Ta’lim me’todlari muammosi eng asosiy muammolardan biri
bo`lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday
metod
o`quvchilarning
umumiy
rivojlanishiga,
bilimga
qiziqishlariga e’tiqod, his-tuyg`u qarashlariga ta’sir ko`rsatadi.
Ta’limning tarbiyaviy vazifasini
amalga oshirish metodning
tanlanishiga bog`liq;
Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va
ta’limning har qanday metodi o`quv jarayonining qonuniyatlari
bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan
qanchalik asoslangan
bo`lsa, shunchalik ravshan va aniq bo`ladi. Eng muhimi
shundaki, biror metod yordamida
qanday umumiy va aniq
vazifalarni hal etish mumkinligini,
u qanday mazmunga mos
kelishini, faoliyatning qanday turlarini talab qilishni va ularni
qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak.
Metodning
ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri
anglashni ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri
ilmiy tasavvurga
olib boradi.
Uchinchi
talab:
Metodning
ommabopligi.
Bunda
o`quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari
e’tiborga olinadi. Demak, o`quvchi
metod tanlaganida
o`quvchiga nimalarni tushuntirish kerakligi haqida emas, balki u
nimani tushuna olishi haqida ham o`ylashi kerak.