География, кимё, биология фанлари быйича фан ойликларини ытказиш юзасидан методик


Download 263.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi263.63 Kb.
#241384
Bog'liq
Tadbir ssenariysi 2021



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 

VAZIRLIGI HUZURIDAGI 

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 

 

 

 

 

 

ANIQ VA TABIIY FANLAR YO‘NALISHIDA INFORMATIKA 

VA MATEMATIKA FAN OYLIGI DOIRASIDA 

O‘TKAZILADIGAN 

“ROBOID SHOU ” TADBIRI  

SSENARIYSI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

TOSHKENT-2021 


 



Tuzuvchi:  



A.I.Abdullajonov  -  Xalq  ta’lim  vazirligi  huzuridagi  Respublika  ta’lim  markazi  informatika  va 

axborot texnologiyalari fani metodisti. 



 

INFORMATIKA VA MATEMATIKA FAN OYLIGI DOIRASIDA  

O‘TKAZILADIGAN “ROBOID SHOU ” TADBIRI 

SSENARIYSI 

 

Tadbirni O‘tkazishdan maqsad: 

  o‘quvchilarning  fanga  bo‘lgan  qiziqishlarini  kuchaytirish,  o‘quvchilarning 

fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; 

  o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, buyuk vatandosh allomalarga hurmat 

tuyg‘usini shakllantirish, milliy g‘urur ruhini tarbiyalash

  o‘quvchilardagi  mas’uliyat,  burch,  vatanparvarlik,  do‘stlik  hislarini 

tarbiyalash, fanlararo integratsiya o‘rnatish. 

Foydalaniladigan vositalar: 

 

Kompyuter, Hamster roboti; 



 

Tarqatma materiallar, crossword; 

 

Raqs, qo‘shiq, she’rlar. 



Ishtirokchilar: 

 



2 nafar jamoa guruhi. har biri guruh 6 ta o‘quvchidan iborat bo‘ladi; 

 



hay’at a’zolari; 

 



muhlislar. 

Tadbirning borishi: 

Boshlovchi: 

Assalom, ey, davramizning eng aziz mehmonlari! 

Assalom, ey, ilmi –fanning sohibu davronlari! 

Assalom, ey, aziz do‘stlar , ham fikrdosh O‘rtoqlar, 

Bellashuvga xush kelibsiz, barcha aziz mehmonlar!!! 

Prezidentimiz  tashabbuslari  bilan  taklif  etilgan  “5-muhim  tashabbus”ning 

uchinchi  yo‘nalishi  bo‘lgan  “Kompyuter  savodxonligi”  yuzasidan  o‘tkazadigan 

“ROBOID shou ” tadbir. 

“O‘zbekiston” nomli qo‘shig‘ini ijro etiladi. 

Tadbirda 2 jamoa bellashadilar. 

Demak, 2 maktab ishtirokchilarni hakamlar hay’ati stoli yoniga taklif qilamiz 

ikki  maktab  o‘quvchilar  qura  tortish  yo‘li  bilan  qaysi  guruhda  ishtirok  etishlarini 

aniqlab olamiz. 

1-guruh-5 tashabbus 

2-guruh-strategiya 

Bellashuvda 2 guruh hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan quyidagi 4 ta 

shart bo‘yicha bellashadilar. 

1-Shart. Buyuklarni yod etib.  

2-Shart. Roboid-Hamster.  

3-Shart. Krossvord yechish. 



 



4-Shart.Sardorlar baxsi. 



Shartlarni Baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. 

1-Shart. Buyuklarni yod etib. 

Ushbu shartda o‘quvchilar MS Word dasturi yordamida buyuk mutafakkir va 

shoir  Nizomiddin  Mir  Alisher  Navoiy  va  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  haqida 

ma’lumotlar yozadilar. Shartni bajarish uchun 8-daqiqa vaqt beriladi. 



2-Shart. Roboid-Hamster.  

Ushbu  shartda  o‘quvchilar  Scratch  dasturidan  foydalanib  Hamster  robotini 

belgilangan  marshurut  bo‘yicha  harakatlantirishadi.  Bunda  robodning  berilgan 

marshurut  bo‘yicha  to‘g‘ri  harakatlanishi  baholanadi.  Shartni  bajarish  uchun               

10-daqiqa vaqt beriladi. 

3-Shart. Krossvord yechish.  

Bu  shartda  guruhlarga  krossvord  taqdim  etiladi.  “5  tashabbus”  nomli  kalit 

so‘zli    va  “strategiya”  nomli  kalit  so‘zli.  Shartni  bajarish  uchun  5-daqiqa  vaqt 

beriladi. 



4-Shart.Sardorlar baxsi. 

Bu shartda har bir guruh sardorini shart bajarish uchun taklif qilamiz. Shart 

blits-so‘rov  shaklida  o‘tkaziladi.  Shartda  hakamlar  tomonidan  tayyorlangan  10  ta 

savol beriladi. Shartni bajarish uchun 3-daqiqa vaqt beriladi. 

Hakamlar hay’atidan umumiy ballarni e’lon qiladi. 

5 tashabbus guruhi “____” ball  

Strategiya guruhi   “_____” ball  

 

Ishtirokchilar  va  mehmonlarni  faxriy  yorliq  va  esdalik  sovg‘alari  bilan 



taqdirlanadi. 

 

BAHOLASH VARAQASI 

 

Shartlar 



5 tashabbus guruhi 

Strategiya guruhi 

1-shart. 

Buyuklarni yod etib. 

 

 

2-shart. 



Roboid-Hamster 

 

 



3-shart. 

Krossvord yechish 

 

 

4-shart. 



Sardorlar baxsi 

 

 



 

 

Download 263.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling