Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi reja
Download 248.84 Kb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI
GEOGRAFIYA TA'LIMIDA QO'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI Reja: 1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha. 2. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi. 3. Metodlarga qo`yilgan talablar. 4. I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin klassifikatsiyasi. 5. O`zbek metodist olimlarning o`qitish metodlari klassifikatsiyasi. Ta’lim jarayonida o`quvchilar muayyan bilimlar ko`nikma va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda, o`qituvchi rahbarligida turli metodlar vositasida o`quvchilarni bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirish hamda ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi. O`quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o`zlashtiriladi. Shu sababli har doim o`qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o`qitish va o`qishga yordam beradigan yo`llarni egallash muammosi turadi. O`quv materiallarini o`rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo`yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo`q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o`qituvchi va o`quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo`yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o`qituvchi va o`quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday kechishligini, o`qituvchilar qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul deyiladi. Masalan: yangi bilimni o`zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo`lishi mumkin. Metod va usul o`rtasida doimo aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o`zlashtirish, o`quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog`liq. Ta’lim metodlari-o`qituvchi tomonidan o`quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish metodlari bo`lib, o`quv materialini nazariy va amaliy o`zlashtirish shaklidir. Ta’lim metodlari o`quvchilarga bilim berish, ko`nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda, o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaklantiradigan, bilimlarini mustaqil o`zlashtirishga o`rgatadigan, to`laroq ilmiy bilimga asoslangan to`g`ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlar tushuniladi. Download 248.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling