalar avtotransport bir tomonidan kirib ikkinchi tomonidan chiqib ketadigan qilib qurilgani ma‘qul.
Omborxonaning chuqurligini belgilashda yer osti suvlari hisobga olinadi. Bunda yer osti suvlari 2 metrdan past bo’lishi kerak. Bizning sharoitimizda asosan omborxonalar yarim chuqur yertula qilib quriladi.
Meva omborxonasi mahsulotni saralashda yorug’ bo’lishi uchun yer ustiga quriladi. Eng oddiy meva omborlari qatoriga oddiy yertula kiradi.
Oddiy yertula quruq yerdan chuqurligi 1 metr qilib qaziladi. Usti yopilib, yon tomonlariga taxta qoqiladi yoki g’isht teriladi. Ichiga devorlari bo’ylab so’kchaklar o’rnatiladi. Yertulaning uzunligiga qarab har 3,5 metr joyga bittadan yo’g’onligi 10x10 sm li ventilyatsiya naylari o’rnatiladi. Saralangan mevalar yashiklarga solingan yoki so’kchaklarga to’kilgan holda saqlanadi.
Ba‘zan yertulaning chuqurligi 1,5 metr, eni 4 metr, uzunligi saqlanadigan mevaning turiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Uning usti yopilib, devorlari g’ishtdan terib chiqiladi va ventilyatsiya naylari o’rnatiladi. Bu yerda ham mahsulotni yashikda va so’kchakda saqlash mumkin.
Yer ustida qurilgan omborlar bir qavatli g’ishtli imorat bo’lib, ularning devor va shiplari po’kak, qipiq, qamish va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar bilan qoplanadi. Omborlar shamollatib turish uchun maxsus quvurlar bilan jihozlanadi. Polni taxtadan qilib, ular orasida tirqishlar qoldiriladi. Bo’lmani pol orqali tashqi havo bilan shamollatib turish uchun qopqoqli tuynukchalar qilinadi. Omborxonalar ikki qavatli qilib ham quriladi. Bunda uning birinchi qavati yertula, ikkinchisi yer usti qavatidan iborat bo’ladi. Ularda yertula va yer usti omborxonalarining afzalliklari uyg’unlashtirilgan.
Omborxonalarda mahsulot saqlash uchun zarur muhitni ulardagi ventilyatsiya sistemasi orqali vujudga keltiriladi. Omborxonalarning ventilyatsiya sistemasi tabiiy va sun‘iy bo’ladi. Sun‘iy ventilyatsiya sistemasiga aktiv ventilyatsiya ham kiradi.
Tabiiy ventilyatsiyada havo issiqlik konventsiyasi qonuni bo’yicha harakat qiladi. Qizigan havo kengayib, siyraklashib yuqoriga ko’tariladi va o’z paytida sovuq, zich havo oqimi pastga tushadi. Omborxoda ichidagi havoning tashqaridagi havodan farqi havoning harakat tezligiga bog’liq. Tabiiy ventilyatsiyaning samaradorligini oshirish uchun sutkaniig qulay vaqtlarida omborxona shamollatiladi. Havoning sovuq paytlarida esa aksincha mahsulotni sovuq urmasligi uchun omborxonaning tuynuklari berkitib qo’yiladi.
Sun‘iy ventilyatsiyada asosan turli xil ventilyatorlardan foydalaniladi. Bunda mahsulotni saqlash rejimini ma‘lum darajada boshqarish imkoniyati tug’iladi. Omborxonalarga havoni haydash ventilyatorlarga ulangan havo haydash va havo so’rish naylari orqali amalga oshiriladi. Sun‘iy ventilyatsiya bilan jihozlangan omborxonalar ko’pincha katta hajmli bo’ladi.
Omborxonalarga havo yer osti kanallari orqali bab-baravar tarqatiladi. Bu yerda mahsulotlar yashiklarda, konteynerlarda hamda boshqa idishlarga solingan holda saqlanadi. Bunda mahsulotni shunday joylashtirish kerakki ventilyatorlarning havo so’rish quvvati joylangan barcha mahsulotlarni sovitish imkonini bersin. Shu bilan birga mahsulotlarni yuklash va tushirishni mexanizatsiyalashtirish imkoni bo’lishi lozim.
Aktiv ventilyatsiyada havo oqimi kuchli bo’lib, mahsulotning har bir donasini oralab o’tadi. Natijada saqlanadigan mahsulotning barcha nuqtalarida bir xil harorat, namlik va havo tarkibi bo’lishiga erishiladi. Bunda mahsulotni sovitish, isitish va quritish samaradorligi bir necha marta ortadi. Mahsulotning o’z-o’zidan qizib ketish va terlash jarayonlariga chek qo’yiladi.
Aktiv ventilyatsiya sharoitida barcha sabzavotlar, kartoshka va mevalar saqlanishi mumkin. Bizning sharoitimizda aktiv ventilyatsiyada sovuq havo berib turishni ko’zda tutish lozim. Sovuq havo olish uchun ko’pincha kompressorli sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi.
Aktiv ventilyatsiyali omborxona qurilganda albatta havoni sovitish qurilmasi bo’lishi lozim. Faqat shundagina omborxonalarda meva va sabzavotlarni saqlash uchun mo’‘tadil sharoit yaratish mumkin. Natijada mahsulotlarni saqlash samaradorligi oshadi, ularning sifatli saqlanishi ta‘minlanadi.
Sabzavotlarni saqlashga mo’ljallangan omborxonalar ko’p jihatdan bir-biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi qanday mahsulot saqlashga mo’ljallangani, rejalashtirilishi va o’lchamlari va sig’imi, hajmi, qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tizmasi, mahsulotni joylashtirish usullari va yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalashgan darajasi va nihoyat iqtisodiy ko’rsatkichlaridir.
Ma’lumki kartoshka, ildizmeva, karam, piyoz va mevalarni saqlashga moslashgan omborxonalar bo’lib, ularning saqlash yoki joylashtirish sharoitlari bir xil bo’lmagani uchun turli xildagi mahsulotlar odatda birgalikda saqlanmaydi. Masalan, kartoshkani karam bilan bir joyda saqlash mumkin emas, piyoz va sarimsoqni birga saqlashga yo’l qo’yiladi.
Universal omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo’ljallangan. Unda asosan idishlarga joylangan mahsulotlar, ba’zi sabzavotlarni birga saqlashga yo’l qo’yib bo’lmasligi hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. bunday omborxonalarda vaqtincha to’kib qo’yish va saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo’ladi (1-rasm).
Rejalashtirish xususiyatlaridan eng muhimi transport vositalarining kirishi va omborxona nechog’lik er ostida chuqur joylashgani darajasidir. Zamonaviy loyixalar asosida qurilgan omborxona-larda odatda avtotransport bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketishi, mahsulotlarni bevosita joylanadigan erigacha etkazish imkonini beradi. Bizning sharoitimizda kirish darvozalarini issiqlikka to’siq bo’ladigan qilib (termoizolyasiyali) qurish qiyinroqdir. Shu boisdan ayrim kichik omborxonalarda kirish darvozasi umuman qurilmaydi va mahsulot issiqlikka to’siq bo’ladigan tuynuklar orqali yuklanadi (Shirokov E., 1989).
Erto’la omborxonaning chuqur joylanishi birinchi galda sizot suvlar sathiga bog’liq. Sizot suvlari er to’la tubidan kamida 2 m chuqurlikda bo’lishi shart. Erto’la sifatidagi omborxona qancha chuqur joylashsa, saqlash harorati va namligi barqaror bo’ladi. Chuqur sabzavotxonalar qurishda katta hajmda er qazish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi, ularda transport uchun kirish yo’li ochish ham oson emas.
Hozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o’tkazmaydigan materiallar yaratilgan. Binobarin, er ustki xonalari Ularning devori va tomlarini ham issiqdan ishonchli saqlash mumkin. Ko’p hollarda bunday omborxonalar ikki qavatli bo’lib, birinchi qavati erto’la, ikkinchisi er ustki qavatidan iboratdir. Bunday omborxonalarda erto’la va er ustki omborxonalarining hamma afzalliklari uyg’unlashtirilgan.
Piyoz saqlovchi omborlar ham er ustiga joylashtiriladigan qilib loyihalashtiriladi, chunki bu toifadagi binolarda talab qilinadigan havoning past namlikda bo’lishini muhayyo etish osondir.
Omborxonalarni shamollatib turish tizimi. Texnologiya jihatidan qaraganda bu mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga keltiradigan muhim uskunalar tizimidir. Omborxonalarni shamollatish tizimini tabiiy va majburiy ventilyasiyalarga bo’lish mumkin. Faol ventilyasiyalash uning bir turidir (2-rasm).
Tabiiy shamollatishda issiqlik fizikasi qonunlariga binoan yuqoriga ko’tarilib, o’rniga sovuqroq va og’irroq havo pastda to’ladi.
Natijada havoning tortilish kuchi vujudga keladi. Havoning almashuvi nechog’li zo’raysa, omborxona ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda uncha katta bo’lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovitish samaradorligi ham sezilarli emas. Kunning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar orqali omborxonani shamollatishga to’g’ri keladi. Qishda esa, tashqaridagi harorat pasayib ketib, mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyasiya quvurlarining hamma to’siqlari yopilib, havo almashuvi to’xtatiladi.
Majburiy shamollatish. Bu holda ventilyatorlar vositasida sovuq havo omborxonaga haydaladi. Omborchi kiritilayotgan havoning miqdorini boshqarib turish imkoniga ega bo’lib, mahsulot saqlash tartibiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’rta va katta xajmli omborxonalar odatda majburiy shamollatish uchun uskunalar bilan jihozlanib quriladi, chunki katta hajmli omborxonalarni tabiiy shamollatish bilangina mahsulot saqlash tartibini to’g’ri idora qilib bo’lmaydi. Aksariyat xonaga havo haydash va havo tortish quvurlari vositasida majburiy ventilyasiya amalga oshiriladi.
Omborxonalardagi havo butun pol bo’yicha bab-baravar taqsimlangan yoriqchali erosti kanallari orqali tarqaladi. Majburiy ventilyasiyasiga ega bo’lgan omborxonalarda mahsulot idishlarga (qutilar, konteynerlarga) solingan holda taxlanadi. Shu tariqa havo mahsulotni yalab o’taveradi. Uncha katta hajmda bo’lmagan mahsulot taxlarining turli joylaridagi harorati, namligi havoning gaz tarkibida sezilarli darajada tafovut ro’y bermaydi. Bunday omborxonaning afzalligi idishlarda taxlab qo’yilgan mahsulotni samarali sovitish va yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalash imkonini beradi. Ammo, katta hajmda (g’aram-g’aram qilib) joylangan kartoshkaning qavatlari orasidan majburan havo o’tkazilmas ekan, yaxshi natija olib bo’lmasligi isbotlangan.
Faol shamollatish. Bu usulda havo butun mahsulot oralab, har bir donasini yalab o’tadi. Natijada mahsulotni tez sovitishga (isitish, quritish va hokazolarga), barcha nuqtalardagi taxlari uchun muayyan harorat, namlik va havo tarkibi bir xil bo’lishiga erishiladi. Faol shamollatishda mahsulotning o’z-o’zidan qizib ketishi va terlab qolish xavfi tug’ilmaydi. Ko’plab g’aramlarda saqlanayotgan mahsulotlarga havo bilan suvni tartibga soluvchi ekzogen moddalar yuborish mumkin bo’ladi. Faol ventilyasiyaning eng muhim afzalliklari sifatli sog’lom sabzavot saqlashda o’zini yaxshi ifodalaydi. Bunday omborlarda chetdan keltirilgan kartoshka saqlansa, haddan tashsari ko’p chiqitlar bo’lishi mumkin.
Shu boisdan issiq mintaqalarda faol ventilyasiyali omborxonalar qurilsa, albatta, sun’iy sovuq ham berib turilishni ko’zda tutish lozim. Sun’iy ravishda sovitish uchun odatda kompressorli sovitgich qurilmalari qo’llanilib, bunda sovitgich sifatida ammiak yoki ko’pincha freondan foydalaniladi.
Sig’imi kamida 100 tonnaga boradigan va muayyan haroratni tutib turadigan sovitgichning mahsulot saqlash qismi, tovar mahsulot ishlanadigan bo’limlar, mashina bo’limi hamda yordamchi binolardan iborat bo’ladi. Saqlash qismidagi xonalar (kameralar) radiator (quvur) yoki havo vositasida sovitiladigan bo’lishi mumkin. Birinchi holda xonalarga radiatorlar o’rnatilib, ulardan natriy xlorid yoki kalsiy xloridning sovitilgan eritmasi muntazam o’tib turadi. Bu usulning kamchiligi shundaki, harorat u qadar bir xil da rajada bo’lmaydi, ya’ni xonaning turli joylaridagy harorat 20S ga va undan ko’proqqa farq qilishi mumkin. Ventilyator vositasida xona (kamera) sovitilganda esa, unda mo’’tadil, bir xil sharoitda mahsulot tutish imkoniyati yaratiladi.
Sovitish sur’atlari odatda mintaqaviy iqlim sharoitiga, saqlanadigan mahsulotning xususiyatlariga, berilayotgan havoni taqsimlash tizimiga bog’liqdir. Ob-havo sharoitlari mamlakatning o’rta mintaqasidagi tahlilga ko’ra, sentabr-oktabr oylarida mahsulotni sovitish uchun tashqi havoning o’zi ham kifoya qiladi. Unda o’rtacha minimal tashqi harorat 5,8 va 0°S atrofida bo’lganida, sovitish samaradorligi oshadi. Eng shimoliy xududlarda esa sovitish uchun qulay sharoit yana ham barvaqtroq boshlanadi.
Bizning sharoitda havoni sun’iy ravishda sovitadigan stasionar qurilma o’rnatilgan faol ventilyasiyali omborxonadan foydalanish mumkin. Shuning uchun ham faol ventilyasiyali omborxona qurib olgan xo’jaliklarda yuborilayotgan havo sun’iy ravishda sovitilmasa, mahsulotni saqlash uchun muqobil sharoit yaratish ancha qiyinlashadi.
Sovitgichlardan foydalanish. Sovitgichlar uchun zarur haroratga etkazib tez sovitish asosiy qoidadir. Noz-ne’matlar tez sovitilsa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi, mahsulot saqlash muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. Buning uchun katta hajmli sovitgichlarda maxsulotni dastlab tez sovitib oladigan xonalari bo’ladi. Bu tartib qo’shimcha xarajatlarga olib kelganligi uchun hozirda mahsulotni doim saqlanadigan kameralarga to’g’ridan-to’g’ri joylash tobora odat tusiga kirib bormoqda.
Sabzavot va mevalarning’ ba’zi turlari ancha uzoq muddatda doimo sovitilgan holatda turishga muhtoj. Bu, ayniqsa, to’la etilmagan kartoshkaga taalluqlidir. Yig’ishtirish paytida yog’in-sochinda qolgan piyoz va sarimsoq piyozni saqlash joylari oldindan quritib olinishi kerak.
Kameralar qanday usulda sovitilishidan qat’i nazar, harorat va muhit namligi keskin o’zgarmasligiga hamda mahsulot terlamasligiga e’tibor berish lozim. Qatta hajmdagi kameralarga mahsulot joylashtirish 10-15 kun davom etadi. Har kuni kamera sig’imiga nisbatan taxminan 10 foiz miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovitilgan kameraga tashqaridan ko’plab iliq mahsulot kiritilsa, u erdagi meva va sabzavotnnng terlashiga yo’l qo’yilib, kasallik avj olishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shuni hisobga olib, tez sovitishga bardosh bera olmaydigan mahsulot turi va navlari avval kameraga to’liq joylanib, so’ngra sovitish tizimi ishga tushiriladi. Sovitish uskunalarining qudrati aynan shu turdagi mahsulotni sovitishga mos bo’lishi kerak. Sovitgich xonalaridan sabzavotlarni olib chiqish paytida, ular terlamasligi hamda xarorat tez o’zgarishi natijasida aynimasligi uchun, sovitilgan mahsulotni ham darxol issiq binoga ko’chirib bo’lmaydi, Shu sababli qishga saqlanayotgan sabzavot va mevalarni savdo do’konlariga yuborishdan oldin haroratning yarmicha past bo’ladigan oraliq kameralarda yoki yuk chiqarish yo’laklarida birmuncha ilitib olinishi lozim.
Sabzavot va mevalar sovitgichlarga, albatta idishlarda joylanadi. Hozirda qo’llab kelinayotgan idish turlari har xil bo’lib, transportlarda tashishda va uncha uzoq turmaydigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig’imli qutilar, o’rtacha xajmli qutilar, urinmaydigan mevalarni saqlash va transportda tashish uchun ishlatiladigan katta hajmli konteynerlardan iboratdir.
Sovitgichda bir xil tagligi bo’lgan idishlardan foydalanish kameralarga maxsulot joylash ishlarini soddalashtiradi. Andoza kattaligi 800?1200 mm keladigan ikki to’shamali tagliklar juda qulaydir. Taglik ustiga mahsulotlar qutilarda joylanib, blok paket hosil qilinadi. Katta sig’imli konteynerlar kartoshka, piyoz, sarimsoq, ildizmevalar karam va mevalarning ba’zi turlari uchun juda qulaydir. Konteynerlarning afzalligi ularning dalaning o’zidayoq yuklab, hech qaerda qayta ag’darmay bevosita saqlash joyiga etkazilishidadir. Faqat omborxonalardagina emas, balki dalada ham yuklash-tushirish mexanizmlari etarli bo’lsa katta tejamkorlikka erishish mumkin.
Paketlar ham, konteynerlar ham 3-5 qavat qilib bir-birining ustiga joylanadi. Bunda sun’iy sovitiladigan mavjud kameraning hajmidan samarali va oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ayni vaqtda mahsulotning holatini nazorat qilib borish, har bir paketni shamollatib turishga imkon tug’iladi. Mo’’tadil havoning erkin yurib turishi uchun har bir paketning atrofidan 5 sm joy qoldirilishi kerak. Maxsulot taxlari orasida ham shunday masofa bo’lishi lozim.
Sovitish kameralaridan mahsulot chiqarib yuklashda unda qolayotgan qismining terlashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Hamma mahsulot birdaniga olinsa, harorat asta-sekin ko’tarilib, saqlash kamerasining o’zida, qisman olinsa, kamera yo’laklarida ilitib olish kerak.
Sabzavot va mevalarni, omborlarga joylashda quyidagi usullar qo’llanadi:
Idishlarda joylash eng zamonaviy usul bo’lib, mahsulot yuklash-tushirishdagi barcha jarayonlarni to’liq mexanizasiyalashga imkon beradi. Kartoshka uchun ishlatiladigan, kattaligi 0,9?0,9?0,9 m o’lchamli va qariyb 450 kg sig’imli ombor konteynerlari keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda tagi 0,8?1,2 m kattalikdagi konteynerlar ham ishlatilmoqda. Undan tashqari hajmi 30 kgkeladigan qutilardan ham foydalanilayapti.
Idishlarga qo’yiladigan asosiy talablarga binoan, ularning hamma turlari namunaviy taglikka qulay joylashadigan va kamida 3,5-5 m balandlikdagi taxlar hosil qilishga imkon beradigan holatda mustahkam bo’lishi kerak.
Quti joylangan konteyner va tagliklarni tashish uchun ko’pincha akkumulyatorli elektr yuklagichlar qo’llaniladi. Elektr yuklagichlar erkin harakat qiladi va qo’l mehnatisiz omborxonani jadal sur’atlar bilan mahsulotga to’ldiradi.
Tabiiy ravishda shamollatiladigan omborlarda kartoshka va ildizmevalarni xirmonlab (uyumlab) joylash usulidan ko’p foydalaniladi. Bunday uyumlarning kattaligi 3?3-6?6 m va undan kattaroq bo’lib, hajmi 10-30 tonnaga boradi. U qadar baland bo’lmagan omborlarda esa 1,8-2 m qalinlikdagi uyum omborning 40-45 foizi hajmidan to’liq foydalanish imkonini beradi.
Sabzavotlar xirmonga quyidagicha tushiriladi. Savat, qop, qutilarga joylangan maxsulotli avtomashina omborxona yo’lagiga, ya’ni bevosita omborxonaga kiritiladi. Avtomashinadagi mahsulot uyumga to’kiladi. Shu bilan birga bu usulda aravachalar, taxta tarnovlar, tushirgichlar, qo’shma transportyorlar ham ishlatiladi. Avtomashina kirmaydigan omborlarda esa mahsulot yon devorlarga o’rnatilgan tuynuk va tarnovlar orqali tushiriladi. Kartoshka va ildizmevalarning tushish tezligini kamaytirish uchun brezentli to’siqlar va englar qo’llaniladi.
So’kchaklarga joylash. Karam, piyoz va boshqa sabzavotlarni yoyib joylash va shu tariqa ombor ichida etarlicha xavo almashib turishini hamda tabiiy ventilyasiya vositasida sovishini ta’minlash maqsadida so’kchaklar quriladi. Ularning oralig’idan. 0,7-0,8 m kenglikda yo’lak qoldiriladi. So’kchak yuzasining kengligi 1 m bo’ladi. Mahsulotning turiga qarab, so’kchaklar orasi 0,8-1 m bo’lishi ham mumkin. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday sharoitda maxsulot tushiradigan va yuklaydigan yuqori unumli mexanizmlardan foydalanib bo’lmaydi.
So’kchaklarga joylash ishlari qo’lda bajarishga mo’ljallangan bo’lib, faqat kichik hajmli omborxonalarda, hamda ishchi kuchi etarli xo’jaliklarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, so’kchaklarga joylashtirilganda omborxonaning umumiy foydalaniladigan hajmi 25-30 foizdan oshmaydi. Shu sababdan mahsulotning bu xildagi saqlash usuli hozir keng tarqalgan.
Karamni saqlash. Karam handaq yoki uyumda ham saqlanadi. Karam saqlanadigan handaqning chuqurligi 40-50 sm, eni esa 60-70 sm bo’ladi. Unga tozalangan karam 2-3 qator qilib teriladn va har qatori ustidan nam tuproq tashlanadi. Handaqning usti 30-40 sm tuproq bilan berkitiladi. Karamni chuqurligi 20 sm, eni 150-200 sm li uyumda ham saqlash mumkii. Karam qator terilib, har qator orasiga nam tuproq tashlanib, 80-100 sm gacha ko’tariladi va uning ustiga 30-40 sm tuproq tashlanadi. Bunday xandaqlarda karam xatto oddiy ombordagidan ko’ra yaxshiroq saqlanadi.



Download 53.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling