Mavzu: Kechki karam va ertangi pomidor I. Kirish II. Asosiy qism


Download 53.53 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi53.53 Kb.
#1578727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kechki karam va ertangi pomidor

II. Asosiy qism
2.1.Karamning kelib chiqishi va saqlash usullari
Karam (Brassica L.) – butguldoshlar oilasiga mansub bir, ikki va ko‘p yillik o‘simliklar turkumi, sabzavot va yem – xashak ekini Karamning Yevrosiyo va Shimoliy Afrikada 35 ga yaqin turi bor . Ko‘pgina turlari O‘rta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan . Bryukva, raps sholg‘om, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi . Bir turi –poliz karam (B. oleraceac) ning juda ko‘p turi ho‘jalik ahamyatga ega . Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh o‘raydigan oddiy ) karam, qizil karam, savoy karam, brusel karami, kolrabiy, gul karam,pekkin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon bo‘yicha oq boshli karamning umumiy ekin maydoni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 s/ga Yalpi xosili 48,8 mln.t (1999). Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi. Karam aksari ikki yillik o‘simlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili o‘zagidan gulpoya chiqarib urug‘laydi. Oq boshli K navlari vegetativ (o‘zagi. barg plastinkasi, to‘p bargi) va hosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik belgilari b-n bir-biridan farq qiladi. Tashqi o‘zagining bo‘yi 16—20 sm. to‘pbargining diametri 60—80 sm, bandining uzunligi bo‘yicha barglari bandsiz, 4 - 15 sm bandli barglari mayda — 25—40 sm, o‘rtacha — 40—50 sm va yirik —50 sm va undan yirik bo‘lishi mumkin.Barg to‘qimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining, rangi och-yashil. to‘q-yashil. kulrang-yashil. ko‘kish-yashil. yashil-binafsha, olachipor, ko‘k-yashil va qizil-binafsha tusda. Karam boshlari kattaligi va tig‘izligiga ko‘ra,, Mayda (0,5—1,5 kg), o‘rtacha (1,5-2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq vaznda bo‘ladi. Gullari sarg‘ish, yirik, shingillarga to‘plangan, mevasi qo‘zoq.
Urug‘i yumaloq, to‘q qo‘ng‘ir, Diametri 2 mm cha. karam sovuqqa chidamli, urug‘i 25° dan una boshlaydi. Ko‘kati — 5° sovuqqa, katta o‘simligi 8 qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli karam 11 — 18° haroratda bosh hosil qiladi. Harorat 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechikadi; sernam va yorug‘ joyda tez rivojlanadi.
Karam tarkibida qanatar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V1, V2, RR, K, YE) va karotin. pantoten va folat kislotalar, yog‘ fermentlar fitonsidlar, kaliy, kalsi, iod, marganets, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi. Tuzlanadi va konserva holida iste’mol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizimdan xolesterinning chiqib ketishni tezlatadi. Karamda keletchatka ko‘p. Karam navlari ertagi; O‘rtacha ertagi, o‘rtagi, o‘rtacha kechgi va kechgi guruhlarga bo‘linadi. Karam ko‘chati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fevral oxiri va mart boshlarida (60x60 sm 70x70 sm sxemada), o‘rtagisi aprel-may boshlarida, kechgisi iyun oxiri va iyul boshlarida (70x70 sm sxemada) ekiladi.
Xalqimiz ozuqa ratsionida karam muhim o‘rin tutadi. Karam bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida istemol qilinadi. Karam tarkibida S S, R, V1, V2, RR, K, YE vitaminlari, qandlar, kaliy, katsiy, yod, marganets, temir va boshqa elementlar bor. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlashtiradi. Karam ayniqsa, yurak xastaligiga chalingan bemorlar uchun o‘ta foydalidir.
Yer yuzida karamnnng 1200 turi mavjud bo‘lib, ko‘proq oqboshln karam, qizilbosh karam, savoy karami, bryussel karami, bargkaram, gulkaram kabi turlarn dunyo mamlakatlarida ekiladi. Gulkaram va bargkaram bir yillik o‘simlik bo‘lib, qolgan barcha turlari ikki yillik o‘simlikdir.
Karam bargida limonsimon organik kislota bo‘lib, u organizmga xushbo‘y ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning Vitamin S ga bo‘lgan kunlik talabni qondirish uchun 100—150 g karam iste’mol qilish kifoya. Yangi va tuzlangan karam ovqat hazmini yaxshilaydi, ichak funksiyasini kuchaytiradi. Karam bargidan tayyorlangan sharbat o‘t pufagi yallig‘lanishi, gastrit, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda samarali vositadir.
Xalq tibbiyotida karam uyqusizlnk, bosh og‘rng‘i va qalqon bezlarnning kattalashishiga qarshi qo‘llaniladn. Tuzlangan karam suvida vitamin ko‘p bo‘lgann uchun sog‘liqni mustahkamlashda ahamiyati yuqoridnr. Urug‘nni qaynatib suvidan podagra, bo‘g‘in og‘riganda, gijjakni haydashda foydalaniladi.
Oqboshli karam oqsil, qand, kletchatkaga boyligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, S, R, V1, V2, RR, K, YE vitaminlari hamda A va D provitamini bor. V vitaminlar guruhiga kiruvchi inozit askorbin kislotasiga o‘xshab aterosklerozning oldini olish qobiliyatiga ega. Sklerozga qarshi karamdagi xolin moddasi. baliq va go‘shtga nisbatan uch baravar ko‘p.
Gulkaram oziqaligi jihatidan eng qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Unda oqboshli karamga nisbatan quruq modda, mineral tuzlar, ayniqsa. fosfor, kaliy, kalsiy, temir, magniy moddatari ko‘p. Gulkaram S, V2, RR, vitaminlariga boy bo‘lib, inson organizmini zararli mutagen moddalardan himoya qiladi. Bu karamdan turli taomlar hamda konservalar tayyorlanadi.

Download 53.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling