Geografiya tabiiy fanlar sultoni
Download 91 Kb.
|
Tadbir ssenariysi (@geoedu uz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endi navbatni “Geografik Marafon” o’yiniga beramiz. Marhamat!
8-o’quvchi: O’qiyman, sayyoram eh, buncha sirli,
Dunyoning ilmi ko’p – rang-barang, turli. Ustozlar o’giti yo’limda nurli, Eng qiziq fan do’stlar, geografiya bu. –––––––––––––––––––––––––––––––– Xarita ko’zimga ehtirosli nur, Yurtim tabiati jonimga huzur, Ishtiyoq qalbimda shiddatli va zo’r, Eng qiziq fan do’stlar, geografiya bu. –––––––––––––––––––––––––––––––– Olis o’lkalarga chorlar tuyg’ular, Kitobda ajoyib tilsimli ular, Ma’rifat Vatanning baxt-bog’i bo’lar, Eng qiziq fan do’stlar, geografiya bu. –––––––––––––––––––––––––––––––– Orzuim bu fanni dildan o’rganish, Jahonning ilmini mukammal bilish, She’rimda kuyladim, tuzdim qofiya, Eng qiziq fan do’stlar, GEOGRAFIYA. 1-boshlovchi: Yuqorida aytilgan she’rlarni tinglab, bu fan haqida juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldik. 2-boshlovchi: Endi navbatni “Geografik Marafon” o’yiniga beramiz. Marhamat! 1-boshlovchi: Mana yana bitta geografik o’yinimizni o’tkazib uning g’olibini ham aniqlab oldik. Ularni barcha tadbir ishtirokchilari nomidan tabriklaymiz. Tadbirimiz davom etadi va endi sizlarni kayfiyatingizni ko’tarish uchun davramizga 8A – sinfni 3 nafar iqtidorli o’quvchilarini taklif qilamiz. Marhamat! 2-boshlovchi: Keling endi O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda geografiya faniga qachon asos solinganligi, uning asoschisi kim ekanligi va qaysi buyuk allomalar bu fanning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganliklari haqida mehmonlar va tengdoshlarimizga so’zlab bersak, nima deysiz? 1-boshlovchi: Juda to’g’ri aytdingiz. Demak, O’rta Osiyo geografiya fani asoschisi buyuk olim Muhammad Al-Xorazmiy bo’lgan. U o’zining “Yerning sur’ati” asarida juda ko’p geografik ma’lumotlarni yozib qoldirgan. 2-boshlovchi: O’rta Osiyoda geografiya fani taraqqiyotini shartli ravishda 7 davrga bo’lib o’rganiladi. 1-boshlovchi: 1-davr: IX-X asrlarni o’z ichiga olib, “O’rta Osiyoda geografiya fanining tug’ilish davri” deb ataladi. Bu davr Al-Xorazmiy, Balxiy geografiya maktabi deb hisoblangan. Ularning zamondoshlari: Farg’oniy, Jayxoniy, Narshoxiy, Abu-Abdulloh Xorazmiylarning qilgan ishlari o’z davrining asosiy yo’nalishi bo’lgan 2-boshlovchi: 2-davr: X-XIII asrgacha davom etib, Beruniy geografiya maktabi hisoblangan. Beruniy ta’sirida Ibn Sino, Nosir Xisrov, Qoshg’ariy, Gardeziy va boshqalarning fanga qo’shgan hissalari kattadir. 1-boshlovchi: 3-davr: Bu davr butun XV asrni o’z ichiga oladi va bu davr Samarqand-Hirot geografiya maktabi hisoblanadi. Bu davrda Mirzo Ulug’bek va uning zamondoshlari: G’iyosiddin Naqqosh, Ali Qushchi, Zamaxshariy, Abdurazzoq Samarqandiy kabi bir qator allomalar o’z asarlarida joyning geografik o’rni, xarita-sxemasini, tabiati va aholisini, Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida harakati tufayli fasllarning va kecha-kunduzning almashinishi, dengiz va okean suvlarining qalqishi, iqlimning kenglik bo’yicha o’zgarishini isbotlab berdilar. 2-boshlovchi: 4-davr: XVI asrning boshi va o’rtalariga to’g’ri kelib, Husayn Kubroviy geografiya maktabi deb atalgan. Bu davrda Zahiriddin Mirzo Bobur, Muhammad Haydar Mirzo va ularning zamondoshlari xususan tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar. 1-boshlovchi: 5-davr: Bu davr Balx geografiya maktabi hisoblanib, XVI-XVII asrlarda yashab, ijod etgan Sulton Balxiy, Said Muhammad Tohir, Maxtumquli, Abdulg’ozixon, Gulbadanbegim, G’ijduvoniy, O’tamish Hojilar fanni rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar. 2-boshlovchi: 6-davr: XVIII asr oxiri va XX asrning boshlarini o’z ichiga olib, bu davrda yuz bergan sayohatlar, yozilgan sayohatnomalarni 2 bosqichga bo’lib o’rganiladi. 1-bosqich: XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmini o’z ichiga oladi. 2-bosqich: XIX asrning 70-yillari va XX asrning boshlarida ba’zi sayohatlar va geografik asarlar davri hisoblanadi. 1-boshlovchi: 7-davr: Bu davr O’rta Osiyoda Sovet hokimiyati o’rnatilgandan keyingi davr bo’lib, ham mazmuni, ham maqsadi, ham shakli jihatdan yangicha bo’lgan geografik faoliyat davri bo’lib hisoblanadi. 2-boshlovchi: Mana, sizlar O’rta Osiyolik allomalarning ishlarini davrlar bo’yicha bilib oldingiz. Biz ana shunday buyuk allomalar yurtida yashayotganligimiz bilan faxrlanishimiz, ularning boy tarixiy meroslarini chuqur o’rganishimiz kerak. 1-boshlovchi: Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling