Boshqaruv tamoyillari va usullari
Download 36.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqBoshqaruv tamoyillari va usullari.
«Jarayonli yondashuv» maktabi nazariyasi mohiyati4.
Bu maktab nazariyasi mohiyatiga ko’ra, boshqaruv - maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq uzluksiz harakatlar yig’imi sifatida qaraladi. Ana shu maktab vakillari «boshqaruv jarayonlarini tashkil etuvchi harakatlar boshqaruv funksiyalari deb atab» boshqaruv funksiyasiga asos solishadi5. Deyarli barcha mualliflarning asarlarida uchraydigan umumlashgan boshqaruv funksiyalarini ular birinchi marta quidagicha guruhlashgan: rejalashtirish; ishlarni tashkil etish;- motivatsiya; - nazorat. Bu asosiy boshqaruv funksiyalari kommunikatsiyalar va qarorlar qabul qilish kabi harakatlar orqali yagona boshqaruv jarayoni bilan bog’lanadi. Boshqaruvning mana shu maktab guruhiga kiritilgan rejalashtirish funksiyasi xo’jalik yurituvchi subyektlarning maqsadlari va ularga erishish yo’llarini aniqlashning asosiy yo’nalishlarini belgilab berishga xizmat qiladi. Rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi bo’lib kichik va o’rta biznes xo’jalik yurituvchi subyektlarining holatini, uning moliya sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish, marketing, ishlab chiqarish, ilmiy va tajriba – konstruktorlik ishlanmalari, kadrlar ta’minoti, asosiy resurslar bilan ta’minlanganligi hisoblanadi. Rejalashtirish jarayonida yakunlovchi harakat bo’lib qo’yilgan maqsadlarga erishishning aniq yo’llarini aniqlab olish hisoblanadi. U ishlarni asosiy bosqichlarini va texnologik ketma-ketliklarni, bajarilish muddatlarini, ko’zda tutilgan barcha ishlarning ijrochilarini, bu bosqichlarni ta’minlash resurslarini aniqlab olishni o’z ichiga oladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt samarali boshqarilishi, uning tarkibiga kiruvchi xodimlar va ajratilgan resurslar yordamida maqsadga erishishini ta’minlash uchun samarali tashkil etilgan bo’lishi lozim. Ishlarni tashkil qilish xo’jalik yurituvchi subyektlarning barcha tizimlarini tarkibiy tuzilishi jixatdan ko’rib chiqishdan boshlanadi: uning asosiy elementlarini ajratib ko’rsatish va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash lozim bo’ladi. Motivatsiya boshqaruv jarayonining asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Motivatsiya yordamida rejada ko’zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi va rahbar tomonidan xodimga berilgan vakolatlarning amalga oshirilishi ta’minlanadi. Boshqaruvni tashkil qilish borasidagi deyarlik barcha maktab vakillari qarashlarida, XVIII asrning oxirlaridan boshlab XX asrgacha, xodimlar uchun motivatsiya muammosi oddiy yechiladi deb sanalgan, ya’ni xodim qancha ko’p ishlasa, shuncha ko’p haq oladi. Lekin, motivatsiya muammosini keyinchalik o’rganishlar shuni ko’rsatdiki, iqtisodiy rag’batlantirish faqat xodimni o’z ishiga bo’lgan munosabatini aniqlaydigan motivlardan biri hisoblanadi. Aslida esa, motivatsiya ehtiyojlarning murakkab to’plamini hisobga olishi lozim va yaxshi ish sharoiti mavjud bo’lganda ushbu ehtiyojlarning qondirilishini ta’minlagan holda xodimlarni motivatsiyalash mumkin bo’ladi. Biznes – rejada belgilangan ishlarni bajarish jarayonida ichki yoki tashqi sharoitlarni jiddiy o’zgarishi ro’y berishi mumkin. Masalan, qonunchilik, bozor kon’yunkturasi o’zgarishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini keskin oshirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyalar paydo bo’lishi mumkin. Uzoqqa mo’ljallangan strategik maqsadlarni ko’zlaydigan kichik va o’rta biznes xo’jalik yurituvchi subyekti ro’y berayotgan o’zgarishlarni darhol payqaydigan teskari aloqaning samarali amal qiluvchi mexanizmiga ega bo’lishi lozim. Bu esa faqat nazorat orqali amalga oshirilishi mumkin. Nazorat - boshqaruv funksiyasi sifatida tashkilot tomonidan qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashni nazarda tutadi. Boshqaruv funksiyalarini samarali amalga oshirish uchun qaror qabul qilish va kommunikatsiyalar kabi bog’lovchi jarayonlar zarurdir. Barcha boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish chog’ida qarorlar qabul qilinadi, chunki rejalashtirish, tashkillashtirish, motivatsiya va nazorat qilish chog’ida boshqaruv qarorlarini qabul qilish zarur. Haqiqatan ham, tegishli qaror qabul qilmasdan yuqorida sanab o’tilgan boshqaruv funksiyalarining birortasini ham amalga oshirib bo’lmaydi. Qaror qabul qilish chog’ida rahbarning oldida ikkita masala turadi: qarorning mumkin bo’lgan variantlarini ishlab chiqish va ulardan yaxshisini tanlab olish. Bugungi kunda boshqaruv qarorlarini qabul qilish boshqaruv tizimini takomillashtirishning asosiy muammolaridan biridir. Axborotlar boshqaruv qarorlarini qabul qilish chog’ida muhim rol o’ynaydi. Boshqaruv axborotlari olinadigan yoki uzatiladigan jarayon kommunikatsiya deyiladi. Kommunikatsiya jarayonlarisiz, axborotni boshqaruv subyektidan boshqaruv obyektiga uzatishlarsiz va aksincha, uzatilayotgan axborotlar to’g’ri tushunilmasligi natijasida boshqaruv tizimining ishi samarali bo’lishi mumkin emas. Kommunikatsiyalar mavjud bo’lmasa, xoxlagan tashkilotda odamlar guruhini birlashtiruvchi umumiy maqsadlar haqida kelishib olish mumkin emas. Kommunikatsiyalarsiz rejalashtirish ham, tashkillashtirish ham, motivatsiya va nazorat ham bo’lishi mumkin emas. Agar faqat axborotlarni uzatishning texnik muammolari odatda, ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmasa, u holda uzatilayotgan boshqaruv axborotlarini taqdim etishning ancha tushunarli va samarali usulini tanlash, ko’pincha boshqaruv tizimini samaradorligini belgilab beradi. «Jarayonli yondashuv» maktabining kamchiliklaridan biri shuki, odatda ular o’z diqqatlarini faqat bir narsaga, tashkilot faoliyatining muhim aspektiga qaratganlar, xo’jalik yurituvchi subyektni to’liq, yagona tizim sifatida ko’rib chiqmaganlar. Haqiqatan ham, bir yoki undan ortiq qatnashchidan tashkil topgan xo’jalik yurituvchi subyekt bir tizimni, odatda yetarlicha murakkab tizimni tashkil qiladi. Tizimni bir butun deb tushunish uchun uning qismlari o’zaro bog’liqligi, agar bu qismlardan birortasida o’zgarish ro’y bersa, qolganlari ham butunlay o’zgarib ketishini anglash muhimdir. Masalan, xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha konveyerning ishdan chiqishi mahsulot yetkazib berishdagi uzilishlarga, eskirgan asbob-uskunalarni yangilash bo’yicha yangi muammolarga, yangi texnologik liniyalarni ishga tushirishga va boshqa oqibatlarga olib keladi. Mahsulot sifatining pasayishi xo’jalik yurituvchi subyektning bozordagi mavqei va foydaning pasayishiga, kreditorlar bilan muammolar kelib chiqishiga olib keladi. Boshqaruvdagi tizimli yondashuv rahbarga o’zi boshqarayotgan tashkilotga yangicha ko’z bilan – yagona organizm kabi qarash, tizim elementlaridan biriga nisbatan har qanday boshqaruvchilik ta’siri odatda, uning boshqa qismlariga ham ta’sir etishini tushunishga imkon berdi. Tizimli yondashuvning asosiy xizmati shundaki, u boshqaruv jarayonida tizimning alohida elementlari – mayda tizimlarni yagona tizimga, ya’ni tashkilotga birlashtiradi. Tizimli yondashuv nafaqat kichik va o’rta biznes xo’jalik yurituvchi subyektlarining mayda tizimlarini, balki tizim ichida mavjud bo’lgan murakkab bog’liqliklarni va ularni atrof-muhit bilan har tomonlama aloqalarini hisobga olgan holda butun xo’jalik yurituvchi subyektni boshqarish zarurligini anglashga imkon berdi. Boshqaruvdagi ayni paytda muhim deb e’tirof etilayotgan vaziyatli yondashuvga muvofiq, boshqaruv asosida boshqarilishi lozim bo’lgan vaziyat yotadi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish kerak bo’lgan vaziyatlar turli-tumandir, bunda rahbar o’z xo’jalik yurituvchi subyektida duch keladigan har bir vaziyat bo’yicha uni yechish yo’llarini topishi va samarali qaror qabul qilishi lozim. Boshqaruv jarayonida vujudga kelgan holatga vaziyatli yondashuvni to’rt qadamli jarayon ko’rinishida quyidagicha ifodalash mumkin: Rahbar professional boshqaruvning usul va texnologiyalari bilan tanish bo’lishilozim. U boshqaruv jarayoni, yakka va guruhli holatlar, tizimli tahlil, rejalashtirish va nazorat usullari, qarorlar qabul qilishdagi sonli usullar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Boshqaruv uslubiyoti o’zining kuchli va kuchsiz tomonlariga ega, qaror qabulqilishdagi turli vaziyatlarda ular har xil samara beradi. Vaziyatli tahlil qilishga kirishayotganda u yoki bu tavsiyalarga muvofiq, boshqaruvchilik ta’sirining bo’lishi mumkin bo’lgan natijalarini oldindan ko’rishi lozim. Vaziyatni to’g’ri tushunish va interpritatsiya qilish zarur, voqealarningrivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatuvchi omillarni to’g’ri aniqlay olish va ancha ta’sirchan omillarning almashishiga olib keluvchi o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish kerak. Tizimli yondashuvdan foydalangan holda qaror qabul qilinayotgan ma’lumvaziyatda eng kam salbiy natija beruvchi boshqarish yo’llarini topish va umuman birmuncha samarali usullar yordamida xo’jalik yurituvchi subyekt oldida turgan maqsadlarga erishishni ta’minlash zarur. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish boshqaruvning asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiya, nazoratni bog’lovchi muhim jarayon hisoblanadi. Aynan, har qanday xo’jalik yurituvchi subyektning rahbari tomonidan qabul qilinadigan qaror, nafaqat uning faoliyati samarasini belgilaydi, balki barqaror rivojlanish imkoniyatlari, tez o’zgarayotgan davrga ko’nika olish qobiliyatini ifodalaydi. Samarali qarorlar qabul qilish – xo’jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qarorlar qabul qilish jarayonlarining muhimligini insoniyat o’zining jamoa bo’lib faoliyat yurita boshlashi bilan bir vaqtda angladi. Shuning uchun boshqaruv nazariyasining paydo bo’lishi va rivojlanishidan keyin qarorlar qabul qilish nazariyasi paydo bo’ldi va rivojlandi. Boshqaruv to’g’risidagi zamonaviy fan bilan birga boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyasi zamonaviy tushunchadagi xo’jalik yurituvchi subyektlar paydo bo’lishidan keyin kelib chiqdi. Zamonaviy xo’jalik yurituvchi subyektlar eski tipdagilaridan nafaqat sonining ko’pligi, balki faoliyatining kengligi bilan ham farqlanadi. Bunday xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv qarorlarining roli ortadi. Zamonaviy xo’jalik yurituvchi subyektlarda eski tipdagilardan farqli ravishda oliy va o’rta bo’g’in rahbarlarining soni ko’pdir. Har bir rahbarning professional majburiyati o’ziga berilgan vakolatlar hajmiga muvofiq boshqaruv qarorlarini qabul qilish hisoblanadi. Hozirgi kunda samarali faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarda rahbarlik lavozimini egallash ana shu xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan tartib va kompetentlik bo’yicha amalga oshirilmoqda. Rahbarning kompetentligi, birinchi navbatda uning qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi va qabul qilgan qarorini amalga oshirilishini uddalay olishiga qarab belgilanadi. Shuningdek, ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarda hattoki rahbarlik lavozimiga ega bo’lmagan ko’p sonli mutaxassislarga berilgan vakolatlar bo’yicha ham xo’jalik yurituvchi subyekt uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilish mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan sabablar xo’jalik yurituvchi subyektlarni prinsipial xarakterda yangicha boshqarishning paydo bo’lishiga, boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyasi va amaliyotining izchillik bilan rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Yuqorida eslatib o’tilganidek, boshqaruv to’g’risidagi zamonaviy fanning, ayniqsa Teylor boshlab bergan ilmiy boshqaruv maktabi erishgan yutuqlarining asosiylaridan biri, birinchi bo’lib ishlarni rejalashtirishning boshqaruv funksiyalari va ishlab chiqarish jarayonlarining tahlili ishning o’zidan ajratildi. Bu boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni birinchilardan bo’lib mustaqil boshqaruv akti (bo’g’ini) sifatida qarala boshlanganligini bildirar edi. Bir vaqtlar Aleksandr Makedonskiy ham o’z armiyasida shtab tashkil qilib, chiziqli ofitserlarga yuklatilgan - bevosita jang olib borish funksiyasini, shtab ofitserlariga yuklatilgan – harbiy harakatlarni boshqarish funksiyasidan ajratganligi bizga tarixdan ma’lum. Lekin, boshqaruv qarorlarini qabul qilish funksiyasini mustaqil o’rganish, tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish predmeti boshqaruv to’g’risidagi zamonaviy fan paydo bo’lganidan keyin shakllandi. Bizga tarixdan ma’lumki, boshqaruv to’g’risidagi fan mustaqil ilmiy fan sifatida XX asrning boshlarida paydo bo’ldi. 1 2 3 Мескон М.Х., Альберт М., Хедоури Ф. Основы менеджмента. М.: Дело, 1998, стр. 55-79. 5 Мильнер Б.З. Теория организации. – М.: ИНФРА – М, 1998. 4 Мильнер Б.З. Теория организации. – М.: ИНФРА – М, 1998. 5 Мескон М.Х., Альберт М., Хедоури Ф. Основы менеджмента. М.: Дело, 1998, стр. 55-79. Download 36.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling