Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar reja


Geografiya darslarida ekologik va iqtisodiy hamda ma’naviy ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari


Download 97.69 Kb.
bet2/7
Sana08.06.2023
Hajmi97.69 Kb.
#1464872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
geografiya darslarida ma\'naviy ekologik iqtisodiy tarbiya

1.Geografiya darslarida ekologik va iqtisodiy hamda ma’naviy ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari.


Ekologik ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol usullarni qo’llash-ekologik bilimlarni o’zlashtirish masalalarini kuchaytiradi hamda faollashtiradi. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishda yordam beradi va talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi. Umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilariga ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularda barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda ushbu fan о‘qituvchisining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayoni geografiya о‘qituvchisidan о‘z fanini chuqur egallagan bо‘lish, uni о‘qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mukammal egallagan bо‘lishni talab etadi. О‘qituvchi о‘quvchilarga beriladigan ekologik ta’lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma’lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o’qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadiriyatlardan foydalanish imkoniyati katta. Chunki bu kurs davomida mamlakatimizning tabiiy geografik joylanishi, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, iqlimi ichki suvlari, tabiatini muhofaza qilish hamda, tabiiy geografik rayonlarining alohida o’rganilishi jarayonida deyarli barcha mavzularni o’qitilishi jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlash mumkin va maqsadga muvofiqdir. O’qitish jarayoniga bunday yondashish o’quvchilarga bilim berishning tayanch qonuniyatlarini anglab yetishni yordam beradi. Bu sinfda o’tiladigan geografiyaning ya’ni O’zbekiston tabiiy geografiyasi predmetining yana o’ziga xos tamoni, faqat darslik kitoblarigina emas, balki darslikdan tashqari nashr etilgan metodik qo’llanmalar asosida olib boorish dars samaradorligini oshirishda asosiy o’rinlardan hisoblanadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani o’rganuvchi ob’ektlar haqida bunday aniq, keng fikr yuritilishi, ushbu kursdan boshlab, har bir dars mavzusida yana bir muhim masala – o’quvchilarda ekologik bilimlarni shakllantirish masalasiga yaqindan yondashish imkonini yaratadi. Bu o’rinda har bir yangi tushunchalarni mahalliy tabiat bilan bog’lab, mustahkamlab borish hozirgi kunning ehg muhim vazifa va har bir o’qituvchining muqaddas burchlaridan hisoblanadi. Ya’ni har bir dars mavzusida quyidagi uchta narsaga alohida e’tibor qaratilishi lozim:

  • geografik ob’ekt, tabiiy hodisa va tabiiy jarayonlarga ilmiiy ta’rif berish;

  • shakllantirilgan tushunchalarni ekologik nuqtai-nazaridan talqin etish;

  • har bir yangi geografik tushunchani mahalliy sharoit, o’z o’lkasining geografik xususiyatlari bilan bog’liq holda misollar yordamida mustahkamlash. Shuning uchun har bir geografiya o’qituvchisi o’zining ish rejasi va dasturi yordamida o’tiladigan mavzularni kengaytirilgan rejasini tuzib olib, qaysi mavzuni o’tganda qanday muammolarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini oldindan aniqlab olsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunonchi, hadislardan na’munalar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, xalq udumlari, topishmoq, maqol, metal, tabiat bayramlaridan misollar keltirib, ekologik tarbiyani mavzu mazmuniga singdirib bo-rilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi[12].

Yurtboshimiz Islom Karimovning “Ona zaminimiz–boyligimizning mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda o’quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’zgartirish madaniyatidir. Umumta’lim maktablari o’quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
- o’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;
- o’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish;
-o’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni shakllantirish;
- ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;
-olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash. malaka va ko’nikmalarni shakllantirish zarur va x.k. Bunday sifatlarni o’quvchilarda shakllantirish uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta’limni takomillashtirish, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi va boshqaruvchisi oqkituvchidir, mustakil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir[1].
Umumiy о‘rta ta’lim maktabi VII-sinf о‘quvchilariga O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularda barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda ushbu fan о‘qituvchisining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayoni geografiya о‘qituvchisidan о‘z fanini chuqur egallagan bо‘lish, uni о‘qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mukammal egallagan bо‘lishni talab etadi. О‘qituvchi о‘quvchilarga beriladigan ekologik ta’lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma’lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim. Masalan, shu yо‘nalishdagi har bir dars mavzusi va uning mazmuni tanlanayotganda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

  • dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiyaning mazmuni Davlat Ta’lim Standarti talablariga muvofiq va asosan о‘quv dasturi doirasida bо‘lishi;

  • darsda foydalaniladigan usullarning о‘quvchilar uchun qiziqarli bо‘lishi. Dars mavzusini ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’un holda olib borish ixtiyoriy bо‘lganligi bois qiziqarli bо‘lmagan ishlarga о‘quvchilarni jalb qilish ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi;

  • ekologik mazmundagi dars mavzusi geografiya ta’limi mazmuni hamda о‘quvchilarning boshqa fanlardan olgan bilim darajasi bilan hamohang bо‘lishi, uni rivojlantirishi lozim;

  • о‘quvchilar vaqtini haddan ortiq band qilib qо‘ymasligi, ularning boshqa о‘quv fanlarini о‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etmasligi zarur;

  • bevosita mahalliy о‘lkashunoslik materiallari bilan bog‘liq bо‘lishi zarur;

  • dars shakllari amaliy xarakterda bо‘lishi. О‘quvchilar dars jarayonida olgan nazariy ekologik bilimlarini amalda sinab kо‘rishlari, bajarish kо‘nikma va malakalarini egallashi, kо‘rilayotgan muammo bо‘yicha о‘z xulosalarini chiqarishlari lozim. Jamiyat va axborotlar oqimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi о‘qituvchidan о‘z ustida muntazam izlanishni talab etadi. О‘qituvchi har bir dars mavzusiga tayyorgarlik kо‘rayotganida о‘z pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishi zarur. Ayniqsa, dars jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qо‘llash va о‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish, о‘z ustida muntazam izlanish hamda ilg‘or tajribalarni ijodiy yondashgan holda о‘zlashtirishni talab etadi. Geografiya о‘qituvchisi ekologik muvozanat buzilgan hududlar, ifloslantiruvchi manbalarning Yer yuzasida tarqalish xususiyatlarini о‘quvchilarga tushuntirish, ularda tasavvurlarni hosil qilish jarayonida geografik xarita, atlas, globuslardan samarali foydalanishni bilishi, shartli belgilarni о‘qiy va izohlay olishi shart. Zero, geografik xarita о‘quvchilarda umumiy dunyoqarashni shakllantiradi. Geografiya о‘qituvchisi ekologik muammolarning yuz berishi va о‘zgarishini iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qila olish qobiliyatiga ham ega bо‘lishi zarur. Ushbu jarayonlarning jahon hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri, uning har bir о‘quvchi oilasigacha bо‘lgan aks ta’sirini mayda tafsilotlar bilan bо‘lsada, tushuntirib berish о‘quvchida ekologik xulq-atvor qoidalari va madaniyatni tarkib topishida yaxshi samara beradi. Har tomonlama ekologik madaniyatli o’quvchilarni tarbiyalashsa tabiat va jamiyat o’zaro aloqadorligi haqidagi bilimlarni berishning o’zigina kifoya qilmaydi. Eng muhimi tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini oqilona foydalanish boyicha o’quvchilarda eng zarur ko’nikma va malakalrni shakillantirish lozim. Shundagina o’quvchilarning tabiiy faoliyatini tartibga solib turadigan ekologik ong shakillanadi. Tabiat va jamiyatningo’zaro aloqadorligi haqida darsda egallangan nazariy bilimlar o’lka materiallari negizidagi sinfdan tashqari amaliy ishlarda o’z aksini topsa, ekologik tarbiyaviy ishlarining samaradorligini yanada oshadi. Darslarda mahalliy, respublika va umumjahon ekologiya muammolari ko’pincha ancha zaif o’rganiladi. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida esa har bir o’quvchi o’z o’lkasidagi murakkab ekologik vaziyatni maqsadga muofiq tarzda muntazam o’rganishi, uni bartaraf qilish yo’llari ustida bosh qotirishi va davlat ahamiyatidagi bu muhim ishda faol qatnashishi mumkin. O’quvchilarning tabiiy muhitni o’rganish, uni muhofaza qilish va boyliklaridan oqilona foydalanish boyicha dars jarayonida har hil interfaol metodlardan foydalanib tashkil qilish ijtimoiy foydali faoliyat bo’lib, jamiyat uchun nihoyatda zarurdir. Tabiatni muhofaza qilish va uni o’rganish borasida o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini 3 bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichida tabiiy muhitda o’zini tutish, ekologik bilim va ko’nikmalarni egallash, mahalliy ekosistemalarni baholash va unga doir ma’lumotlarini yig’ish vazifasi bajariladi. Ikkinchi bosqichda ilgari egallangan bilimlar asosida muayyan ekosistemani yaxshilash, tabiatni o’rganish va muhofaza qilish boyicha amaliy faoliyat tashkil qilinadi, yani antropogen omillarning atrof-muhitga ta’siri hamda tabiat va jamiyatning o’zaro qaloqadorligi haqida darsda olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga yordam beradigan mehnat ko’nikmalari shakillantiriladi.

Uchinchi bosqichda tabiatdagi ilmiy-nazariy ishlarning natijalarini mustaqil umumlashtirish va o’quvchilarni ekologik bilimlarni targ’ibot qilish ishga jalb etish amalga oshiriladi. Nazariy bilimlar bilan birga o’quvchilarga kundalik turmushda sodir bo’lib turgan ekologik muammolar va tabiat muhofazasiga oid hodisalar bilan tanishtirish, o’quvchilarda tabiatga nisbatan mehr–muhabbat hislarini uyg’otish ularni atrof-muhitga zarar keltirmayotganlarga nisbatan murosasiz bo’lishi ruhida tarbiyalash kerak. Ekologik tarbiya–axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilishga, tabiatni dialеktik tushunishga yordam bеradi. O’zbekiston tabiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida barcha dars mashg’ulotlarida ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini his qilishga undaydigan usul va shakllardan foydalanish zarur. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ekologik tarbiya oiladan boshlanishi lozim. Bunda ota-onalar ekologik savodxon bo‘lishlari kerak. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish tizimida uzluksiz ekologik ta’limni chuqur yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Geografiya fani о‘qituvchisi ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, ularning о‘zaro aloqadorligi asosida yuz beradigan hodisa va voqealarni, ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini о‘quvchilarga izohlab berar ekan, bu holat undan о‘z fanidan tashqari boshqa fanlardan ham xabardor bо‘lishlikni talab etadi. Shu o’rinda olim N.Q. Nazarovning “Geografiya hududlar-falsafasi, geograf-hududlar ekologi” degan hikmatli so’zlarini keltirib o’tish lozim. Hududdagi ekologik muammolar asosan o’sha joydagi tabiiy geografik qonuniyatlarning buzilishi negizida ro’y beradi. Tabiiy georafiya bo’yicha ekologik ta’lim-tarbiyani uyg’un holda olib boruvchi geografia o’qituvchisi o’z mutahasisligidan tashqari biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlarini chuqur bilish ekologik jarayonlarning kechishini izohlash, sabab va oqibatlarini tushuntirish, uni raqamlarda taqqoslash imkonini beradi. O’zining tug’ilib o’sgan maskani, ona vatanining geografiyasi haqida bilim olayotgan o’quvchi ekologik ta’lim-tarbiya bilan birgalikda ekologik tafakkurini o’stirish, vatanni ardoqlash, milliy iftixor g’ururi tuyg’usini shakllantirish orqali amalga oshirilganda о‘z hatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Mazkur ishonchni egallash oila-bog’cha-maktab ta’limi jarayonida amalga oshiriladi. Bunda о‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat о‘quvchilar о‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining guvohi bо‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, о‘quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatga kо‘proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustivor masalalaridandir. О‘quvchilar maktabga borar ekanlar, о‘qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishga harakat qiladilar. О‘qituvchi о‘quv faoliyati jarayonida qо‘llagan metodlar va hosil qilgan vaziyatlar, о‘quvchilarning atrof-olamni bilishlariga kо‘maklashishi muhim ahamiyatga ega. О‘quvchida hosil bо‘lgan bilish, ijod qilish, muloqotga kirishish quvonchi uning о‘quv jarayoniga bо‘lgan qiziqishini oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa, о‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini kengaytirish imkonini beradi. О‘qituvchi har bir о‘quvchi uchun muvaffaqiyat qozonishga yо‘naltirilgan о‘quv vaziyatini hosil qila olishi kerak. Muvaffaqiyat har bir о‘quvchi erisha olishi uchun qulay bо‘lgan о‘quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar о‘quv vaziyatida о‘quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim о‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar[4]. Agar о‘quvchiga о‘quv vaziyatida muvaffaqiyat qozanish imkoniyati berilsa u hayotda ham о‘ziga tо‘g‘ri yо‘l tanlay oladi. Shuningdek, geografiya о‘qituvchisining pedagogik mahorati asoslarini uning nazariy bilimi va malakasi tashkil qiladi. Mavjud nazariy bilim va turli xil innovatsion usullardan foydalana bilish darajasi о‘qituvchining ilmiy-pedagogik mahoratini belgilab beruvchi muhim kо‘rsatkichdir. Shunday ekan, geografiya fani о‘qituvchisi ekologiyadan chuqur nazariy bilimga ega bо‘lishi, tarbiyaning samarador usullaridan habardor bо‘lishi, bu borada xalq pedagogikasining sinalgan usullaridan maqsadga muvofiq foydalana olishi lozim.
Quyidagi jadvalda 7-sinf O’zbekiston tabiiy geografiya darsligida o’rin olgan ekologik mazmundagi mavzularni yoriyishda foydalaniladigan materiallar va ularning mazmuni haqidagi fikrlarni aks ettiramiz:

Download 97.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling