Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar reja


Didaktik o’yinli darslarda o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish


Download 97.69 Kb.
bet4/7
Sana08.06.2023
Hajmi97.69 Kb.
#1464872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
geografiya darslarida ma\'naviy ekologik iqtisodiy tarbiya

2. Didaktik o’yinli darslarda o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish.

O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida ekologik ta`lim – tarbiya darsda o`rganiladigan mavzuning mazmuni e`tiborga olingan holda darsda o`quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashi, debatlar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik o`yinlar, taqdi­mot, o`z-o`zini baholash, tashrif kabilardan foydalanish, masala va mashq­lar echishni yo`lga qo`yish o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog’i lozim.


Dars jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

  • darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish yo`llarini belgilash;

  • o`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;

  • kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo`llarini loyihalash, mustaqil ishlarni tashkil etish;

  • o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash;

  • natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish;

  • natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish.

  • o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o`quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o`zlashtirish darajasini aniqlash, o`quvchilar o`rtasida hamkorlik, o`quv muloqoti, bahsi, munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi.

Dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda didak­tik o`yinli texnologiyasidan foydalanishda etakchi o`rinlarni ta`lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, kommu­­nikativ funktsiyalar egallab, qolgan funktsiyalar ularga ilova bo`ladi.
Geografiya o`qituvchisi darsda o`rganiladigan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funktsiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina ko`zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini ekologik ta`lim-tarbiya bilan uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o`yinli texnologiyalar didaktik o`yinli dars shaklida qo`llanilganda o’quvchilarning faolliklarini jadallashtirishga imkon yaratadi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o`yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning geografik-ekologik bilim olish faoliyati, o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda o`yin faoliyati o`zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflana­di: o`yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya`ni o`quvchilarning o`z faoli­ya­ti­ni tah­lil­ va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan ko`ngli to`lishi, o`z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi. Ijodiy muhit tarkib topadi. O`yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo`ladilar. O`yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o`zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo`ladi. His-hayajonga yo`g’rilgan bilim, ko`nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi. O`yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o`quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo`ljalni to`g’ri olishga o`rgatadi. Dars jarayonini didaktik o`yinli darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi:

  • barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash;

  • dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish;

  • o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish;

  • bilimlarni nazorat va tahlil qilish;

  • o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;

Ekologik ta`lim-tarbiya jarayonida bu funktsiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funktsiya ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar unga ilova bo`ladi, o`yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni to`ldiradi va h.k.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanidan o`quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlarga turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma`ruzalar, “O`tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorina va mushoiralar o`tkazish, O`zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish misol bo`ladi. Snuningdek, “O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari”, “O`zbekistonda qo’riqxonalar va ularni tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati”, “Allomalar nazmida ekologiya”, “Orol dardi - olam dardi” mavzulari bo`yicha ommaviy kechalar o`tkazish o’quvchilar faolligini oshiradi[11].
Jumladan, “Allomalar nazmida ekologiya” mavzuidagi ommaviy kecha quyidagi reja asosida olib borilishi mumkin:
O`qituvchining kirish so`zi. U o`z so`zida ulug’ allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muxammad Boburlarning boy ma`naviy meroslari, ularning geografiya faniga qo`shgan hissalarini qayd etib, o`quvchilarni ularning munosib vorislari bo`lishga undaydi va ularning asarlarida ekologik muammolarga katta e`tibor berilganligi, bugungi kecha ulug’ allomalarning ekologik qarashlarini o`rganishga bag’ishlanishini ma`lum qiladi.
Shundan so`ng, quyidagi mavzularda o`quvchilar tomonidan tayyorlangan ma`ruzalar tinglanadi:

  1. Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya.

  2. Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari.

  3. Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari.

  4. Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi.

  5. Mirzo Ulug’bekning dunyo tsivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi.

  6. Zahiriddin Muxammad Boburning geografiya fani rivojiga qo`shgan hissasi va ekologik qarashi[6].

Geografiya o`qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli kechani mazmunli o`tkazishi borasida, hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga tegishli sahna ko`rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar to`plashi, ular asosida kecha senariysini tayyorlashi lozim.
“O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari”, “O`zbekiston eng muhim tabiat go’shalari” mavzulardagi mazmunli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qo`shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani o`tkazish rejasini tuzishi va ma`ruzalar mavzusini tanlashi lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog’liq holda olimlarning chop etgan ilmiy ishlari, o`quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko`rgazmasi, mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan rivojiga qo`shgan hissalari haqida ma`ruzalar tayyorlanishiga e`tiborni qaratishi zarur. Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar geografiyani o`qitish samaradorligini oshirish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, o`quv va amaliy mehnat ko`nimalarini rivojlantirish, o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik printsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga zamin yaratadi. O`qituvchi avval o`quvchilarni individual, so`ngra guruhli o`yinlarga tayyorlashi va o`tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so`ng, ommaviy o`yinlarga tayyorgarlik ko`rilishi lozim. Chunki o`quvchilar didaktik o`yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi, bundan tashqari sinf jamoasi o`rtasida o`zaro hamkorlik, o`zaro yordam vujudga kelishi lozim. Quyida O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani bo’yicha ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda mavzular bo’yicha foydalaniladigan didaktik texnologiyalarning taxminiy ishlanmalarini ko’rib chiqamiz:
-suyujetli-ro’lli o’yinlar: o`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko`nikmalarini rivojlantirish va o`zlarida mujassamlashgan bilim, ko`nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo`llash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirishda syujetli-rolli o`yinlar muhim rol o`ynaydi. Bunda o`yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba`zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg’unlashtiriladi. O’zbekiston tabiiy geografiya kursini o`qitishda “O’zbekiston tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi”, “O’zbekiston ichki suvlari”, “Orol dardi-olam dardi”, “ O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish” mavzularni syujetli-rolli o`yinlar tarzida o`tkazish maqsadga muvofiq. Jumladan “Orol dardi-olam dardi” mavzusidagi syujetli-rolli o`yinda syujet tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg’unlashtiri­ladi. Mazkur didaktik o`yinda Orol – “ona”, Amudaryo va Sirdaryo onaning zanjirband “o`g’illari”, yomg’ir, qor, shudring onaning “qizlari” siymosini gavdalantiradi. Orol - ya`ni, “ona” o`zining o`g’illari bo`lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mujtoq, o`z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she`riy dard bilan ifoda etadi. Izmi o`zida bo`lmagan zanjirband o`g’illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga etaolmaydi. Tabiat in`om etgan yomg’ir, qor va shudring ona huzurida bo`lsalar ham uning dardini engillata olmaydilar. Ona va farzand o`rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda etiladi. O`qituvchi bu didaktik o`yinni o`tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: Orol muammolariga oid ma`lumotlarni to`plashi; dars stsenariysini o`quvchilar va adabiyot o`qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi; rollar va vazifalarni o`quvchilar o`rtasida taqsimlashi; muammoni hal etish yo`llarini belgilashi lozim.

Download 97.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling