Geografiya ta’limi vositalari reja


Download 68 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1413691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
32.geografiya ta\'limi vositalari

Birinchi talab-usulning tarbiyaviyligi. Bunda har qanday usul o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini, e’tiqod, xis-tuyg‘u qarashlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish usulning tanlanishiga bog‘liq. Ikkinchi talab-usulning ilmiyligi. Dars berish va ta’limning har qanday usuli o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Usul ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki biror usul yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumukinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qanday turlarini talab qilishini va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Usluning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to‘g‘ri anglanishini ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab-usulning ommabopligi. Bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari ee’tiborga olinadi. Agar usul o‘quvchilarda mavhum tafakkurni ham e’tiborga olib tashlansa, o‘quvchi murakkabroq materialni ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. Demak, usul tanlayotganda o‘quvchi nimani tushunishi kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak.
To‘rtinchi talab-ta’lim usulining samaradorligi, uning o‘quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir.
Beshinchi talab-o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam o‘rganish.
Nazariya va amaliyotda ta’lim usullari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish usullari haqida so‘z borar ekan “uslub”, “usul” degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Uslub, usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan, xaritalarni solishtirish-taqqoslash uslub deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki xaritalarni solishtirish uslub emas, balki u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashlikdir. Taqqolash-o‘rganilayotgan geografik obektni ilgari o‘rganilgan obekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyalarni ochib beradi. masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beriladi. Taqqoslash og‘zaki bayon uslubining usulidir.
Solishtiri-xaritalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik obektga xos bo‘lgan obekt va xodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan, turli mazmundagi xaritalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish-kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash uslubining bir usulidir. Uslub-usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa uslubning tarkibiy qismidir.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling