Geografiya 5-sinf Mavzu: Havo harorat va Bosim Darsning maqsadi: ta'limiy
Download 47 Kb.
|
GEOGRAFIYA-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-guruh 2-guruh
O'tilgan darslarni mustahkamlash
O'qituvchi dars awalida aqliy hujum usuli orqali savollar berib, o'quvchilar bilimini aniqlaydi va ular diqqatini bir joyga jamlashga harakat qiladi. Savollar quyidagicha bo'lishi mumkin: Daryo deb nimaga aytiladi? Daryo manbai nima? Daryo mansabi nima? Daryo sistemasi nima? Daryo havzasi nima? Ko'l turlarini ayting? Muzliklar nima? Aysberg nima? Savol-javob o'tkazish jarayonida barcha o'quvchilar faoiligini oshirish maqsadida o'qituvchi qisqagina raqamli diktant olishi ham mumkin. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilarni ikki guruhga ajratadi va ular bilishlari lozim bo'lgan tushunchalar nomlarini ma'lum raqamlar bilan doskaga yozib qo'yadi: 1-guruh 2-guruh Daryo havzasi 10. Suvayirg'ich 9. Daryo vodiysi 8. Buloq 7. Ko'l 6. Qayir 5. Hovuz 4. Daryo sistemasi 3. Daryo o'zani 2. Daryo mansabi. 1. Shundan so'ng o'qituvchi javoblarni quyidagi tartibda o'quvchilar orasiga tashlaydi. Daryo vodiysidagi doim suv oqib turadigan chuqurlik. Yer osti suvlari yer yuziga chiqadigan joy. 3. Daryoning boshidan mansabigacha cho'zilgan suv oqadigan pastlik yer. Daryoga yer usti va yer osti suvlari kelib tushadigan maydon. Yer yuzasidagi suv bilan to'lgan atrofi berk tabiiy katta chuqurlik. Daryo havzalari o'rtasidagi chegara. Daryoning boshqa daryo, ko'l yoki dengizga quyiladigan joyi. Sun'iy suv havzasi. Daryo o'zani, barcha irmoqlari bilan birga. 10. Daryo vodiysining suv bosadigan qismi. O'quvchilar javob o'rniga raqamlarni belgilab borishadi. Barcha javoblar belgilangach o'qituvchi to'g'ri javobni aytadi. guruh - 9,4,3,1,2,5,10,7,8,6. guruh — 2,7,8,10,6,9,1,4,3,5. O'quvchilar yozilgan javoblardan o'z bilim darajalarini mustaqil ravishda belgilaydi. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling