Geografiya darsliklari xarita va globus bilan ishlash


Download 76.5 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1381912
  1   2   3   4
Bog'liq
geografiya darsliklari xarita va globus bilan ishlash


GEOGRAFIYA DARSLIKLARI XARITA VA GLOBUS BILAN ISHLASH


REJA

  1. Geografik xaritalar va ularning turlari

  2. O‘quvchilarni kartani tushunishga o‘rgatish va xaritalar bilan ishlash usullari

  3. Darslik, atlasning maxsus xaritalari bilan ishlash va xaritalarni taqqoslash

  4. Globuslar, ularning ahamiyati va geografiya ta’limida globuslardan foydalanish

Geografik xaritalarda turli tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun ular juda xilma-xil bo‘ladi. Xaritalar geografiya fanining hamma sohalarining eng asosiy qismidir. Xartashunoslikda quyidagi tushunchalar uchraydi:


Tarx reja – joyning yirik miqyosda (5000 va undan kattaroq) tuzilgan chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi
Karta-Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli belgilar bilan tekislikka tushirilgan tavsiridir. Ular tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi. Ular orqali joyning tuzilishi, relefi, o‘simlik qoplami, ko‘llari, qishloqlar, jihozlar va korxonalarning joylanishi aniqlanadi.
Kosmosurat-Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik sxemalari yordamida olingan tasviridir. Ular fanning va xo‘jalikning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Har bir tarx, xarita va kosmo va aerosurat ma’lum miqyosda tuziladi.
Miqyos-bu xaritadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu chiziqqa mos keladigan xaqiqiy uzunlikka nisbatidir. U xaritadagi tasvir necha marta kichraytirilganini ko‘rsatadi. Masalan: xaritada daryoning uzunligi yoki xaqiqiy uzunligi 10 km yoki 1000000 sm. Demak, xaritaning miqyosi 1:1000000. miqyoslar soni, chiziqli va so‘zli bo‘ladi. Sonli miqyos kasrdan iborat, uning surati 1 ga teng, mahraji esa xaritada tasvir necha marta kichraytirilganini ko‘rsatadigan son bo‘ladi. Masalan, 1:1000 bu tasvirni ming marta kichraytirilganini ko‘rsatadi. Chiziqli miqyos-bu teng bo‘laklarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziqdir. Har bir bo‘lak qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo‘yiladi. So‘zli miqyos xaritadagi 1 sm masofa xaqiqatda qanchaga tengligini ko‘rsatadi. Masalan, 1 sm dan 10 kmgacha.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling