Geografiya fanlaridan


Kurs ishining mazmunini ochi


Download 164.5 Kb.
bet6/12
Sana23.11.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1795548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Лотин КУРС ИШИ ЁЗИШ

Kurs ishining mazmunini ochib berishga qaratilgan talablar
Kurs ishining asosiy qismlarini tartiblashtirish maqsadida ish rejasini bajarilish muddatlarini ko‘rsatib tuzish maqsadga muvofiqdir. Kurs ishining ish rejasiga quyidagi bosqichlarni kiritish mumkin:
1)mavzuni tanlash;
2)maxsus adabiyotlarni o‘rganish;
3)kurs ishi rejasini tuzish;
4)ilmiy rahbardan maslahat olish;
5)o‘rganish ob’ektini tanlash , kuzatish, tajribalar olib borish;
6)ishning birinchi (qoralama) variantini yozish;
7)ishni ilmiy rahbarga ko‘rsatish va uning maslahatlarini olish;
8)ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatish, ishni tahrir qilish va kafedraga kurs ishining tayyor variantini taqdim etish;
9)ma’ruzani tayyorlash va ishni himoya qilish.
Kurs ishi quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi:

  1. titul varag‘i; (1-ilova)

  2. mundarija (reja); (2-ilova)

v) kirish;

  1. asosiy qism (3-4 paragrafdan iborat bo‘lishi mumkin);

  2. xulosalar;

  3. foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; (3-ilova)

j) ilovalar (zarurat bo‘lsa).
Kurs ishining hajmi A4 (297x210 mm) formatdagi qog‘ozga kompyuterda terilgan 25-30 betdan iborat bo‘ladi. Betlar soniga ilovalar kiritilmaydi. Qog‘ozga matn 1,5 intervalda, harflar o‘lchami 14, Times New Romanning o‘zbekcha variantida qog‘oz chetlarida chapdan 30 mm, tepadan 20 mm, pastdan 20 mm va o‘ngdan 15 mm joy qoldirib teriladi.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida foydalanilgan barcha adabiy manbalarga iqtibos (ssilka) qilinishi shart.
Kurs ishlari mavzulari o‘quv yili boshida talabalarga taqsimlanib, ilmiy rahbarlar tayinlanadi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Kurs ishining alohida bandlariga qo‘yiladigan talablar
Reja (Mundarija)da kurs ishining barcha bandlari, ya’ni kirish, asosiy qism, bob va paragraflar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bet raqamlari bilan birgalikda keltiriladi.
Kirish qismining hajmi 3-4 betni tashkil qiladi. Unda tanlab olingan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi, vazifalari, nazariy va metodologik asoslari yoritib beriladi.
Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishining umumiy hajmining taxminan 75-80 %ini tashkil qilishi kerak. Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masaialari ko‘rib chiqiladi, statistik ma’lumotlaming mazmuni tahliliy natijalar asosida ochib beriladi, o‘rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishlari va qonuniyatlari aniqlanadi, ularga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rsatiladi hamda o‘rganilayotgan jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 3-4 bet atrofida bo‘lib, unda ilmiy tadqiqotning xulosa va takliflarini keltiradi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling