Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Dala sharoitida umumgeografik kartalarni yaratish bosqichlari


Download 1.06 Mb.
bet12/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1700352
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

3. Dala sharoitida umumgeografik kartalarni yaratish bosqichlari. Bu masshtabdagi dastlabki kartalarning yaratilishi 1920-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu kartalardan sobiq Ittifoqning shimoliy hududlarida va chalacho‘l hudadlarida ko‘proq foydalanilgan. Uni yaratish ham dala sharoitida, ham kameral sharoitda olib borilgan, Bu masshtabdagi kartalarni dalada s’yomka qilish 1930-yillarga to‘g‘ri keladi. O‘sha vaqtdagi bunday masshtabdagi kartalar mazmuni bo‘yicha, har bir hududning generalizatsiya darajasi bilan farq qilgan va gorizontallar oralig‘i 20 m deb qabul qilingan. Ikkinchi Jahon urushi davrida bunday masshtabdagi kartalar juda zarur bo‘lib, operativ maqsadlar uchun foydalanilgan. Bunday masshtabli kartalarda geografik elementlarning to‘g‘ri tasvir-lanishiga juda katta e’tibor berilib, ularning aniqligi yuqori bo‘lgan. Lekin rel’ef, aholi yashaydigan joylar, o‘simliklarni tasvirlashda ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli urushdan so‘ng bunday masshtabli kartalar qaytadan tuzila boshlandi. 1963-yilda yangi shartli belgilar ishlab chiqilishi natijasida ularning mazmuni ancha kengaytirildi. Aniqligi va mazmuni bo‘yicha 1:100 000 masshtabli kartaga yaqinlashdi. Bu kartani tuzishda yangi metodlardan, yangi plastiklardan va gravirlash apparatlaridan keng foydalanilgan.
4. Geografik va umumgeografik kartalar xaqida malumot. Mayda masshtabli umumgeografik kartalar katta maydonlar-ni, masalan, materiklar, mamlakatlar, dengizlar va orollarni geografik jihatdan o‘rganish va mavzuli kartalar tuzishda foydalaniladi. Mayda masshtabli umumgeografik kartalar har xil ilmiy-tadqiqot ishlarida Er yuzasining landshaftini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar olishda, siyosiy-ma’muriy kartalar tuzishda, shuningdek, o‘quv kartalari sifatida ham foydalaniladi. Mayda masshtabli kartalarning asosiy vazifalari va ular yordamida amalga oshiriladigan ishlar quyidagilar hisoblanadi: — hududlarni umumgeografik jihatdan o‘rganish; — har xil kartografik ishlarni bajarish, profil va grafiklar tuzish; — kartada orientirlash ishlarini bajarish, ayniqsa aeronavigat-siya ishlarini bajarish;
— mayda masshtabli mavzuli kartalar tuzish uchun asos bo‘ladi;
— o‘quv ishlarida devorga osib qo‘yib ishlatish. Mayda masshtabli kartani tuzishda masshtabiga, maqsadiga, hududiga qarab, undagi elementlar saralab olinadi. Kartaning maqsadiga qarab asosiy elementlari saqlangan holda ikkinchi darajali elementlar saralab olinadi. Agar aholi yashay-digan joylar va yo‘llar to‘liq ko‘rsatiladigan bo‘lsa, rel’ef raqamli ko‘rsatkichlar bilan ham, gorizontallar bilan ham tasvirlanishi mumkin. Agar rel’ef va suv ob’ektlari etarli darajada tasvirlanib, aholi o‘xshaydigan joylar, yo‘llar birmuncha kamaytirilib tasvirlansa, htinday kartalar tabiiy kartalar deb yuritiladi. Mayda masshtabli kartalarning ham tipi va xillariga qarab mazmuni turlicha
bo‘lishi mumkin. Masalan, oliy maktablar uchun, o‘rta maktablar uchun va keng omma uchun mo‘ljallangan kartalarning mazmunlarida farq bo‘ladi. Devorga osib qo‘yib ishlatiladigan umumgeografik kartalar bilan stol ustiga qo‘yib foydalanadigan mayda masshtabli umumgeografik kartalarning mazmunlarida ham farq bo‘ladi. SHuningdek, blankovkali kartalar mazmunida ham farq bo‘ladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling