Geografiya ta’limi vositalari reja


I kurs. Amaliy geografiya


Download 68 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1413691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
32.geografiya ta\'limi vositalari

I kurs. Amaliy geografiya.
Kollejlarda iqtisodiy geografiya o`qitish tarzida belgilanadi. Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi mazmuni va maqsadi o’zgarish munosabati bilan dastlabki yillarda geografiya o’qituvchilari talaygina qiyinchiliklarga uchrashdi. Bular avvalo o’quv qo’llanmalari va vositalarining yetishmasligi bilim berishda faqat o’qituvchilarning yetakchilik qilishi, o’quvchilarning faqat ishtiroki bo’lishi hukm surdi. Aksariyat o’quvchilrning egallagan bilimlarini amalda qo’llay olmasliklari ma’lum bo’ldi. O’qituvchilar o’z ish faoliyatlarida muammoli metodlardan, kompyuter texnikasidan foydalanishga qiynalar edilar.
Mirzo Ulug’bek nomidagi ToshDU Geografiya fakulteti olimlari tomonidan oliy o’quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan dasturlari hozirgi davr talablariga birmuncha javob berishi bilan ajralib turadi. Ammo o’rta maktablar uchun ishlab chiqilgan o’quv dasturlari oliy ta’limda aks etgan bilimlar tizimidan birmuncha ajralib qolgan.Ayniqsa, “Boshlang’ich tabiiy geografiya”, “materiklar va okeanlar geografiyasi”, “Turkiston tabiiy geografiyasi” kurslari talablar darajasida emasligi tajribalarda ayon bo’ldi.
Bu muammolarni hal etish uchun respublikamizdagi butun geografiya olimlari, metodistlari faollik etishlari zarur bo’ladi. Shu tufayli ularni zamon talablari darajasida yozish uchun tajribali olimlar taklif etildi. Mustaqillik yillarida o’nlab ilmiy-ommabop , o’quv-metodik adabiyotlar yaratildi.
5- sinfda “Tabiiyot ” kursi A.G’ulomov, P.Musayev, A.Bahromov muallifligida chop etildi.
6-sinf uchun “Boshlang’ich tabiiy geografiya”, “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” P.Musayev, A.Bahromov, P.Qurbonniyozov, Mahammadiyeva muallifligida chop etildi.
7- sinf uchun “Turkiston tabiiy geografiyasi” P.G’ulomov, X.Vaxobov, A.Hasanov, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, O.Mo’minov, A.Barotov, M.Mamatqulov, R.Rahimbekovlar muallifliklarida o’quvchilar diqqatiga xavola etildi.
8-sinf uchun “O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi” (Z.M.Akramov, P.Musayev darsligi qayta ishlandi).
9-sinflarda o’qitiladigan “Jahonning iqtisodiy geografiyasi” dasturi bilan darsligi o’rtasida nomuvofiqliklar mavjud. Chunki bu darslik Rossiya uchun yozilgan darsliklarning aynan tarjimasi edi. Dasturda mavjud bo’lgan ko’pgina bilim va mavzular darslikda yo’q. Xolbuki, o’quvchilar dunyoning turli regionlarida joylashgan mamlakatlarni, ularning aholisi, xo’jaligi va boshqa xususiyatlarini O’zbekiston bilan taqqoslash imkoniyatlariga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq.
Shu tufayli bu darslikni jahon standartlari darajasida yaratish olimlarimiz oldida turgan eng muhim muammolardan biridir. Geografiya darsliklaridan tashqari o’quvchi va o’qituvchilar uchun o’nlab metodik adabiyotlar tashkil etildi.
Bular: R.Qurbonniyozov, Xoliqovlarning oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun “Geografiya ma’lumotnomasi” (1993), R.Qurbonniyozov “O’zbekiston geografiyasi” (Qiziqarli savol va topshiriqlar). R.Qurbonniyozov “Umumiy tabiiy geografiyasi” (1999), A.Barotov “O’zbekiston tabiiy geografiyasi” (1996), T.Asomov, M.Nabixonov, Safarov “O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”, P.G’ulomov “Inson va tabiat” (1992) va boshqalar tomonidan ko’plab adabiyotlar o’qituvchilarga xavola etildi. Yuqoridan tashqari geografiyadan testlar bo’yicha o’nlab mualliflar tominidan metodik qo’llanmalar yaratildi. Aksariyat viloyatlarning tabiiy va iqtisodiy geografiyalari yaratildi.Ilmiy va metodik adabiyotlarning chop etilishi geografiya ta’limi metodikasi bo’yicha chuqur tadqiqotlaarning amalga oshirilishi hamda ta’limning birmuncha takomillashuvi tufayli geografiyani o’qitishni tashkil qilish borasida talaygina yangilik vujudga kelishiga sabab bo’ldi. O’qitish jarayonida baholash tartiblarining o’ziga xos shakllari , uslublari yaratildi. Geografiya ta’limida o’quvchilar bilimini tekshirishning reyting tizimi jadallik bilan joriy etildi. Bu orqali o’quvchilarning nazariy –amaliy bilimlarini tekshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Maktab ta’limi jarayonida test metodi o’qituvchining vaqtini tejash, o’quvchilar bilimini serqirra baholash imkonini yaratdi.
1992 yildan Respublikamizning barcha o’quv yurtlarida kirish imtihonlarining test metodida amalga oshira boshlanishi ham katta samarali natijalarga olib keldi. Geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo’lamaydi. O’tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, O’rta Osiyo va Qozog’iston tabiiy, O’zbekiston Respublikasining tabiiy, iqtisodiy, iqlim, ekologik aholi zichligi, dunyoning siyosiy, ma’muriy va boshqa kartalarini nashr etish bo’yicha ko’pgina ishlar amalga oshirildi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling