Mavzu: jurnalistika to‘rtinchi hokimiyat sifatida reja: kirish asosiy qism
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi
Download 43.71 Kb.
|
Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. «To‘rtinchi hokimiyat». O‘zbek jurnalistikasi va so‘z erkinligi haqida
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E'lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishi, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Senzura, oddiy qilib aytganda, bu muayyan axborot berilishiga (nashr qilinishiga) to‘sqinlik qilish, unga nisbatan ta'qib va cheklov o‘rnatishdir. So‘z erkinligi fikr bildirish erkinligini har qanday cheklash demokratiyaga xilofdir. Va aksincha, senzuraning olib tashlanganligi jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari orqali istagan xabar, ma'lumot va materialni e'lon qilaveradi degan gap emas, albatta. Masalan, «Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to‘g`risida»gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositalari «Davlat sirlarini saqlash to‘g`risida»gi Qonun[1][16] bilan taqiqlangan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan davlat sirlari hisoblangan obyektlar ro‘yxatidan tashqari masalalar xususida erkin tarzda xabarlar e'lon qilishi mumkin. Qonunga binoan, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va o‘zga xil ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi (1-modda). Ommaviy axborot vositalaridan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, respublika hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da'vat qilish, davlat sirini oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa hatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunda yana bir muhim jihat borki, u ham bo‘lsa, jurnalist yoki ommaviy axborot vositasi prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e'lon qilishi, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yohud hukmi Qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini tahmin qilishi yoki sudga o‘zgacha yo‘l bilan ta'sir ko‘rsatishi taqiqlanadi. Mazkur taqiq fuqarolarning aybsizlik prezumsiyasi prinsipi buzilmasligi uchun belgilangandir. Zero, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan (gumon kilinayotgan) hech bir shaxsning ishi sudda ko‘rilib, uning aybi isbotlanmagunicha u aybdor hisoblanmaydi. Shu bois, sud qarori yoki hukmi chiqmaguncha jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari ish bo‘yicha oldindan xulosa chiqarishlari, shaxsning hatti-harakatlariga baho berishlari joiz emas. Aks holda, shaxsning sha'ni va obro‘si asossiz zavol topib qolishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari to‘g`risidagi qonun talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Muharrir yoki jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga to‘g`ri kelmaydigan materiallarni tarqatganligi uchun, agar ma'lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo‘lsa; axborot agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo‘lsa yoxud muallifning oldindan yozib olinmay, to‘g`ridan-to‘g`ri efirga berilayotgan nutqlarida aytilgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari «to‘rtinchi hokimiyat», deb ta'riflanadi. Bu «hokimiyat»ni ro‘yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o‘ynaydi. Jurnalistlik faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi «to‘rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam zamindir. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, uning so‘rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish mumkin emas. Jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo‘yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g`risida»gi Qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta'minlanadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. Davlat organlarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 1.3. «To‘rtinchi hokimiyat». O‘zbek jurnalistikasi va so‘z erkinligi haqida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida so‘z erkinligi yo‘qligi, xalqning ijtimoiy fikri jonli efirda berilmasligi, qaysidir mutasaddi shaxsning cheklashlariga ko‘ra intervyulardagi tanqidiy fikrlar kesib tashlanishi va belgilangan shablonlar ichidagina so‘z aytish mumkinligi butun dunyoga ma’lum edi. Bu muammoning borligi hech kimga sir ham bo‘lmay qolgan edi. Lekin ba’zi amaldorlar bu vaziyatni yaxshi bilishsa ham o‘zlarining siri ommaga fosh bo‘lishidan qo‘rqqani uchun jurnalistlarni va axborot agentliklarini qo‘rquvda ushlab turish ishlari bilan band edi. Ayrim xalqaro tashkilotlar aynan mana shu kamchiligimizdan O‘zbekistonni dunyo hamjamiyati ko‘z oldida obro‘sizlantirish kampaniyalarida foydalanishar edi. Bu voqealar hozirgi kunda ham uchrab turadi. Butun dunyoda yangiliklarni kim yoki qaysi axborot agentligi birinchi yoritgani juda muhim masala. Masalan, yaqin kunlargacha qamoqda begunoh yotgan insonlar endi ozodlik huzurini tortmoqda. Ularni jamiyatimizga integratsiyalash jarayoni davom etayapti. Bundan tashqari hali begunoh qamalib, azob chekayotgan yosh olimlarimiz va jurnalistlarimiz bor. Ular haqidagi tafsilotlarni O‘zbekiston axborot agentliklaridan oldin chet el axborot agentliklari berdi va har xil talqin qila boshlashdi. O‘zbekistonlik jurnalistlar uchun bu juda katta zarba edi. Aslida bunga o‘zimiz ham aybdormiz, jurnalistikaning shunday nozik taraflariga e’tiborsizlik qilib, voqealar tafsilotini aniqlashni va ommaga yetkazishni eplay olmay, yana birovdan xafa bo‘lamiz. O‘zimizda shuncha talantli jurnalistlar bo‘la turib, bizning ichki muammolarimizni boshqa davlat jurnalistlari o‘z o‘lchamlariga ko‘ra talqin qilib tursa kimga yoqardi. Chunki masalaning ichida turib tadqiq qilib ishlash bilan qandaydir noma’lum shaxsning O‘zbekistonda turib yozib yuborgan yoki telefon yo internet orqali bergan ma’lumoti asosida ishlash o‘rtasida juda katta tafovut bor. Download 43.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling