Boshqaruv tamoyillari va usullari


Download 36.85 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi36.85 Kb.
#1650124
  1   2
Bog'liq
Boshqaruv tamoyillari va usullari.


Boshqaruv tamoyillari va usullari.

Boshqaruvni tashkil qilish borasida muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va umuman, boshqaruv fanining fan sifatida shakllanishida Anri Fayolning (1841-1925 yy.) xizmatlari ham katta ahamiyatga ega. Anri Fayolnig o’zi juda ko’p yillar (taxminan 30 yildan ortiq davr mobaynida) Frantsiyadagi yirik tog’-kon va metallurgiya kompaniyasini boshqargan. U kompaniyani bankrotlik arafasida qabul qilib, o’zidan keyin eng yirik frantsuz kompaniyalarini qoldirdi. Ijodiy fikrlarning katta amaliy tajribalar bilan uyg’unlashib ketishi va tashkilotni boshqarish sohasida eksperimentlar olib borish imkoniyatlari boshqaruvga doir qarashlarning rivojlanishida sezilarli turtki bo’lgan.


U ilmiy ishlarida ko’targan masalalar mohiyatini ochishda o’zi ishlayotgan bitta kompaniya doirasida cheklanib qolmadi, aksincha o’z g’oyalarini boshqaruv obyekti bo’lgan ixtiyoriy tashkilotga targ’ib qildi.
Anri Fayolning boshqaruv fani oldidagi muhim hissasi – u birinchi bo’lib “boshqaruv” tushunchasiga quyidagicha aniq ta’rif bergan, ya’ni: Boshqarish – xo’jalik yurituvchi subyektda mavjud bo’lgan barcha resurslardan maksimal darajada foydalangan holda, xo’jalik yurituvchi subyektni maqsadlari sari yetaklashdir.
Ilmiy tadqiqotlar natijasida o’rganilgan maktablar tajribasi boshqaruv to’g’risidagi fanning asoslari shu tartibda yaratilganligini, boshqaruv nazariyasi va amaliyoti shu tartibda yuzaga kelganligini va rivojlanganligini ko’rsatadi. Ana shu yo’nalishning har birini mustaqil tarzda o’rganish va ularning ilmiy natijalarini alohida-alohida “boshqaruv maktabi” nomi bilan amaliy faoliyatga tadbiq etilsa natijalari ixtiyoriy olingan xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruvni eng samarali tarzda tashkil qilish uchun dastlabki asoslarni yaratadi.
Ana shunday ilmiy boshqaruv maktabining (1885-1920 yy.) yorqin namoyondalari sifatida Teylor, Frenk, Liliya Gilbertlar va Genri Gantlar tavsiyalarini o’rganish mumkin. Ushbu maktabning asosiy xizmati ular fanning nazariyasini yaratdilar, tamoyillarini asosladilar hamda birinchilardan bo’lib isbotladilar, ya’ni: boshqarish – mustaqil mutaxassislik, agar hozirga qadar bo’lganidek, ishlarni rejalashtirish va boshqarish bilan bu ishlarni bevosita bajaruvchilar emas, balki bu ishlarni professional darajada boshqarishni biladiganlar shug’ullansalar, natijada faqat xo’jalik yurituvchi subyekt yutadi1.
Davr nuqtai nazaridan kelib chiqishi bo’yicha ikkinchi sanalgan va klassik yoki ma’muriy boshqarish maktabi nomi bilan mashhur bo’lgan boshqarish maktabi (19201950 yy.) bevosita Anri Fayol, Angliyada boshqarish masalalari bo’yicha mashhur mutaxassis bo’lgan L.Urvik, Jeyms D.Muni (“Jeneral motors”) va boshqalarning xizmatlari bilan bog’liqdir. Bu maktabning izdoshlari boshqaruvning universal tamoyillarini yaratishga intildilar. Ular boshqaruv, xo’jalik yurituvchi subyekt tuzilmasi va xodimlarni boshqarish tizimini yaratdilar2.
«Neoklassik» maktab nomini olgan olimlar ishlari asosida samarali boshqarilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarning asosiy elementi sifatida inson omilini anglash yotadi. Uning yorqin namoyondalari – menejmentga boshqa odamlar yordamida ishlarni bajarish deb ta’rif bergan Meri Parker Follett va Elton Meyodir. Elton Meyo aniq ishlab chiqilgan ish jarayonlari va yaxshi ish haqi har doim ham mehnat unumdorligini oshishiga olib kelmasligini isbotlagan.
Ana shu maktabning asosiy nazariyasi mohiyati - inson munosabatlarini boshqarishning samarali usullaridan foydalanish hisoblanadi2.
Bixeviorizm maktabi (1950 yildan hozirgacha) namoyondalari Kris Andjeris, Rensis Laykert, Duglas Mak-Gregor va boshqalar asosiy e’tiborni ijtimoiy o’zaro hamkorlik, motivatsiya, avtoritet va hokimiyatning xarakteri, liderlik, kommunikatsiyalar, mehnatning mohiyati va sifatining turli aspektlariga qaratganlar.
Aynan mana shu maktab vakillari «bixevorizmning to’g’ri qo’llanilishi xo’jalik yurituvchi subyekt, xodim va umuman samaradorlik garovidir» deb hisoblaydilar3.
«Sonli yondashuv» maktabi nazariyasi mohiyati5

Sonli usullarga asoslangan maktab (1950 yildan hozirgacha) boshqarish jarayonlarini modellashtirishga asosiy e’tiborni qaratadi.
Model u yoki bu darajada vaziyatni tasavvur etish mumkin bo’lgan, vaziyatni og’zaki tasvirlashni matematik formulalar ko’rishishida ifodalanadigan qonuniyatlarga almashtirish imkonini beradi.
Modellashtirish - fanning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan yangi yo’nalishi paydo bo’lishiga olib keladi. Bularga jarayonlarni tadqiq etish, tizimli tahlil, chiziqli va sonli dasturlash, dinamik dasturlash, o’yinlar nazariyasi va boshqalar kiradi. Aynan mana shu modellashtirishning boshqaruvni tashkil qilishdagi ahamiyati hozirgi rivojlanish bosqichidagi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun o’ta muhimdir. Sabablari orasidagi eng asosiysi – bu bozor munosabatlarining tobora erkinlashuvi va raqobatning kuchayishi sharoitida aynan bir masalaga ko’p variantli yondashish zaruriyati, aniqrog’i turli xil qarorlar va alternativ qarorlar qabul qilish zaruriyatinig kelib chiqishidir. Ana shu ko’p variantlar orasidagi qarorlar orasidan eng samaralisini tanlab olish va uning ehtimollarini o’z hohishiga bo’ysindira olish uchun boshqaruvda modellashtirish imkoniyatini hozirgacha bironta usul bosa olganicha yo’q. Shuning uchun ham bu maktab vakillari tavsiyasinning amaliy ahamiyati katta deb hisoblaymiz.

Download 36.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling