Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet74/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

rasm. Budapesht – Vengriya poytaxti

Ruminiya, Albaniyaning energetika balan- sida GES ulushi yuqori.

Aholi daryo vodiylari, dengiz bo‘ylarida hamda yirik sanoat rayonlarida zich joylash- gan. Urbanizatsiya darajasi, Moldova, Bos- niya va Gersegovina hamda Sloveniyadan tashqari, 50 foizdan yuqori, ayrim davlat- larda esa 70 foizdan ham ortib ketadi. Le- kin o‘rtacha olganda, boshqa subregionlarga



nisbatan Sharqiy Yevropaning shaharlashuv darajasi biroz pastroq. Eng yirik shahar aglomeratsiyalari Moskva, Sankt-Peterburg, Praga, Kiyev, Budapesht negizida (14-rasm), Ukrainadagi Donetsk-Dneprbo‘yi va Pol- shadagi Sileziya sanoat rayonlarida, Rossiya hamda Bolgariyaning Qora dengizbo‘yi sohillarida shakllangan.

Sharqiy Yevropa davlatlarida oxirgi yillarda shakllangan demografik vaziyat inqirozli ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning o‘lim darajasidan pasayib ketganligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham Sharqiy Yev- ropadagi aksariyat mamlakatlar aholi soni tez sur’atlar bilan kamayib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Aholining milliy tarkibida slavyan xalqlari yetakchilik qiladi. Slavyan xalqlari guruhiga rus, ukrain, belar- us, polyak, bolgar, serb, xorvat, chex, slovak, bosniyalik, sloven, make- doniyalik, chernogoriyaliklar kiradi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bir-biri- dan ancha farq qiladi. Garchi bu yerdagi hamma mamlakatlar o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar safiga kiritilgan bo‘lsada, Sloveniya, Chexi- ya, Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Polsha kabi davlatlarning aksariyat iqtisodiy ko‘rsatkichlari Yevropadagi rivojlangan davlatlar pog‘onasiga yaqinlashgan bo‘lsa, Albaniya, Makedoniya, Moldovaning ijtimoiy-iqti- sodiy ko‘rsatkichlari birmuncha past bo‘lib, ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlarning darajasiga tortadi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarining xalqaro ixtisoslashuvi asosan ko‘p tarmoqli sanoat, jumladan, yoqilg‘i-energetika (Rossiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya), qora metallurgiya (Rossiya, Ukraina, Polsha, Serbiya, Cher- nogoriya), rangli metallurgiya (Serbiya, Chernogoriya, Albaniya), kimyo (Rossiya, Belarus, Ukraina, Polsha), mashinasozlik (Rossiya, Ukraina, Belarus, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Sloveniya), yengil sano- ati (Rossiya, Polsha, Chexiya), oziq-ovqat (Chexiya, Ukraina, Bolgari- ya, Serbiya, Ruminiya, Makedoniya, Moldova) ishlab chiqarishlari bilan belgilanadi. Ba’zi davlatlar dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining



eksporti bilan ham ajralib turadi (Vengriya, Polsha, Serbiya, Bolgariya). Ko‘p davlatlari uchun turizm sohasi ham muhim daromad manbayi hi- soblanadi. Iqtisodiyotning bu tarmog‘i, ayniqsa, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Sloveniya, Vengriya kabi davlatlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yevropa subregionlari, Shimoliy Yevropa, Skandinaviya davlatlari, Boltiq dav- latlari, G‘arbiy Yevropa, “mitti” davlatlar, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa,

Bolqon mamlakatlari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar.



  1. Yevropa mamlakatlari odatda nechta va qaysi subregionlarga bo‘linadi?

  2. Sharqiy Yevropa siyosiy xaritasida o‘tgan asrning oxirida qanday o‘zgarish- lar ro‘y berdi? Qaysi davlatlar mustaqillikka erishgach, fuqarolik urushlarni boshlaridan kechirdi?

  3. Daftaringizga Yevropa subregionlardagi davlatlarni orol, yarimorol, dengiz- bo‘yi va quruqlik ichkarisida joylashgan mamlakatlar guruhlariga ajratgan holda yozib oling.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling