Geografiya ta’limi vositalari reja


Geografiyaga xos bo‘lgan xarita bilan ishlash uslubi


Download 68 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1413691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
32.geografiya ta\'limi vositalari

Geografiyaga xos bo‘lgan xarita bilan ishlash uslubi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Masalan, a) xarita bo‘ylab sayohat, b) yozuvsiz xaritaga geografik obektlarni tushirish, v) xaritalarni solishtirish va h.k. Ba’zi geografiyani o‘qitish usullarni bir necha uslub tarkibiga ham kiritish mumkin. Demak, uslub usulga, usul esa o‘z navbatida uslubga aylanishi mumkin. Usullar turlicha bo‘lishi mumkin.
Ayrim hollarda bir usul bir necha xil uslub tarkibida ishtirok etishi mumkin. Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, xarita bilan ishlash uslublarida ishtirok etishi mumkin. Demak, uslub bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor.
Ta’lim usullarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovvut qiladigan jihatlarni chuqurroq anglab olishda hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. ta’lim usullari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng tarqalgan:
I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra:
1) og‘zaki – bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza)
2) suhbat
3) kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash
4) ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash
5) kuzatish va tajribalar
6) raqamli materiallar bilan ishlash
7) darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash
8) amaliy usullar.

II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra:


1) yangi materialni o‘rganish
2) bilimlarni mustahkamlash
3) bilim, ko‘nikma, malakalarni tekshirish usullari.
IY. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha (I.Y. Lerner va M.Y.Skatnin bo‘yicha):
1) izohli-ko‘rgazmali usul
2) reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash usuli
3) muammoli bayon
4) qisman izlanuvchan usul
5) tadqiqot usuli.

Didaktik S.G. Shapovalenko usullari tasnifi asosida geografiya ta’limi usullarini 3 ta guruhga ajratish mumkin:



  1. Og‘zaki usullar

  2. Ko‘rgazmali usullar

  3. Amaliy usullar.

Yuqoridagi barcha usullarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim olish usullari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash usullari”ga ajratish mumkin. Har bir ta’lim usuli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi.
Ko‘pchilik pedagoglar ta’limida faol va sust usullarni ham ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas, chunki barcha usullar ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni qay darajada bajara olish qobiliyati va hokazolarga bog‘liq. Ayrim usullar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, ba’zilari xis-hayajonni rivojlantiradi.
Har bir usul ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Masalan, hikoya va ma’ruza usullarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, qachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa.
Savol-javob usuli bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur bilimlar bo‘lishini taqozo etadi yoki muammoli hamda tadqiqot usullarini qo‘llash uni uyushtirish uchun ko‘p vaqt va o‘qituvchilardan kuchli bilim talab etadi. Biror usulni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi e’tiborga olinishi kerak.
Ta’lim usullari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir. Bir yoki bir necha usulni afzal bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondoshish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim usullari tizimi ta’minlaydi. Usullardan har birining afzallilklari namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sharoitlarni bilish kerak. Ana shunday har tomonlama yondoshishni ishlab chiqish eng istiqbolli yondoshishdir.
Ta’lim usullarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi ruhiy-pedagogik, uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo‘ladi. Huddi ana shu omillar ta’lim uslublari samaradorligini belgilaydi. Muayyan usul yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida shu usulning o‘zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. Shu sababli ta’lim usullari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Usullarni noto‘g‘ri tanlash o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni sust egallashiga sabab bo‘ladi.
Geografiya ta’limida xaritalarni, rasmlarni tanlashda izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarning sust o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, VII sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o‘quvchilar “Ekvatorial o‘rmon”, “Savanna”, “Saxro” kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat mujassamalarining tasvirini (ko‘rinishi) o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirishi, keyin esa uni xaritadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy-hududiy mujassamalar turli – tumanligi haqida o‘quvchilar zarur bilimga ega bo‘ladilar.
Usul tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq:

  1. Usul mavzuning mazmuniga to‘g‘ri kelishi kerak;

  2. O‘quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olish;

  3. Geografik bilimlarning xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

A) geografik voqea va hodisalarni tashqi ko‘rinish haqidagi bilimlar;
B) geografik voqea va hodisalarning fazoda joylanishi haqidagi bilimlar;
S) geografik voqea va hodisalarni xossalari to‘g‘risidagi bilimlar;
D) geografik jarayonlar haqidagi bilimlar;
YE) geografik voqealikning tuzilishi haqidagi bilimlar;
J) geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar. Bu bilimlarning har biri alohida o‘qitish usullarini qo‘llashni talab qiladi.
4. Qo‘llaniladigan usullar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
A) usul tarbiyaviy bilishi kerak, ya’ni o‘quvchilarning rivojlanishiga, qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatish kerak;
B) usul ilmiy bo‘lishi kerak, usul ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi;
S) usul ommabop bo‘lishi kerak;
D) usul samarador bo‘lishi kerak, ya’ni o‘quv materialini mustahkam egallashga qaratilgan bo‘lishi kerak;
YE) ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam o‘rganish kerak.
Mamlakatimiz o’z mustaqilligiga erishgach respublika xo’jaligining barcha sohalarida bo’lganidek ta’limda ham tub islohotlar davri boshlandi.
1992-yilda ilk bor O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonuni qabul qilindi.Uning 3-moddasida “Ta’lim dasturlari”ni tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligi ta’kidlangan.Bu qonunga asosan mamlakatimizda geografiya ta’limida ham tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Yangi mazmundagi o’quv dasturlari va rejalari ishlab chiqildi.Dasturlar asosida darsliklar, o’quv qo’llanmalari, metodik adabiyotlari yaratishga kiritildi .SSSR tabiiy va iqtisodiy geografiyani mukammal o’rganish o’rniga o’z respublikalarini, shu sohadagi geografiyalarini atroflicha o’rganishga e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasalarini ilmiy maktab uchun zarur bo’lgan didaktik vositalar bilan ta’minlashga, o’quv muassasalarini attestatsiya va akreditatsiya o’tkazish tizimi kiritildi va amalgam oshirldi. Asta-sekin milliy ta’lim tizimi shakllana boshladi. Metodik olim P.Musayev rahbarligida geografiya o’qitishga oid milliy ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.Milliy maktablarda geografiya o’qitish mazmunan va deyarli o’zgardi.Xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasi bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yildi. Ulardan ilg’or pedagogik texnologiya tanqidiy nuqtai nazarda ko’rib chiqildi.
Mamlakatimizda tashkil qilingan “Ustoz” jamg’armasi orqali ko’pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo’lib ularning tajribalarini o’rganib qaytdilar va hokazo. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o’ziga xos milliy ta’lim tizimi shakllanib, uning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi. Mamlakatimizda yangi turdagi o’quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta’lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. O’quvchilarni tabaqalab o’qitish joriy etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq hodimlarini tayyorlashga da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimining yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi.
Endilikda mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq maqsad, mazmun, vazifalar, boshqarish, tashkil etish va xalqimizning milliy-madaniy an’analariga xos keladigan tamoman yangicha “Ta’limiy xizmat”ni shakllantirishga kirishildi.Bunday ta’limiy xizmatning metodologik negizini prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Jamiyat mafkurasi xalqni xalq,millatni millat qilishga xizmat qilsin” degan g’oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa har bir shaxsning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, takomillashtirishi orqali jamiyatning quyidagi ta’limiga bo’lgan ehtiyojini qondirish tashkil qilindi. Ana shunday konsepsual g’oyalar asosida faoliyat ko’rsatuvchi maktabni,shaxs va jamiyatni rivojlantirishga, ta’limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini e’tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexonizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta’limida ham tayanch o’quv tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta’limiga bo’lgan ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati mayli o’rtasidagi tafovutni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi g’oya va fikrlar hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va tuzilishi quyidagi tizimda barpo etildi
Umumta’lim maktablarida:
5-sinf “Tabiiyot” (1999-2000yil o’quv yilidan boshlab boshlang’ich tabiiy geografiyasi);
6- sinf “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”;
7-sinf “Turkiston tabiiy geografiyasi ” (I yarmida); “O’zbekiston tabiiy geografiyasi” (II yarmida)
8-sinf “O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi”
9- sinf “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”
Akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarda;

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling