Geografiya ta’limi vositalari reja
Download 68 Kb.
|
32.geografiya ta\'limi vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslub
- Ta’lim uslublari
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI R e j a : Geografiyada ta’lim usullari Ta’lim usullariga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik talablar Geografiya ta’limi usullari tasnifi Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli usullar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Uslub-so‘zi grekcha metodos-so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tadqiqot degan ma’noni anglatadi. Didaktika fani uslub terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani ham yaratganicha yo‘q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim jarayonidagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Uslub o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday ketishligini, o‘qituvchi materialni qay darajada tushuntirishi, o‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Uslubning alohida detallari usul deyiladi. Masalan, yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. Uslub va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim usullariga bog‘liq. Ta’lim uslublari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim usullari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim usullari deyilganda, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan, ularda ilmiy bilimiga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan usullar tushuniladi. Ta’lim usullari uchun 2 ta asosiy narsa xos: Usullar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini belgilashga yordam beradi. Ta’lim usullari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi. Ta’lim usullari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga ham maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim usullari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruhiyati yosh xususiyatlarini e’tiborga olishni talab qiladi. Uni tanlash maktabning moddiy-texnika ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan, maktabda mavjud bo‘lgan texnika vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. O‘qitish usullari pedagogikada maktab joylashgan sharoitga, hamda o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan an’analarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan usullardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy-texnika jarayoni sharoitida an’anaviy usullarni takomillashtirishga va yangi uslublarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Ta’lim usullari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim usullari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak: Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling