Geografiya darslarida xarita va globus bilan ishlash
Yozuvsiz xaritalar bilan ishlar
Download 78 Kb.
|
Geografiya darslarida xarita va globus bilan ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Yozuvsiz xaritalar bilan ishlar. O‘quvchilar yozuvsiz xaritalar bilan darsda yangi material bayon etilayotganda bilimlar mustahkamlanayotganda va tekshirilayotganda, amaliy mashg‘ulotlarda va uyda uy vazifasini bajarayotganlarida ishlaydilar. Kursda o‘rganiladigan obektlarning bir qismi (mamlakatlarning chegaralari, qirg‘oq chiziqlari, daryolar va ko‘llar eng yirik shaharlar). Yozuvsiz xaritada belgilab qo‘yilgan bir qismi esa unda ko‘rsatilmagan. Belgilangan obektlarga qarab o‘quvchilar kerakli yozuv yoki shartli belgini to‘g‘ri topishi, uni aylantirib qalam bilan chizib chiqishi lozim. Masalan, dunyo okeani qit’alaridagi daryolar o‘rganilayotganda o‘quvchilar ko‘rsatilgan daryolarni yozuvsiz xaritadan topadilar, ularni belgilab chiqadilar va nomlarini yozib qo‘yadilar.
Yozuvsiz xaritalar ustida ishlashning ikkinchi turi- o‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar asosida har xil kartachizmalar tuzishidir. Masalan, iqlimi o‘rganilayotganda yozuvsiz xaritalarga izotermalar, shamollarning yo‘nalishi va boshqalar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi o‘rganilayotganda esa tabiat zonalarining chegaralari chizib qo‘yiladi. Yozuvsiz xarita bilan ishlash geografik obektlarning nomlarini va ularning xaritadagi geografik o‘rnini bolalar xotirasida mustahkamlash, shuningdek, geografik hodisalarni aniqlash uchun muhim vositadir. Yozuvsiz xarita bilan ishlash geografik nomlarni to‘g‘ri va to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Xaritadagi chegaralar qalam bilan: chegaralar qizil qalam bilan, dengiz va ko‘llar ko‘k qalam bilan chiziladi, shaharlarning punsonlari esa o‘ziga qolaveradi. Tog‘ tizmalari jigarrang yoki qora qalam bilan uzun-uzun chiziqlar shaklida, qirlar va yassi tog‘liklar esa berk yozuvsiz xaritalar shaklida chiziladi. Yozuvsiz xaritalarni bo‘yayotganda shartli belgilar va ranglar, odatda umumiy qabul qilingan shartli belgilarga va ranglarga o‘xshash bo‘lishi lozim. Globuslar, ularning ahamiyati va geografiya o‘qitishda globuslarda foydalanish. Globus-(lotincha-dumaloq) Yerning kichraytirilgan nusxasi, unda Yer yuzasi, materiklar va okeanlar, tog‘lar va tekisliklar shakli hatosiz, aniq va to‘g‘ri tasvirlanadi. Birinchi marta globus Beruniy tomonidan X – asrda, Bexaym tomonidan XY-asrda yasalgan. Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lmish globus kartografik qo‘llanma sifatida xaritaga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. Globusda ayrim punktlar o‘rtasidagi masofani chizishda xatoga yo‘l qo‘yilmaydi va maydonlarning bir-biriga nisbatan to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Uning miqyosi barcha yo‘nalishda doimiydir. Globusdagi barcha yozuvsiz xaritalar va shakllar Yer sharidagi xaqiqiy holatiga o‘xshaydi. Globus bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda to‘g‘ri hududiy tasavvurlar hosil qilishda va ko‘pgina mashqlar o‘tkazishda nihoyatda qimmatli o‘quv quroli hisoblanadi. O‘quvchilarda qutblar, ekvator, meridianlar va parallellar to‘g‘risida geografik kenglik va uzunlik haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish uchun bu tushunchalar bilan tanishtirishni globusdan boshlash va faqat shundan keyingina yarim sharlar xaritasi bilan ishlashga o‘tish kerak. Bunday holda globus ayniqsa qulaydir, bunday globusda bo‘r bilan gradus to‘rini chizib ko‘rsatish mumkin: “Yerning shakli va harakati”, “Yil fasllarining almashinishi”, mavzularini o‘tayotganda globus asosiy ko‘rsatmali o‘quv quroli hisoblanadi. Globusdan eng qisqa masofani o‘lchash uchun berilgan ikki manzil orasiga globus yuzasiga ip yoki millimetrlarga bo‘lingan qog‘oz qo‘yib, so‘ngra uni o‘lchash va globusning sonli miqyosi maxrajiga ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Materiklar va okeanlarni, katta dengizlar va orollarni, katta mamlakatlarni, katta – katta hududlarni o‘rganayotganda ham ularni dastlab globusdan, so‘ngra xaritadan ko‘rsatish foydalidir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra katta maydonlarga doir masalalar o‘rganilayotganda ham globusdan ko‘rsatish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y. 2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y 3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 2001 4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа mаtni). Tеrmiz, 2003 y 5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y 6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling