Geografiya maydonchasi


O‘quvchilarni xaritani tushunishga o‘rgatish


Download 69 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1404472
1   2   3   4
Bog'liq
GEOGRAFIYA MAYDONCHASI

O‘quvchilarni xaritani tushunishga o‘rgatish. Xarita yer yuzasining tekisligidagi umumiy juda kichraytirilgan tasviri bo‘lganligidan odatda bir vaqtning o‘zida ko‘rish mumkin bo‘lmaydigan juda katta hududni ko‘ra olishga imkon beradi. Xarita yer yuzasining boshqa tasvirlaridan farq qilib, xaritaga tushirilgan obektlar to‘g‘risida matematik jihatdan to‘g‘ri ma’lumotlar beradi.
O‘quvchilar xaritaning tuzilishini va uning voqealikni aks ettirishini to‘g‘ri tushunishlari uchun xaritada joyning tasvir etilishiga o‘quvchibalarni asta-sekin o‘rgata borish kerak. Maktabda geografiya o‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni xarita tuzilishini tushunishga o‘rgatishning eng to‘g‘ri yo‘li-maktab atrofidagi joyda oriyentirovka qilishdan reja olishga, rejadan esa xaritaga o‘tishdir, bu izchillik bilan bo‘lishi kerak. Dastavval bolalar rejani tushunishga tayyorlangan bo‘lishlari kerak. Buning uchun ular quyidagilarni izchillik bilan o‘zlashtirishlari lozim: joyda oriyentirovka qilish, joyda masofalarni o‘lchash va ularni masshtab asosida chizma chizish, chiziq yo‘nalishlar chizish. O‘quvchilarning reja bilan bevosita tanishishlari uch bosqichdan o‘tish lozim: dastlab kichikroq maydonning (sinfning, maktabning) chizma chizish, so‘ngra kattaroq maydonning ko‘z bilan chamalab rejasini olish va shu asosda topografik reja bilan ishlash.
Xarita boshqa ko‘rsatmali qurollar bilan shu bilan farq qiladiki, unda tabiiy va ijtimoiy hodisalar xaqiqiy ko‘rinishda emas, balki shartli belgilar asosida ko‘rsatiladi. Shu sababli xaritani to‘g‘ri tushunish uchun o‘quvchilarni obektlarning o‘zi bilan oldindan tanishtirish zarur.
Xarita o‘qishga o‘rgatish va xaritalar bilan ishlash usullari. O‘quvchilar xarita o‘qish ko‘nikmasini asta-sekin butun geografiya kursi davomida geografik materialni o‘rganish bilan parallel ravishda egallaydilar.
O‘qish jarayonida geografik bilimlar kengayadi va chuqurlashadi. Shu bilan birga xarita o‘qish ko‘nikmasi ham takomillasha borishi kerak. Maxsus tabiiy va iqtisodiy xaritalar umumiy geografik xaritalarga qaraganda o‘qish uchun murakkabroqdir. Shuning uchun bu sohada ham muayyan izchillik bo‘lishi zarur: dastlab o‘quvchilar umumiy geografik xaritalar bilan tanishishlari kerak, so‘ngra esa maxsus xaritalar bilan ishlashga o‘tishlari lozim.
Xarita o‘qish maxsus tabiiy va iqtisodiy xaritalardan (odatda darslik matnidagi xaritalar yoki atlas xaritalaridan) tobora ko‘proq foydalanish yo‘li bilan ham murakkablashtiriladi. Bu xaritalardan 5-sinf kursidan boshlab foydalaniladi, lekin yuqori sinflarda ularning roli osha boradi va bu xaritalar darslarda yangi material bayon etiladigan suhbatda asosiy qo‘llanma hisoblanadi.
Xarita o‘qiy olish ko‘nikmasi yetarli darajada taraqqiy etgandan keyin, suhbatni boshqacharoq o‘tkazish mumkin. O‘qituvchi har bir geografik obektni dengiz, tog‘ tizmasi, daryo va boshqalarni xaritaga qarab ta’riflash rejalarini beradi, o‘quvchilar bu rejalarni bilishi zarur. Darsda javob berish uchun chaqirilgan o‘quvchilar bu reja bo‘yicha devoriy xaritalar asosida ulardan o‘qiy olgan hamma narsasini hikoya qilib beradilar, boshqa o‘quvchilar esa o‘rinlarida turib qo‘shimchalar kiritadilar.


Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling