Mavzu: jurnalistika to‘rtinchi hokimiyat sifatida reja: kirish asosiy qism


Download 43.71 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi43.71 Kb.
#1471186
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kirish


MAVZU: JURNALISTIKA TO‘RTINCHI HOKIMIYAT SIFATIDA
REJA:
KIRISH

  1. ASOSIY QISM

    1. Ommaviy axborot vositalari – jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim elementi sifatida

    2. Siyosiy institutlar tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati

    3. «To‘rtinchi hokimiyat». O‘zbek jurnalistikasi va so‘z erkinligi haqida

    4. Zamonaviy jurnalistika muammolari: bugungi kun jurnalistiga talablar

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Ommaviy axborot vositalari bugungi kunda to‘rtinchi hokimiyat sifatida xalqning minbariga aylanib bormoqda. Xalq endilikda ommaviy axborot vositalari orqali o‘z fikrini emin-erkin ifoda etib, unga ishona boshladi. Shuning uchun ham so‘nggi paytlarda OAVga bo‘layotgan murojaatlarning soni keskin oshdi. Ommaviy axborot vositalarida jonli efirlar, real voqealar, masalaning ildizigacha borib o‘rganilgan hayotiy haqiqatlar aks etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni milliy madaniyatimiz namoyandalari, ijod ahli bilan uchrashuvi ommaviy axborot vositalari sohasida ham yangi bosqichni boshlab berdi.
Bu uchrashuvda adabiyot, san’at, kino, teatr, ommaviy axborot vositalari, umuman gumanitar sohadagi mavjud muammolar, biz ba’zan aytishga tortinib yuradigan og‘riqli muammolar, ijodkorlarning ichidagi dard-u orzulari to‘la to‘kis ochib tashlandi.
Prezidentimiz “Nima uchun madaniy hayotimizda tanqidiy ruh sezilmaydi? Sog‘lom tanqid, bahs va tortishuv bo‘lmagan joyda chinakam ijod bo‘lishi mumkinmi o‘zi?” degan savollar bilan ijodkorlarga murojaat etgan edi.
Darhaqiqat, baxs-munozara, oshkoralik, shaffoflik bo‘lmagan joyda hech qachon taraqqiyot, rivojlanish bo‘lmaydi. Zero, oshkoralik mavjud muammolar – poraxo‘rlik bo‘ladimi, korrupsiya bo‘ladimi, u yoki bu sohadagi turli tomonga og‘ib ketishlarmi, barchasiga haqqoniy va o‘z vaqtida yechim topadi.
Mazkur uchrashuv ma’lum ma’noda OAVni to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarishga asos bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a emas. Shundan keyin biz televideniye xodimlari ko‘rsatuvlarimizni iloji boricha o‘zimizdagi ichki senzurani, ichki hadikni yengib, xalq talab qilayotgan, zamonga hamnafas shaklda tayyorlashga harakat qilyapmiz. Shundan keyin nafaqat jurnalistlar, balki studiyamizga kelgan odamlar ham “men to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda haqiqatni aytish imkoniyatiga ega bo‘ldim” deb uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarini ochiq va oshkora aytishga imkon topdi. Buni ham to‘g‘ri ta’kidlash kerak. Chunki avvallari aytilgan gap, albatta, qaysidir ko‘rikdan o‘tkazilib, ichki senzuramiz orqali ko‘rib chiqilardi va oqibatda ba’zan tasmalarda qolib ketardi. Lekin endi odamlar o‘z fikrini, o‘zini qiynayotgan muammolarni, o‘z savollarini ko‘ndalang qo‘yish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda aytilgan so‘z – bu, otilgan o‘q hisoblanadi.
Bugungi shiddatli o‘zgarishlar davrida yolg‘on gapirish, muammolarni xaspo‘shlash, balandparvoz gaplar bilan go‘yoki muammolarni bezash, kimgadir yoqish maqsadida ko‘rsatuv tayyorlash yoki maqola yozish davlatimiz rahbari ko‘p ta’kidlaganidek kelajagimizga qilingan xiyonat bo‘ladi. Chunki muammolarni ochiq, oshkora aytib, uni yechsak, kelajak oldida ham yuzimiz yorug‘ bo‘ladi. Misol uchun, “Munosabat” ko‘rsatuvida o‘quvchilarni paxtaga olib chiqish, ko‘cha supurtirish, daraxt oqlash kabi majburiy mehnat bo‘yicha o‘nlab ko‘rsatuvlar tayyorladik. Bu ko‘rsatuvlar xalqni qiynab kelayotgan og‘riqli dard edi va bu narsalar mamlakat siyosati darajasiga ko‘tarilib, oxir-oqibatda bartaraf etildi.
Bundan tashqari, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari – test tizimidagi adolatsizliklar, bunkerlar, paravozlar haqida ko‘rsatuvlar qildik. Bu muayyan korrupsion elementlarning keskin qarshiligiga uchrasa-da, lekin xalqning e’tirofiga sazovor bo‘ldi va bu narsalar ham OAV xalqqa ko‘prik bo‘lib, xalqning dardini ma’lum ma’noda hukumat darajasiga yetkazishga erishdik. Mana shunday ochiq va oshkoralik bilan iste’dodli yoshlarni tanlab olmaslik, bu kelajakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilish bilan barobar, to‘g‘rimi?
Darhaqiqat, nega kitobxonlik, ma’naviyat, adabiyot, san’atga shunchalik katta e’tibor berilyapti? Axir insonning ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, na sanoatni, na ilm-fanni, na iqtisodni rivojlantirib bo‘ladi. Chunki bu sohalarni ko‘taradigan kimlar, albatta, ma’naviyati yuksak odamlar. Ma’naviy boy bo‘lsa, Vatanni sevadi. Ma’naviy boy bo‘lsa, o‘qishga kirayotganda poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaydi. Ma’naviy boy bo‘lsa, halol va fidoyi tadbirkor bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda kitob o‘qish, teatrga borish, kinoni, madaniyatni, ma’naviyatni rivojlantirish – bu hayotdagi birlamchi masala. Bizning oldimizda ham mana shunday ulug‘vor vazifalar turibdi.
Dunyoda korrupsiyaning eng katta kushandasi bu ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Mana shu yig‘ilishdan keyin biz ijodkorlar studiyamizda o‘tirib, endi bemalol, hech kimdan cho‘chimasdan, mas’uliyatni bo‘ynimizga olib, eng dolzarb vazifalarni ko‘tarib chiqa boshladik. Bu ko‘rsatuvlar jamiyat taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ta’sir qildi. Odamlarning dilidagi gapni aytish asli bizning burchimiz.
Har qanday jamiyatda OAVga to‘rtinchi hokimiyat maqomini bermaslikka intilish mamlakatda illatlarning avj olishiga muhit yaratadi. OAV bo‘g‘ilgan joyda illatlar avj oladi. Bugun biz shu soha vakili sifatida shu illatlarni bartaraf etmasak, ertaga farzandlarimiz, nabiralarimiz illatlar qurboni bo‘lish hech gap emas. Ilmsizlik rivojlanib, ma’naviyat yuksalmasa, bolaga Vatanni sev, deya olmaymiz. Shuning uchun har bir sohada adolat, oshkoralik va shaffoflikni qaror toptirish biz – OAV vakillari oldidagi eng katta, sharafli va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biridir.


Download 43.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling