Geografiya test


Download 430.63 Kb.
bet21/23
Sana23.10.2023
Hajmi430.63 Kb.
#1717363
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Geografiya test-fayllar.org

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5538-sonli Farmoni qachon qabul qilingan?


2018 yil 5 sentyabr

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniing maqsadi?


Fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash


O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qaysi davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiradi?


-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;


-O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

-O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan


Qaysi huquqiy hujjat yana uni qabul qilish va o’zgartirishning alohida tartiblarini belgilaydi?


Konstitutsiya


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?


2017 yil 7 fevral, PF-4947 sonli


Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishni (oq rang bilan ifodalangan) belgilab bering?


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalish


Harakatlar strategiyasini qaysi ustuvor yo'nalishida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish masalasi berilgan?


Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish


Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklari haqida yozilgan?


Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishi


O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?


1997 yil 29 avgustda qabul qilingan


O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi..... .Nuqtalar o’rniga tegishli so’zlarni qo’ying


Yagona va uzluksizdir


O‘zbekistonda maktab ta’limi nechta va qaysi tillarda olib boriladi?


7 tilda: o‘zbek ,qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida


Quyidagi fikr kimga tegishli: “....xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”?


Sh.M.Mirziyoev


Quyidagi fikr kimga tegishli: “Men Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni,.........”


Islom Karimov


2003 yil 24 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning qaysi boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi?


XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga


2011 yil 18 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, 96 – moddaga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha kimga yuklatiladi?


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi


Qachon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismga o‘zgartirish kiritilgan?


2008 yil 25 dekabrda


BMT ning “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”si qachon qabul qilingan?




1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan. Muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat.


O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”sini qachon ratifikatsiya qilgan?


1992 yil 9 dekabrda


Kimlar yoshlar deb yuritiladi?


O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar yoshlar deb yuritiladi. Aholimizning 40% ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.(2019 yil holati)


Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi qanday nomlanadi?


“Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz” mavzusida


Ta’lim berish tili ta’lim muassasalarida qaysi normativ hujjat bilan tartibga solinadi?


O‘zbekistonRespublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi


Qachon “Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya” qachon qabul qilindi?


1960 yil 14 dekabrda


Normativ-huquqiy hujjatlar qachondan e’tiboran kuchga kiradi?


Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishini ko‘rsating?


muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 modda


Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi birinchi marta kim tomonidan ilgari surilgan?


P.Langrand


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli qarori qanday nomlanadi?


“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ


Mutaxasislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha qanday jamg‘arma tashkil etildi?


“El-yurt umidi” jamg‘armasi (2018 yil 25 sentyabrdagi PFga muvofiq ta’sis etilgan)


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish necha bosqichga bo‘lingan ?


3 bosqichga (1997 - 2001 yillar 2001 - 2005 yillar 2005 va undan keyingi yillar)


Insonga huquq va muomila layoqati necha yoshda beriladi?




Huquq layoqati tug‘ilgandan beriladi va vafot etguncha davom etadi, muomala layoqati 18 yoshdan beriladi.


Insonga vasiylik va homiylik necha yoshdan belgilanadi?


Vasiylik tug‘ilgandan 14 yoshgacha, homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha


Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Ushbu jumlalar O‘zbekiston Respublikasining qaysi Qonunida ifodalangan?


“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti dorasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istambul harakat rejasi qachon ishlab chiqilgan?


2003 yil 10 sentyabr, Istambul


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti dorasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istambul harakat rejasiga qachon qo‘shilgan?


2010 yilda


O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi”ga qachon qo‘shilgan?



2008 yilda


Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi” qachon qabul qilingan?


2003 yil 31 oktabr, Nyu-York


O‘zbekiston Respublikasida kim qonun chiqarish vakolatiga ega?


O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qanday me`yoriy huquqiy hujjat chiqarish vakolatiga ega?


farmonlar, qarorlar, farmoyishlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Murojaatnomasi kimga tag‘dim etdi?


Oliy Majlisga


O‘zbekistonda 2017-yil…


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”


O‘zbekistonda 2018 yil .....


«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili»


O‘zbekistonda 2019 yil .....


«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»


O‘zbekistonda 2020 yil...


“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”


O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘zida qaysi yillarni qamrab oladi?


2017-2021 yillarni


Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o‘quvchi ta’lim olmoqda. Bu aholining necha foizini tashkil etadi? (2019 yilga nisbatan)


16 foizini


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish va unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish uchun deputatlarning qancha ovozi talab qilinadi?


Uchdan ikki qismi


O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishni belgilab bering?


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalish


Jahonning etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra respublikamizda qaysi universitetlarning filiallari tashkil etildi? (2019 yil holatiga)


-Xalqaro Vestminster universiteti


-Turin politexnika universiteti
-Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
-Koreyaning Inxa universiteti
-M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,
-G.Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiѐt universiteti

-I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti.


Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda, asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari muhim o‘rin olgan?


Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi


Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish masalasi berilgan?


Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan


Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida qanday hujjatlar chiqaradi?


Buyruqlar hamda qarorlar


“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi...


O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchigini rivojlantirish


Ma’naviy yo‘qotish nima?


Milliy, tarixiy xotira va o‘zlikni unutish


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga qaysi yilda birinchi marta o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan?


1993 yil 28 dekabrda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali


http://www.president.uz


O‘zbekiston Respublikasi xukumati portali


http://www.gov.uz


O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi sayti


http://www.lex.uz


O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan.


www.uzedu.uz


O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining internetdagi axborot ta’lim-portali manzili to’g’ri korsatilgan qatorni toping.


www.eduportal.uz


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi nimalardan iborat?


Shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligini qaror toptirish.


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida nimalar belgilangan?


Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan va ishlab chiqarish





Download 430.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling